41. 1941 — 1945-yillardagi urush qatnashchilari va urushdan nogironligi bo‘lgan shaxslarga,
sobiq baynalminalchi jangchilariga, Chernobil AES halokati oqibatlarini tugatishda qatnashgan
shaxslarga, sil kasalligi bilan og‘rigan bemorlarga, shuningdek davolanish va yakka parvarishga
muhtojligi to‘g‘risida tibbiy xulosa mavjud bo‘lganda o‘n olti yoshga to‘lmagan
nogironligi
bo‘lgan bolaga hamroh bo‘lib boradigan ishlovchi ota-onalaridan biriga (vasiyga)
vrachlik
maslahat komissiyasi tomonidan sanatoriy-kurortda davolanishning barcha davriga (borish-
kelish vaqtini hisobga olgan holda) mehnatga layoqatsizlik varaqasi beriladi.
(41-band O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirining 2021-yil 2-iyuldagi 9-sonli
buyrug‘i
(ro‘yxat raqami 2667-3, 15.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.07.2021-y.,
10/21/2667-3/0675-son)
42. Sanatoriy-kurortda davolanish davrida kasallik (jarohat)
tufayli vaqtincha mehnatga
layoqatsizlik yuzaga kelsa, ushbu muassasa shifokorining tavsiyasi asosida sanatoriy joylashgan
hududdagi davolash-profilaktika muassasasi tomonidan vaqtincha
layoqatsizlikning barcha
davriga mehnatga layoqatsizlik varaqasi beriladi.
Dostları ilə paylaş: