Tasdiqlash haqida



Yüklə 382,9 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/13
tarix28.11.2023
ölçüsü382,9 Kb.
#168363
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
2667-сон 17.04.2015



O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI SOG‘LIQNI SAQLASH VAZIRINING
BUYRUG‘I
MEHNATGA LAYOQATSIZLIK VARAQALARINI BERISH TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI YO‘RIQNOMANI
TASDIQLASH HAQIDA
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2015-yil 17-aprelda ro‘yxatdan
o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 2667]
O‘zbekiston Respublikasining Mehnat 
kodeksi 
hamda “Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash
to‘g‘risida”gi 
Qonuniga
muvofiq buyuraman:
1. Mehnatga layoqatsizlik varaqalarini berish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnoma 
ilovaga
muvofiq
tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Vazir A. ALIMOV
Toshkent sh.,
2015-yil 20-mart,
25-son
O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni
saqlash vazirining 2015-yil 20-
martdagi 25-son 
buyrug‘iga
ILOVA
Mehnatga layoqatsizlik varaqalarini berish tartibi to‘g‘risidagi
YO‘RIQNOMA
Mazkur Yo‘riqnoma O‘zbekiston Respublikasining 
Mehnat kodeksi
, “Fuqarolar sog‘lig‘ini
saqlash to‘g‘risida”gi 
Qonuni
, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 1-iyuldagi
195-son “Tibbiy-mehnat ekspert komissiyalari tomonidan fuqarolarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish
tartibini yanada takomillashtirishga, nogironlikni va kasbiy mehnatga layoqat yo‘qotilishi
darajasini aniqlashga yo‘naltirilgan normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi
qaroriga
 muvofiq mehnatga layoqatsizlik varaqalarini berish tartibini belgilaydi.
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mehnatga layoqatsizlik varaqasi shaxsni ishdan ozod qilish, vaqtincha mehnatga
qobiliyatsizlik nafaqasi yoki homiladorlik va tug‘ish nafaqasi to‘lash uchun asos bo‘ladigan
hamda vaqtincha mehnatga layoqatsizlik bilan kechadigan kasallanishning hisobi yuritiladigan
hujjat hisoblanadi.
Fuqarolarning kasalligi, shikastlanganligi, homiladorligi, tuqqanligi, oilaning betob a’zosini
parvarishlaganligi, protez qo‘ydirganligi, sanatoriy-kurortda davolanganligi, shuningdek sog‘lig‘i
holatiga ko‘ra boshqa ishga o‘tkazish uchun va karantin tufayli mehnatga vaqtincha
layoqatsizligini ekspertiza qilish natijalariga ko‘ra aniqlangan mehnatga vaqtincha layoqatsizligi
mehnatga layoqatsizlik varaqasi bilan tasdiqlanadi.
2. Mehnatga layoqatsizlik ma’lumotnomasi shaxsni ishdan (o‘qishdan) ozod qilish uchun
asos bo‘ladigan hamda vaqtincha mehnatga layoqatsizlik bilan kechadigan kasallanishning
hisobi yuritiladigan hujjat hisoblanadi.
3. Quyidagilar mehnatga layoqatsizlik ma’lumotnomasi bilan tasdiqlanadi:
o‘quvchi, talaba, magistrant, klinik ordinator va katta ilmiy xodim-izlanuvchilarning
o‘qishga vaqtincha layoqatsizligi;
alkogolga qaramlik natijasidagi kasalliklar va jarohatlar, shuningdek mastlik natijasida
olingan jarohatlar;
xodimlarni davriy profilaktik tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilganligi;


harbiy xizmatga chaqiriluvchilarni ambulatoriya yoki statsionar sharoitda tibbiy ko‘rikdan
o‘tkazilganligi;
kasallikning kelib chiqishi kasb bilan bog‘liqligini aniqlash yuzasidan tekshiruv
o‘tkazilganligi;
ayblanuvchi yoki sudlanuvchining sud ajrimi bilan tibbiy muassasaga joylashtirilganligi;
ambulatoriya sharoitida o‘n to‘rt yoshga to‘lmagan bolaning parvarishga muhtojlik davri
o‘n to‘rt kalendar kundan oshganligi.
4. Mehnatga layoqatsizlik varaqalari va mehnatga layoqatsizlik ma’lumotnomalari, qoida
tariqasida, davlat sog‘liqni saqlash tizimi, shu jumladan, vazirliklar, idoralar va boshqa davlat
tashkilotlariga qarashli davolash-profilaktika muassasalarining davolovchi shifokorlari
tomonidan beriladi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
5. Sog‘liqni saqlashning xususiy va boshqa xil tizimlariga tegishli davolash-profilaktika
muassasalari mehnatga vaqtincha layoqatsizlikni ekspertiza qilish yoki tibbiy-ijtimoiy ekspertiza
bo‘yicha yetarli malakali xodimga ega bo‘lgan taqdirda, mehnatga layoqatsizlik varaqalari va
mehnatga layoqatsizlik ma’lumotnomalari berishga haqli. Bunda sog‘liqni saqlashning xususiy
tizimidagi davolash-profilaktika muassasasi statsionar sharoitda faoliyat yuritayotgan bo‘lishi
zarur.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirining 2021-yil 2-iyuldagi 9-sonli 
buyrug‘i
(ro‘yxat raqami 2667-3, 15.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.07.2021-y.,
10/21/2667-3/0675-son)
6. Quyidagi muassasalarning shifokorlari mehnatga layoqatsizlik varaqasi berishga haqli
emas:
tez tibbiy yordam va qon bilan ishlash xizmati;
shifoxonalarning qabul bo‘limlari;
sud-tibbiy ekspertiza muassasalari;
pansionat va sanatoriy-kurortlar, sil kasalliklari sanatoriyalari bundan mustasno;
fizioterapiya, davolash fizkulturasi va sport tibbiyoti ixtisosliklari bo‘yicha tibbiy
muassasalar.
7. Olis hududlardagi davolash profilaktika muassasalarida bitta davolovchi shifokor faoliyat
ko‘rsatgan taqdirda, ushbu shifokor Qoraqalpog‘iston Respublikasi sog‘liqni saqlash vaziri,
Toshkent shahar Sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasi va viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmalari
(bundan buyon matnda sog‘liqni saqlash boshqarmalari deb yuritiladi) boshliqlarining
buyrug‘iga asosan bir oygacha bo‘lgan muddatga mehnatga layoqatsizlik varaqasi yoki
mehnatga layoqatsizlik ma’lumotnomasi berishi mumkin.
8. Mehnatga layoqatsizlik varaqalari ishlamaydigan shaxslarga, ish haqi saqlanmagan
holda mehnat ta’tilida bo‘lgan shaxslarga (mazkur Yo‘riqnomaning 29-bandi 
uchinchi
xatboshisida 
nazarda tutilgan hollardan tashqari) va harbiy xizmatchilarga berilmaydi.
Mehnat shartnomasi O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 
67-moddasida
nazarda tutilgan hollarda bekor qilingandan, harbiy xizmatchi muddatli harbiy xizmat safidan
bo‘shatilgandan keyin bir oy ichida mehnatga vaqtincha layoqatsizlik vujudga kelgan bo‘lsa,
mehnatga layoqatsizlik varaqasi beriladi.

Yüklə 382,9 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin