“Menejment” kafedrasi
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI
“MUTAXASSISLIKKA KIRISH”
O’quv qo’llanma
TOSHKENT-2005
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI
“Menejment” kafedrasi
“MUTAXASSISLIKKA KIRISH”
O’quv qo’llanma
(bakalavriat yo’nalishi uchun)
“Iqtisod-moliya”, Toshkent - 2005
Mutaxassislikka kirish. O’quv qo’llanma.
“Iqtisod-moliya”, 2005. 91 bet.
Mualliflar: D.Sobirjonova
U.Boymatova
Ushbu o’quv qo’llanma iqtisodiyot sohasida ta’lim olayotgan talabalar uchun mo’ljallangan bo’lib, uning asosiy maqsadi qanday qilib bozor iqtisodiyoti sharoitida muvaffaqiyatli faoliyat olib borish va uning asosiy qonun-qoidalariga asosan tadbirkorlik hamda ishlab chiqarishni rivojlantirish masalalarini oydinlashtirishdir. Ya’ni, obrazli qilib aytganda, bozor iqtisodiyoti qonunlari asosida qanday qilib atrof-muhitdagi hayot bilan uyg’unlashib yashash va unda muvaffaqiyatli ishlash asosiy tamoyillari amaliy yo’nalishlarida atroflicha yoritiladi.
O’quv qo’llanma Toshkent Moliya Instituti qoshidagi Oliy o’quv yurtlararo ilmiy-uslubiy Kengash majlisida muhokama qilingan va nashrga tavsiya etilgan.
«___»____________ 2005 yil ___-son majlis bayoni.
Kengash raisi:
Rektor vazifasini bajaruvchi A.Vahobov
Taqrizchilar: M.Muhrumbaeva - i.f.n., dots.
A.Samadov - i.f.n., dots.
“Iqtisod-moliya”, 2005
KIRISH
Ushbu o’quv qo’llanma «Mutahassislikka kirish» fani bo’yicha namunaviy o’quv dasturi asosida yozilgan bo’lib, Oliy ta’limning 5340200 - “Menejment” bakalavriat yo’nalishi uchun boshlang'ich adabiyot sifatida rejalashtirilgan.
Mazmun-mundarijasi jihatidan ushbu qo’llanma “Mutahassislikka kirish” fanini talabalar tomonidan yanada chuqur o’zlashtirilishiga xizmat qiladi. Bundan tashqari, o’quv qo’llanmani tayyorlashda O’zbekistondagi menejment sohasining o’ziga xos tomonlari inobatga olingan.
Hozirgi bozor iqtisodiyoti sharoitida rahbar ham, rahbarlik uslublari ham tubdan o’zgargan. Hozirgi rahbarlarga juda katta talab va mas’uliyatlar qo’yilmoqda: jumladan, yuqori toifadagi mutaxassis bo’lish, haqiqiy tadbirkor, tashkilotchi, mohir etakchi, ayni paytda o’z haq-huquqini chuqur bilish talab etilmoqda. Shu o’rinda ushbu o’quv qo’llanma talabalarning mazkur fandan nazariy bilimlarini yanada oshirishga hizmat qiladi.
Qo’llanmada, rahbar yoki menejer kim, qanday qilib menejer bo’lish mumkin? Oqilona tanlov va ishonchli qaror qabul qilishning sir-asrorlari nimada? Qanday rahbarlarni adolatli va madaniyatli deyishimiz mumkin? Rahbarlik uslubiga qarab rahbar turlari? Menejerlar toifasi, kabi savollar talabalarimizga keng ochib berilgan.
“Menejment va huquq” kafedrasining dots. D.Sobirjonova va k.o’q.U.Boymatovalar tomonidan «Mutahassislikka kirish» fanidan tayyorlangan o’quv qo’llanmasi Oliy Ta’limning Davlat Ta’lim standartlari talablari asosida yozilgan.
Ushbu o’quv qo’llanma mamlakatimiz va chet el adabiyotlarini o’rganib, «Mutahassislikka kirish» fanining nazariy savollariga aniq javoblar topish mumkin.
Undan foydalangan talabalar yuqorida ko’rsatilgan fanlarning maqsadi va vazifalari, mazkur faoliyatini tashkil etish, segmentlarni o’rganish, narhni belgilash, korxonani boshqarish usullari va ko’rsatkichlari, yangi bozorni boshqarish kabi masalalarni chuqur o’rganish manbai bo’lib hizmat qiladi.
O’quv qo’llanmadan, oliy o’quv yurti talabalaridan tashqari, malaka oshirish markazlarining o’quv jarayonlarida ham asosiy material sifatida foydalanish maqsadga muvofiq.
Dostları ilə paylaş: |