Guliston davlat universiteti arxivshunoslik fanidan Mustaqil ish Bajardi Qabul qildi Mavzu: O’zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi hujjatlaridan foydalanishni tashkil etish. Arxiv hujjatlarini saqlash Reja



Yüklə 171,66 Kb.
səhifə1/2
tarix03.10.2023
ölçüsü171,66 Kb.
#151790
  1   2
OYBEK ARXIVSHUNOSLIK


GULISTON DAVLAT UNIVERSITETI

ARXIVShUNOSLIK
Fanidan
Mustaqil ish

Bajardi________________________________




Qabul qildi______________________________
Mavzu: O’zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi hujjatlaridan foydalanishni tashkil etish. Arxiv hujjatlarini saqlash


Reja:



  1. Arxiv hujjatlaridan foydalanish va arxiv hujjatlarini saqlash.

  2. Hujjatlardan foydalanish shakllari.


1.Arxiv hujjatlaridan foydalanish va arxiv hujjatlarini saqlash.


: Arxiv hujjatlaridan foydalanishning maqsadi. Arxiv hujjatlaridan ilmiy-tadqiqot, xalq xo’jaligi, tashviqot, ilmiy-ma’rifiy va o’quv maqsadlarida keng foydalaniladi. Hujjatli manbalar tarix fanini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Tarixchilar arxiv hujjatlarisiz qimmatli dalillar bilan asoslangan tarixiy asarlar yarata olmaydilar. Arxiv hujjatlariga boshqa fan va kasblar vakillari: yozuvchilar, tilshunoslar, san’atshunoslar, arxitektorlar, biologlar, mediklar, muhandislar, geologlar va boshqalar ham murojaat qilishadi.
Hujjatlarni saqlash – har bir arxivning asosiy vazifalaridan biridir. Hujjatlarni saqlash, arxivga topshirish deganda, “keraksiz qog’ozlardan qutulish” emas, balki ulardan ma’lum muddat – 3, 5, 10, 25, 40, 75 yil, asrlar davomida ma’lum qiymatga ega ekanligida foydalanish tushuniladi. Va saqlanish muddati davomida hujjatlar o’g’irlikdan, loqaydsizlik oqibatida yo’qolish, salbiy sharoit tufayli yo’q bo’lishdan, hujjatning fizik asosi buzilishidan ( qog’oz, plyonka, kalka va boshqa. ) va hujjatdagi matnni o’chib ketishidan saqlash zarur.
Arxiv hujjatlarini saqlashni asosiy shartlaridan biri ularni maxsus ta’mirlangan arxiv saqlov xonalarida saqlash; ma’lum saqlash rejimiga rioya qilish; hujjatlarni saqlovxonalardan berish va qaytib olishni qat’iy hisobga olib borish. Arxiv saqlov xonalarining eshigi ish vaqtida mahkam yopilgan, ish vaqtidan so’ng esa tamg’alangan yoki plombalangan bo’lishi shart.
Hujjatlarni saqlashga qo’yiladigan asosiy talablar davlat arxivlari uchun ham idora arxivlari uchun ham bir xil.
Davlat arxivlari uchun maxsus binolar quriladi. Respublikada hujjatlarni miqdoriga qarab qator davlat arxivlari binolari qurilgan. Ularda maxsus hujjatlarni tozalash va restavratsiya qilish xonalari mavjud.
Arxiv binosi tashqi muhit ta’siridan himoyalangan bo’lishi lozim. Arxiv binosida mavjud bo’lgan isitish tizimi kutilmagan favqulodda vaziyat doimo nazoratda bo’lishi kerak. Ishchi xonalar saqlovxonalardan ajratilgan holda bo’lishi kerak. Ishchi xonalar saqlovxonalardan ajratilgan holda bo’lishi, agar saqlovxona birinchi qavatda joylashgan bo’lsa, deraza romlariga metall reshetkalar; agar arxivdan hovliga yoki ko’chaga chiqish eshigi bo’lsa, u metall list bilan ishlov berilgan bo’lishi; arxiv saqlovxonasiga signalizatsiya o’rnatilgan bo’lishi kerak.
Arxiv binosi yong’in xavfsizligi talablariga javob berishi lozim; elektr isitgich asboblari , sun’iy yoritish, gugurtdan, shamdan foydalanish, sigaret chekish qat’iyan taqiqlanadi. Arxiv binosida har bir xonaga ikkitadan ko’rinadigan joylarga har 40-50 m kv ga o’t o’chirish anjomlari osib qo’yiladi. Bundan tashqari yong’in xavfsizligi shlangalari krani bilan, vodoprovod yo’q joyda esa quruq qum paketlari yashiklarga solib qo’yiladi. Butun arxiv binosiga yong’in xavfsizligi signalizatsiyalari o’rnatilgan bo’ladi.
Arxiv saqlov xonalari metall stellajlar bilan ta’minlangan bo’lishi, agar stellajlar yog’ochdan yasalgan bo’lsa, ularga o’tda yonmaydigan maxsus tarkib bilan ishlov beriladi.
0 ‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 2012 yil 5 aprelda “Arxiv ishi to'g'risida"gi 0 ‘zbekiston Respublikasida arxiv ishini takomillashtirish to‘g ‘risida O'zbekiston Respublikasi Qonuni talablarini amalga oshirish maqsadida qaror qabul qildi. Qarorda quyidagi xujjatlar tasdiqlandi: Arxiv hujjatlarini jamlash, davlat hisobiga olish, saqlash va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risida Nizom; - 0 ‘zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi Davlat katalogito‘g ‘risida Nizom; Arxivlarni tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish tartibi to‘g ‘risida Nizom; Arxivlar va idoraviy arxivlar tomonidan xizmatlar ko‘rsatish tartibi to ‘g‘risida Nizom; Arxivlar mutaxassislarini 0 ‘zbekiston Respublikasi korxonalari, muassasalari va tashkilotlari hujjatlarini tartibga keltirishga kompetentligi yuzasidan attestatsiyadan o'tkazish tartibi to‘g‘risida Nizom; Arxiv hujjatlarini 0 ‘zbekiston Respublikasidan tashqariga olib chiqish va arxiv hujjatlarini 0 ‘zbekiston Respublikasiga olib kirish tartibi to‘g‘risida Nizom. 0 ‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, vazirliklar va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, shuningdek korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga arxiv hujjatlari 0 ‘zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi tarkibiga kiritilgan o‘z arxiv fondlarining hajmi va tarkibi haqidagi ma'lumotlarni belgilangan 5 muddatlarda va shakllarda tegishli arxivlarga muntazam ravishda taqdim etishlari ta'minlansin, deb topshiriq bergan. 0 ‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi « 0 ‘zarxiv» agentligiga arxiv hujjatlari O ‘zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi tarkibiga kiritilgan arxiv fondlari mulkdorlari uchun o ‘z arxiv fondlarining hajmi va tarkibi haqidagi m a'lumotlami taqdim etish, shuningdek hujjatlarni arxiv saqloviga topshirish bosqichida hujjatlarni to‘g'ri tartibga keltirishni tashkil etish bo'vicha uslubiy qo‘llanmalar ishlab chiqish vazifasini yukladi. Arxiv hujjatlari O ‘zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondiga kiritilgan arxiv fondlarining hajmi va tarkibi bo'yicha ma'lumotlar bazasi shakllantirilishini va keyinchalik ularning tizimli ravishda hisobga olinishini ta ’minlashini topshirdi. «Arxivlar to‘g ‘risida»gi qonunda yoritilgan asosiy yangiliklardan biri 0 ‘zbekiston Davlat arxiv fondi o‘miga 0 ‘zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi (O 'zR MAF) ni tashkil qilinishi bo‘ldi. 0 ‘zR MAF davlat va nodavlat arxiv fondlaridan tashkil topadi, - deyilgan qonunda. Nodavlat yuridik shaxslarning faoliyati natijasida to'plangan arxiv xujjatlari, shuningdek fuqarolarning shaxsiy arxivlari nodavlat arxiv fondini tashkil etadi. MAF tarkibidan ko‘rinib turibdiki, unda davlat va nodavlat tashkilotlar, korxonalar, muassasalar arxiv fondlari saqlanadi. Xususiy tashkilotlar, korxonalar bo‘lmagani uchun sobiq tuzim vaqtida nodavlat arxiv fondlari ham vo'q edi. Shu sababli ilgarigi O'zbekiston Davlat arxiv fondida faqat davlat muassasalari. tashkilotlari, korxonalari va fuqarolarning arxiv fondlari saqlanardi. Bu nodavlat tashkilotlar, korxonalar bilan arxiv organlari, muassasalari o ‘rtasida arxiv ishi bo‘yicha munosabatlar arxivlar lo'g'risidagi qonun hujjatlarida qanday belgilanganligi muhim 6 masaladir. Nodavlat yuridik va jismoniv shaxslar nodavlat arxiv fondlarini ularni egalarining talablariga binoan 0 ‘zR MAF tarkibiga o ‘tkazishi mumkin. Bu ish arxiv tashkilotlari tomonidan ularning hujjatlarining qimmatini ekspertiza qilgandan so'ng amalga oshiriladi. O 'zR MAF hujjatlari, jumladan, qabul qilinishi mumkin bo‘lgan nodavlat tashkilotlar arxiv fondlari ham davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi va bu tashkilotlarga guvohnoma beriladi. Xususiy tashkilotlar nodavlat arxiv fondi hujjatlarini doimiy saqlanishini ta’minlaydi. Arxiv tashkilotlari roziligini olmasdan nodavlat tashkilotlar o‘z hujjatlarini (doimiy saqlanadigan va ishchi-xizmatchilarni mehnat staji, ish haqi to‘g‘risidagi hujjatlarini) yo‘q qilishi mumkin emas. Shu sababdan arxiv tashkilotlari davlat hisobiga olingan nodavlat tashkilotlar arxiv fondlarini nazorat qilib boradi va arxiv ishini to ‘g‘ri yo‘lga qo‘yishga yordam beradi. Bu qoidalar 2010 yilda qabul qilingan “Arxiv ishi to ‘g ‘risida”gi qonunda yanada mustahkamlandi. O'zbekiston o‘z milliy mustaqilligini qo‘lgakiritganligi buyuk tarixiy voqea boTdi. Xalqimiz mustaqillik tufayli o‘z taqdirini o ‘zi belgilash huquqiga ega bo‘ldi. Istiqlol yillarida jamiyat hayotining barcha sohalarida. jumladan tarix fanlari sohasida ham tub o‘zgarishlar yuz bermoqda. Shu davrda, kommunistik mafkura ta’sirida buzib ko'rsatilgan, ba'zi sahifalari umuman yoritilmagan ona tariximiz mustaqillik sharofati bilan xolisona o'rganilmoqda. haqqoniy tarix bayon etilmoqda. O ‘zbekiston Prezidenti I.A. Karimov «Tarixiy xotirasiz kelajak yo'q» asarida tarixchilar oldida turgan vazifalar haqida gapirib shunday degan: «... biz haqqoniy tariximizni tiklashimiz, xalqimizni, millatimizni ana shu tarix bilan qurollantirishimiz zarur. Tarix bilan qurollantirish, yana bir bor qurollantirishimiz zarur». 0 ‘zbek xalqining haqqoniy tarixini tiklashda arxiv hujjatlarining ahamiyati kattadir. Ilgari o‘rganilmagan, istibdod mafkurasiga 7 mos tushmaganligi uchun chetlab o'tilgan arxiv hujjatlarini ilmiy muomalaga kiritish chorizm va sho'ro mustamlakachilari siyosatining asl mohiyatini ochib beradi va xalqimizrd haqiqiy tarixini yoritishga yordam beradi. Tarixiy tadqiqot uchun zarur bo'lgan barcha arxiv hujjatlarini qidirib topish, ulardan keng foydalanish uchuntarixchi talabalar«Arxivshunoslik» fanini o‘rganishi, chuqur egallashi zarur. Arxiv tashkilotlari, davlat arxivlari mustaqillik sharoitida bozor munosabatlariga moslashmoqda. Davlat arxiv xizrnatini moddiy-texnika negizini mustahkamlash va ishchi-xizmatchilarning moddiy ahvolini yaxshilash maqsadida davlat arxivlari shartnoma asosida tashkilotlarga va aholiga pullik xizmatni kengaytirmoqda. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, pullik xizmat asosan davlat va xususiy tashkilotlarga arxiv hujjatlarini tartibga solishda, ish yuritishni takomillashtirish ishlarida, ijodiy tashkilotlarni ilmiy buyurtmalarini bajarishda qoilanmoqda. Ijodiy, ilmiy xodimlami arxiv hujjatlaridan foydalanish. jumladan, universitetlar talabalari uchun hujjatlardan foydalanish, fuqarolarga nafaqasini rasmiylashtirishga mehnat staji. ish haqi to‘g ‘risidagi m a?lumotnomapar berish bepul amalga oshiriladi. Bu esa, arxiv hujjatlarini ilmiy maqsadda foydalanishga keng yo‘l ochib beradi.

Yüklə 171,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin