Agrokimyo fanining rivojlanishida dunyo olimlarining qo\'shgan hissalari kurs ishi
3.2. O'zbekistonda Agrokimyoning rivojlanish bosqichlari O‘rta Osiyoda, xususan O‘zbekistonda agrokimyoviy tadqiqotlarning boshlanishi, asosan chor Rossiyasining O‘rta Osiyoni bosib olishi va uning paxta hamda boshqa qishloq xo‘jalik xomashyosiga bo‘lgan talabini qondirish bilan bog‘liqdir.
O‘rta Osiyoda qishloq xo‘jaligi, xususan paxtachilikni rivojlantirish maqsadida taniqli, shu sohaga taaluqli olimlar yuboriladi.
Bunday olimlar qatoriga R.R.Shreder, M.M.Butuev, I.K.Negodnov, A.I. Kurbatov, Ye.A.Joripov, D.A.Sabinin va boshqalarni kiritish mumkin.
O‘rta Osiyoga mineral o‘g‘itlar birinchi marta XX asrning boshlarida aniqrog‘i 1906 yilda keltirilgan.
Qishloq xo‘jalik ekinlariga mineral o‘g‘itlarni qo‘llash borasidagi ilk tajribalar Shreder, Butuev, Negodnovlar tomonidan amalga oshirilgan. 1906-1928 yillar mobaynida 121 ta dala tajribalari amalga oshirilgan.
Bundan tashqari O‘zbekistonda agrokimyoning va agrokimyoviy tadqiqotlarning rivojlanishida O‘zbekiston Respublikasi FA tarkibiga kiruvchi Tuproqshunoslik va agrokimyo ilmiy-tadqiqot institutining tashkil etilishi juda katta ahamiyatga ega bo‘ldi. CHunki bu ilmiy maskandan juda ko‘p taniqli tuproqshunos, agrokimyogar olimlar etishib chiqdilar va o‘zlarining ilmiy izlanishlari bilan O‘zbekistonda, O‘rta Osiyoda agrokimyoning rivojlanishiga munosib xissa qo‘shib kelmoqdalar. Bular jumlasiga D.V.Xarkov, L.M.Golodkovskiy, N.K.Bolyabov, S.A.Kudrin, J.S.Sattorov, I.N.Niyozaliev, M.Umarov, T. Zokirov, I.Turopov, Q.M.Mirzajonov, A.Rasulov, X.M.Maxsudov, T.Piroxunov va boshqa ko‘pgina tadqiqotchilarni kiritish mumkin.
Aholi sonini tez su’ratlar bilan ko'payib borishi Rusiya imperiyasining 0 ‘rta Osiyoni bosib olib, o‘zining asosiy paxta bazasiga aylantirishi, ekinlar hosildorligining keskin oshirishni taqozo qilgan edi. Bu muammo tabiiyki, mineral o‘g‘itlarni qo'llash yo‘li bilangina hal qilinishi mumkin edi. Birinchi fosforli o‘g‘it 1843-yilda Looz tom onidan Rotamsted stansiyasida, kaliyli 1861-yilda Stasfurtda olingan bo‘lishiga va o‘g‘itlar ustida juda ko‘p tadqiqotlar o'tkazilganligiga qaramasdan, Osiyoga mineral o‘g‘itlar birinchi marta XX asrning boshlarida, to‘g‘rirog‘i 1906-yilda keltirilgan. Turkistonda ekinlarga mineral o‘g‘itlarni qo‘llash borasidagi dastlabki tadqiqotlar R.R. Shreder, M.M. Bushuyev, I.K.. Negodnovlar tomonidan amalga oshirilgan va bu tajribalarda har bir gektar maydonga 30—60 kilogramm atrofida azotli va fosforli o‘g‘itlar qo‘llanilgan. Qo`llanilgan o‘g‘itlar miqdorining kamligi va agrotexnikaviy tadbirlar saviyasiniiig pastligi tabiiyki, o‘g‘itlar samaradorligini ko‘rsatib berish imkonini bermagan.
Eski Qovunchida (hozirgi Yangiyo‘l) o‘g‘it qo'llash stansiyasining ochilishi, o‘simliklar oziqlanishini o‘rganish borasida olib boriladigan ilmiy-tadqiqot ishlarining keng quloch yoyishiga yordam berdi. Bu stansiyaning faoliyati A.I. Kurbatov, D.A. Sabinin, E.A. Jorikov, V.P. Machigin, V.N. Mandrigin, I.T. Chernov va boshqa bir qator taniqli tadqiqotchilarning nomlari bilan chambarchas bog‘liqdir. Ular tomonidan bajarilgan ilmiy izlanishlar 0‘rta Osiyoning barcha tuproq tiplarida ham azotli o‘g‘itlarni qo'llash (ayniqsa fosforli o‘g‘itlar fonida) ijobiy natija berishini ko‘rsatdi.
0‘zbekistonda agrokimyo va tuproqshunoslik fanlarining rivojlanishida 1920-yilda 0 ‘rta Osiyo Davlat Universiteti qoshida tashkil etilgan Tuproqshunoslik va geobotanika institutining roli kattadir. Institut hozirgi davrgacha turli nomlar bilan atalib, turli-tuman vazirlik va qo'm italar tassarufida bo'ldi; 1932-yilda Butunittifoq paxtachilik ilmiy tadqiqot institutining 0‘g‘it va agrotuproqshunoslik 25 Markaziy stansiyasiga aylantirildi. 1943—60-yillarda 0‘zSSR Fanlar Akademiyasi, 1960—61 -yillarda 0‘zSSR qishloq xo'jalik Fanlar Akademiyasi, 1961—64-yillarda 0 ‘rta Osiyo Paxtachilik Davlat Qo‘mitasi, 1964—72-yillarda Qishloq xo‘jalik vazirligi, 1972-yildan 1999-yilgacha 0‘zbekiston Fanlar Akademiyasi tarkibidagi va 1999- yildan boshlab 0‘zbekiston Respublikasi yer resurslari davlat qo‘mitasi ixtiyoriga o‘tkazildi. 1929—30-yillarga kelib o‘g‘it bo‘yicha ilmiy tadqiqot instituti (NTU) va paxtachilik ilmiy tadqiqot instituti (UzNTXI oldingi SoyuzNIXT)larining ochilishi paxtachilikda o‘g‘it qo‘llash masalalarini hal qilishda va agrokimyo sohasining rivojlantirishda muhim o‘rin tutdi.
Shu davrda mazkur ikki ilmiy maskan 0 ‘rta Osiyoning paxtachilik mintaqasida tarqalgan barcha tuproqlarda amalga oshiriladigan tajribalarni yo‘lga qo‘ydi. Tajribalar paxta yakka ziroati (monokultura) va almashlab ekish sharoitida o‘g‘itli hamda o‘g‘itsiz fonlarda amalga oshirildi. Respublikamiz ishlab chiqarishiga ko‘plab iqtidorli mutaxassislarni tayyorlab berishda, shuningdek, agrokimyo va tuproqshunoslik fanlarini rivojlantirishda hozirgi Toshkent Agrar Universitetining alohida tutgan o'rni mavjud. 1918-yilda Turkiston xalq universiteti qoshida qishloq xo'jalik fakulteti ta’sis etilgan bo‘lib, 1930-yilning aprelida 0‘rta Osiyo davlat universitetidan mustaqil 0‘rta Osiyo Qishloq xo‘jalik instituti bo‘lib ajralib chiqdi.
U 1956-yildan boshlab 0‘rta Osiyo paxtachilik va ipakchilik instituti, 1934-yilda esa Toshkent Qishloq xo‘jalik instituti nom ini oldi. 1990-yilning boshida u T oshkent D avlat Agrar Universitetiga aylantirildi. 1930—1936-yillarda Paxtachilik ilmiy tadqiqot instituti, shu jumladan uning Markaziy o‘g‘it va agrotuproqshunoslik stansiyasi tuproqagrokimyoviy xaritanomalarini tuzish hamda o‘g‘itlarning samaradorligini aniqlash borasida keng ko‘lamdagi tekshirishlarini o‘tkazadi. Shu maqsadda faqat 1935-yilning o‘zida birgina 0‘zbekistonda 620 dan ortiq dala tajribalari o‘tkazildi.
Bu tajribalarga Ya.M. Chumakov, L.I. Golodkovskiy, D.V. Chernov, I.V. Sivinskiy va boshqalar rahbarlik qildilar. Mana shu ishlarning natijasi o‘laroq 0 ‘zbekistonda, asosan paxtachilikda qo‘llash uchun, ko‘p miqdorda mineral o‘g‘itlar keltirila boshlandi. 1936-yilga kelib 0‘rta Osiyoning paxtachilik xo‘jaliklaridagi o‘rtacha hosildorlik gektar hisobiga 16—17 sentnerga yetdi. 1936-yildan boshlab agrokimyo yo‘nalishidagi ilmiy tadqiqotlar o‘g‘itlarni, ayniqsa azotli o'g'itlarning, samaradorligini ko'tarilishiga qaratildi.
L.I. Golodkovskiy m a’Iumotlariga qaraganda azotli o‘g‘itlardan foydalanish koeffitsienti bu davrga kelib 27 foizni tashkil qilgan. Ikkinchi jahon urushidan oldingi yillarda agrokimyoda nazariy masalalarni o‘rganishga ko‘proq e’tibor berildi. 0‘g‘itlarni qo‘shimcha oziqlantirish sifatida qo‘llashning afzalliklari nazariy jihatdan asoslab berildi, g‘o‘za rivojlanishining turli davrlarida oziqa elementlarini o‘zlashtirish qonuni aniqlandi, o‘g‘itlarni mexanizatsiya yordamida qo'llash yo‘lga qo‘yildi, tuproqlarning agrokimyoviy xossalarini o‘rganishga e’tibor kuchaytirildi. 1939-yilda B.P. Machigin 0‘rta Osiyoning serkarbonat tuproqlari tarkibidagi harakatchan fosfatlar miqdorini aniqlash usulini taklif qildiki, qaysiki, bu usul hozirgi kunda ham o‘zining ahamiyatini yo‘qotmagan.
Urush yillarida Respublikamizga Rusiya va qardosh Respublikalardan ko'plab ilmiy-tekshirish vositalari hamda ilm ahli evakuatsiya qilindi. Ularning yordamida (D.N. Pryanishnikov va uning shogirdlari) bir qator amaliy agrokimyo masalalari hal qilindi. Ayniqsa Samarqandda faoliyat ko‘rsatgan D .N . Pryanishnikov 0‘rta Osiyoda almashlab ekish tizimiga qand lavlagini kiritilishi mamlakat aholisini qand bilan, shuningdek chorvachilikni to‘yimli ozuqa bilan ta’minlash bilan bir qatorda g‘o‘za hosildorligini oshirishda ham ijobiy natija berishini isbotlab berdi.
XX asrning 50-yillaridan boshlab 0‘zbekistonda agrokimyo fanyanada tez su’ratlarda rivojlana boshladi. 1949-yilda Toshkent Davlat Universiteti tarkibida ochilgan agronomiya kafedrasi (1985-yilda agrokimyo kafedrasi deb nomlangan) paxtachilikning bir qator nazariy va amaliy muammolarini hal qilishda salmoqli ishlarni amalga oshirdi. S.N. Rijov, N.P. Malinkin, K.B. Saakyans, J. Sattorov, G.A. Kamenir-Bichkov kabi taniqli olimlar yetuk agrokimyogarlarni tayyorlash bilan bir qatorda bu fanni va Respublikamiz qishloq xo‘jaligini rivojlanishiga munosib hissa qo‘shdilar.
0‘zbekiston fanlar akademiyasining haqiqiy a’zosi J. Sattorov nav agrokimyosi yo‘nalishiga asos soldi va o‘g‘it samaradorligini oshirish sharoitini yaratdi. G.A. Kamenir-Bichkov B.S. Musayev bilan birgalikda tuproq gumusi va azotidan foydalanish va sho‘r yerlarni o‘g‘itlashning ilmiy asoslarini ishlab chiqdi, o‘g‘it foniga qarab g‘o‘za navlari ildizining o‘sishini har xil bo‘lish sabablarini aniqladilar. Bu davrda asosiy e’tibor paxtachilikda o‘g‘it ishlatish me’yorlari, muddatlari va usullarini nazariy jihatdan asoslab berishga qaratildi.
Kuzgi shudgor ostiga (imkoniyati bo‘lrnagan payitlarda, bahorgi ishlov berish payitida) yillik fosfor miqdorining 60—70 foizi, kaliyning 50 foizi qo‘Uanilishi lozimligi asoslandi. Barcha ekin maydonlarida ekish bilan birgalikda gektariga 20—30 kg fosfor va 10—15 kg azot berish tavsiya qilindi.
G‘o‘zaning oziqlanishida qo‘shimcha oziqlanishning ahamiyati, birinchi va so‘nggi qo‘shimcha oziqlanishning muddatlari ilmiy jihatdan asoslab berildi. Respublikamizda agrokimyo fanining rivojlanishiga paxtachilik ilmiy instituti (sobiq SoyuzNIXT) jamoasi salmoqli hissa qo‘shdi. Institutning Oq qovoqdagi tajriba maydonlarida so‘ngi 80 yil ichida amalga oshirilgan tajribalar o‘g‘it qo‘llamasidan surunkali ravishda paxta ekiladigan maydonlarning har bir gektaridan 15 s, gektariga 150 kg azot, 100 kg fosfor, 50 kg kaliy qo'llanilgan maydonlardan o'rtacha 35,8 s hosil olish mumkinligini ko‘rsatdi. Bundan ko‘rinib turibdiki, hosilning yarmidan ko‘prog‘i (deyarli 2/3 qismi) mineral o‘g‘itlar hisobiga olinadi. 0 ‘rta Osiyoning tuproqlari kaliyga ancha boy bo‘lganligi sababli yaqin-yaqingacha ham kaliyli o‘g‘itlarni qo‘llash maqsadga muvofiq emas deb kelindi. Faqatgina M.A. Belousov, 1.1. Madraim ov, P.V. Protasovlarning olib borgan tadqiqodlari natijasida kaliyli o‘g‘itlarning paxta hosili va tolasining sifatiga ko‘rsatadigan ijobiy ta’siri asoslab berildi.
80-yillarning boshlariga kelib, kaliyli o‘g‘itlarni qo‘llash muddatlari, m e’yorlari va boshqa turdagi o ‘g‘itlar bilan nisbatlari yuzasidan tegishlicha tavsiyalar ishlab chiqildi. Hozirgi davrga kelib kaliyli o‘g‘itlar paxtachilikda keng ko‘lamda ishlatilmoqda. 1963-yilda tuproqlarning oziqa elementlari bilan ta’minlanganligini hamda qishloq xo'jalik ekinlarining xususiyatlarini hisobga olgan holda turli tuproq-iqlim regionlarida o‘g‘itlarni taqsimlash va qo‘llashni ilmiy asosda to‘g‘ri tashkil qilish maqsaida Respublikamizda ixtisoslashtirilgan agrokimyo xizmati tashkil etildi. Toshkent Davlat Universiteti, Agrokimyo kafedrasida amalga oshirilgan ko‘p yillik tadqiqotlar natijasida (J.S. Sattorov, A.A. Nazarov, M. Teshaboyev, G.A. Kamenir-Bichkov, L.A. Kopeykina, B.S. Musayev, A. Raximov, A. Shomurotov va b.) agrokimyo fanida yangi yo‘nalish — paxtachilikda nav agrokimyosiga asos solindi.
Buning natijasida g‘o‘zaning naviga bog‘liq holda I tonna paxta xomashyosini shakllanishi uchun 40 kilogrammdan 70 kilogrammgacha azot, 10 kilogrammdan 30 kilogrammgacha fosfor va 50 kilogrammdan 80 28 kilogramgacha kaliy kerak bo‘lishi isbotlandi, qaysiki ko‘p miqdorda mineral o‘g‘itlarni tejash hamda atorof-muhitni kimyoviy moddalar bilan ifloslanishining oldini olish imkonini beradi.
Respublikamizda sabzavot ekinlari hamda kartoshkani o‘g‘itlash masalalari Respublika sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy tekshirish institutida (X.Z. Umarov rahbarligida) boshoqli don ekinlarini o‘g‘itlash masalalari esa, G ‘allaoroldagi «Don» ilmiy ishlab-chiqarish birlashmasida o‘rganildi va o‘rganilmoqda. Respublikamizda agrokimyo fanini rivojlanishiga munosib hissa qo‘shgan tadqiqotchilar R.R. Slireder, M.M. Bushuyev, N.K. Balyabo, I.A. Mandrigin, B.P. Machigin, N.P. Malinkin, 1.1. Chumachenko, E.A. Jorikov, A.V. Xarkov, V.I. Sivinskiy, S.A. K udrin, Kaziyev, S.N. Rijov, M.A. Belousov, P.V. Protasov, T.P. Piroxunov, I.M. Madraimov, I.N. Niyozaliyev, J.S. Sattorov, B.l. Isayev, A.E. Ergashev, X.T. Risqiyeva va boshqalar hisoblanadi.
Xulosa Agrokimyoviy bilimlarning paydo bo‘lishi, ularning ilk ko‘rinishlari qadimgi dehqonchilik davrlariga borib taqaladi. Ajdodlarimiz bundan bir necha ming yillar ilgari, tuproq unumdorligini oshirish uchun turli-tuman chiqindilardan, go‘ngdan, eski kuygan devorlarning tuproqlaridan va chuchuk suv xavzalarida to‘plangan loyqalardan unumli foydalanganlar. Qadimgi Rim imperiyasi davridanoq ko‘kat o‘g‘itlardan yerlarning unumdorligini oshirishda foydalanganlar, kul, ohak va gipsning o‘g‘it sifatidagi ahamiyati ma’lum bo‘lgan.
Yevropa kolonizatorlari Amerika mintaqasiga birinchi marta qadam bosganlarida indeytslarning dalalarga ekilgan makkajo‘xorini baliqlar bilan oziqlantirayotganliklarini ko‘rib hayron qolgan edilar. Lekin bu qilingan ishlarning ahamiyati o‘simliklarning oziqlanish sirlari ochilgunga qadar noaniqligicha qolaverdi. Qadimgi Gretsiyaning materialist faylasuflari o‘simliklarning hayoti uchun olov, tuproq, suv va havo zarur ekanligini aytganlar.
Ular bu fikrlari bilan haqiqatga juda yaqin kelgan edilar, ya’ni katta olov - quyosh o‘simliklaridagi fotosintez jarayonining borishida yorug‘lik va energiya manbai bo‘lib xizmat qiladi, tuproq esa mineral elementlar bilan oziqlanish manbai, havodan karbonat angidrid olinadi va suv esa o‘simliklardagi bo‘ladigan barcha jarayonlarda ishtirok etadi.
Agrokimyoning bosh vazifasi o‘simlik, tuproq va o‘g‘it sistemasida kimyoviy elementlar balansini va aylanishini boshqarishdir. Agrokimyo maktabining asoschisi D.N.Pryanishnikov agrokimyoning asosiy vazifasini ifodalab, shunday yozgan edi: «Agrokimyoning bosh vazifasi dehqonchilikda moddalar aylanishini o‘rganish, tuproq va o‘simliklarda kechadigan kimyoviy jarayonlarga ta’sir qiluvchi turli xil omillarni aniqlash, qaysiki bu omillar olinadigan hosilni oshirish va kamaytirishi, shu bilan birga uning tarkibini ham o‘zgartirishi mumkin.
O‘g‘itlarning qo‘llanilishi esa ushbu moddalar aylanishiga insoniyatning aralashuvini bosh usulidir.
Zamonaviy agrokimyogarning vazifasi - har xil qishloq xo‘jalik ekinlarini berilgan har xil mahsuldorlik darajasida va ularning navlarini etishtirish mintaqalarini hisobga olgan holda barcha biogen elementlarnig aylanishini aniq parametrlarini aniqlashdir.
Mineral o‘g‘itlarning qo‘llanishi xo‘jalikdagi etishtiriladigan o‘simliklarning oziqlanishida yangi ozuqa elementlarini ko‘payishiga imkon yaratadi, organik o‘g‘itlarning va boshqa har xil chiqindilardan foydalanish esa ozuqa elementlardan qaytadan foydalanish imkoniyatini beradi, ya’ni o‘simlik bargi, poyasi, ildizi tarkibidagi ozuqa elementlaridan o‘simliklar keyingi rivojlanish davrlarida foydalanadi. Mineral o‘g‘itlar ham, organik o‘g‘itlar ham tuproqning xususiyatlariga (uning kimyoviy, fizikaviy, biologik xususiyatlariga) kuchli ta’sir etuvchi vositalardir. Shuningdek, o‘simliklarning oziqlanishiga, o‘sishiga, rivojlanishiga va hosil sifatiga kuchli ta’sir etuvchi omillardir. Mineral va organik o‘g‘itlarning qo‘llash, ularni samaradorligini oshirish dehqonchilikni kimyolashtirishning asosini tashkil etadi.
O‘g‘itlar bilan har xil ozuqa elementlarini tuproq tarkibiga kirishi va ularning hosilni shakllanishida sarflanishi boshqa jarayonlarni murakkablashtiradi, ya’ni ozuqa elementlarining ta’sirida tuproq xususiyatlari buzilishi, sizot suvlarining tarkibiy o‘zgarishi va ozuqa elementlari shamol hamda suv eroziyasi ta’sirida atrof muhitni ifloslantirishi mumkin.
Shu bilan birga ba’zi ozuqa elementlari tuproqqa atmosfera yog‘inlari va mikroorganizmlar faoliyati natijasida ham tushishi mumkin (azot).
Bundan tashqari hosilning keyingi taqdiri moddalar aylanishiga kuchli ta’sir etadi, ya’ni hosilning tovar qismida ozuqa elementlari hosilning sotilishi, qayta ishlanishi va boshqa jarayonlarda xo‘jalikdan tashqariga chiqib ketadi, ikkilamchi tovar bo‘lmagan qismi (poyasi, bargi, poxoli va boshqalar) chorvachilikda em-xashak va to‘shama sifatida ishlatilib, yana xo‘jalik yerlariga qaytadi. Shuning uchun Agrokimyoda hosilning tovar qismidagi chiqib ketadigan ozuqa elementlariga alohida e’tibor beriladi.