Auditorlik faoliyati nima?



Yüklə 31,04 Kb.
səhifə1/2
tarix20.11.2023
ölçüsü31,04 Kb.
#161893
  1   2
АУДИТОРЛИК ФАОЛИЯТИ

AUDITORLIK FAOLIYATI NIMA?


Uning zimmasidagi mas’uliyat va vazifalar
MUSTAQILLIGIMIZNING dastlabki yillaridanoq yurtimizda auditorlik faoliyatiga bo‘lgan e’tibor tadbirkorlik faoliyatining takomillashuviga qo‘yilgan muhim qadamlardan biri sifatida namoyon bo‘ldi.
1992 yil 9 dekabrda "Auditorlik faoliyati to‘g‘risida"gi Qonunning qabul qilinishi bilan auditorlik faoliyatining huquqiy asoslari belgilab berilgan bo‘lsa, keyinchalik 2000 yil 26 mayda bu Qonunning yangi tahrirda qabul qilinishi auditorlik faoliyatining yanada takomillashishiga zamin yaratdi.
Avvalambor, shuni ta’kidlash lozimki, auditorlik tashkiloti auditorlik faoliyatini amalga oshirish litsenziyasiga ega bo‘lgan yuridik shaxsdir. Auditorlik tashkilotlari ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyati ko‘rinishidan tashqari, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan istalgan tashkiliy-huquqiy shaklda tuzilishi va o‘z faoliyatini quyidagi majburiy shartlarga rioya etgan holda amalga oshirishi mumkin:
— auditorlik tashkiloti ustav kapitalining kamida 51 foizi mazkur auditorlik tashkilotining shtatdagi bir yoki bir necha auditoriga tegishli bo‘lishi kerak (auditorlik tashkiloti — chet el auditorlik tashkilotining filiali yoki sho‘‘ba korxonasi tuzilgan hollar bundan mustasno). Auditor faqat o‘zi ishlaydigan bitta auditorlik tashkilotining muassisi (ishtirokchisi, aksiyadori) bo‘lishi mumkin;
— auditorlik tashkilotining shtat birligi tegishli malakaga ega bo‘lgan shtatdagi auditorlarning eng kam soniga doir qonun hujjatlarida belgilangan talablarga muvofiq bo‘lishi kerak;
— auditorlik tashkilotiga faqat mazkur auditorlik tashkiloti asosiy ish joyi bo‘lgan auditor rahbar bo‘lishi joiz;
— auditor tashkilotining qonun hujjatlarida nazarda tutilgan ustav kapitali mavjud bo‘lishi darkor.
Auditorlik tashkilotlari o‘z faoliyati va xizmatlarini shartnoma asosida amalga oshiradi. Auditorlik xizmatlari ko‘rsatish to‘g‘risidagi shartnoma faqat auditorlik tashkiloti javobgarligining sug‘urta polisi mavjud bo‘lgan taqdirda tuziladi.
Auditorlik tashkilotlari Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi auditorlik faoliyatining muhim huquqiy asoslaridan biri bo‘lib, ularni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 20 avgustdagi qarori bilan tasdiqlangan "Tadbirkorlik sub’ektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, hisobga qo‘yish va ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish tartibi to‘g‘risida"gi Nizom asosida amalga oshiriladi.
So‘nggi yillarda auditorlik faoliyatinining huquqiy asoslari yanada takomillashtirib borilmoqda. Xususan, 2013 yil 30 aprelda "O’zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida"gi Qonunning qabul qilinishi bilan auditorlik faoliyatining yanada takomillashuvi yo‘nalishida qator qonun normalari kiritildi.
Jumladan, "Auditorlik faoliyati to‘g‘risida"gi Qonun yangi 31-modda bilan to‘ldirilib, auditorlik xizmati ko‘rsatish huquqini beruvchi hujjat qonunlashtirildi. Unga ko‘ra, auditorning malaka sertifikati auditorning malakasini tasdiqlovchi va auditor tashkiloti nomidan auditorlik xizmatlari ko‘rsatish huquqini beruvchi hujjat sifatida ko‘rsatilib, ushbu malaka sertifikatini berish, qayta rasmiylashtirish, bekor qilish, uning amal qilishini uzaytirish va tugatish tartibi maxsus vakolatli organ tomonidan belgilanishi qat’iylashtirildi.
Bundan tashqari, "Auditorlik faoliyati to‘g‘risida"gi Qonunning qator moddalariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildiki, bu bilan auditorlik faoliyatini olib boruvchi tashkilotlarning huquqlari hamda vakolatlari bo‘yicha bir qator talablar qo‘yildi va auditorlarning mas’uliyatini oshirishga yo‘naltirildi.
Jumladan, kiritilgan o‘zgartishga ko‘ra, auditorlik tashkiloti boshqa auditorlik tashkilotining muassisi (ishtirokchisi, aksiyadori) bo‘la olmaydi. Auditorlik tashkilotining firma nomida "auditorlik tashkiloti" so‘z birikmasi ifodalanishi va mazkur nom boshqa auditorlik tashkilotlarining firma nomlari bilan adashtirib yuborish darajasida bir xil yoki ularga o‘xshash bo‘lgan belgilar bilan ko‘rsatilmasligi, ushbu talablarga javob bermaydigan yuridik shaxs o‘z nomida "auditorlik tashkiloti" so‘z birikmasidan foydalanishga haqli emasligi qat’iy belgilab qo‘yildi.
Xulosa qilib aytganda, auditorlik tashkilotlarining tashkil etilishida, mazkur faoliyatni yuritishda auditorlik tashkilotlari hamda auditorlar oldiga katta mas’uliyat yuklab, bu yo‘nalishda qabul qilingan qonun normalari ularni tartibga solib turadi.

Yüklə 31,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin