O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 8 sentyabrdagi «Davlat pensiyalarini tayinlash va to’lash tartibini yanada takomillashtirishga yo’naltirilgan normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to’g’risida»



Yüklə 20,56 Kb.
tarix16.03.2017
ölçüsü20,56 Kb.
#11596
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil
8 sentyabrdagi «Davlat pensiyalarini tayinlash va to’lash tartibini yanada takomillashtirishga yo’naltirilgan normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to’g’risida»gi 252-sonli qarori bilan tasdiqlangan «Davlat pensiyalarini tayinlash va to’lash tartibi to’g’risida Nizom»ining
1 va 2-ilovalariga muvofiq:



T/r

Urush nogironlariga tenglashtiriladigan shaxslar

RO’YXATI

1.

sobiq SSSR va O’zbekiston Respublikasi chegaralarini qo’riqlash paytida yaralanish, kontuziya olish, mayiblanish yoki kasallanish natijasida nogiron bo’lib qolgan harbiy xizmatchilar;

2.

1941 yilning 22 iyunidan 1954 yilning 31 dekabrigacha sobiq SSSR hududida harakat qilgan hamda qiruvchi batalonlar, vzvodlar va xalqni himoya qiluvchi otryadlarda xizmat qilgan davrda yaralanish, kontuziya olish, mayiblanish yoki kasallanish natijasida nogiron bo’lib qolgan shaxslar;

3.

temir yo’lning front yaqinidagi uchastkalarida ishlagan, mudofaa inshootlari, harbiy-dengiz bazalari, aerodromlar va boshqa harbiy ob’ektlar qurilishi ishlarida qatnashgan hamda Vatan urushi yillarida urush bo’layotgan joylarda yaralanish, kontuziya olish, mayiblanish yoki kasallanish natijasida nogiron bo’lib qolgan xodimlar;

4.

Ikkinchi jahon urushi davrida partizan otryadlari va qo’shilmalari tarkibida yoki yashirin ishlarda bo’lgan davrda yaralanish, kontuziya olish, mayiblanish yoki kasallanish natijasida nogiron bo’lib qolgan shaxslar;

5.

harakatdagi armiya tarkibidagi ishlarda yaralanish, kontuziya olish, mayiblanish va kasallanish natijasida nogiron bo’lib qolgan yollangan tarkibdagi shaxslar;

6.

Ikkinchi jahon urushi davrida fashist kontslagerlarida (getto va zo’rlik bilan tutib turiladigan boshqa joylarda) bo’lgan davrda yaralanish, kontuziya olish, mayiblanish va kasallanish natijasida nogiron bo’lib qolgan shaxslar (tutqunlar, shu jumladan, bolalar);

7.

tinchlik o’rnatuvchi kuchlar tarkibida qatnashish, shuningdek, xarbiy harakatlar ketayotgan mamlakatlarda baynalmilal burchlarini ado etish tufayli yaralanish, kontuziya olish, mayiblanish yoki kasallanish tufayli nogiron bo’lib qolgan harbiy xizmatchilar, ichki ishlar organlari va milliy xavfsizlik xizmatining boshliqlar va oddiy xodimlar tarkibidan bo’lgan shaxslar;

8.

harbiy xizmatdagi vazifalarini (xizmat vazifalarini) bajarish paytida yaralanish, kontuziya olish, mayiblanish va kasallanish natijasida nogiron bo’lib qolgan harbiy xizmatchilar, ichki ishlar organlari va milliy xavfsizlik xizmatining boshliqlar va oddiy xodimlar tarkibidan bo’lgan shaxslar;


9.

o’quv mashg’ulotlari yoki tekshirish uchun yig’inlarga chaqirilgan va shu yig’inlarda o’z xizmat burchlarini bajarayotib yaralanish, kontuziya olish, mayiblanish va kasallanish natijasida nogiron bo’lib qolgan harbiy majburiyatli shaxslar.




Urush qatnashchilariga tenglashtiriladigan shaxslar

RO’YXATI

1.

1941 yilning 22 iyunidan 1954 yilning 31 dekabrigacha bo’lgan davrda qiruvchi batalonlar, vzvodlar, va xalqni himoya qiluvchi otryadlar tarkibida sobiq SSSR hududida jangovar harakatlarda ishtirok etgan shaxslar;

2.

Ikkinchi jahon urushi va fuqarolar urushi davrida partizan otryadlari va qo’shilmalarida yoki yashirin ishlarda bo’lgan shaxslar;

3.

Ikkinchi jahon urushi yillarida harakatdagi armiya tarkibida yoki harakatlar ketayotgan joylarda xizmatni o’tagan sobiq SSSRning Ichki ishlar vazirligi organlari va Davlat xavfsizligi qo’mitasi organlarining hamda oddiy xodimlar tarkibidan bo’lgan shaxslar;

4.

Ikkinchi jahon urushi davrida harakatdagi armiya va flotlar tarkibidagi qismlar hamda bo’linmalarda balog’at yoshiga yetgunga qadar polk o’g’illari va yungalar sifatida yurgan shaxslar;

5.

Ikkinchi jahon urushi davrida temir yo’llarning front yaqinidagi uchastkalarida, mudofaa chizig’i inshootlarida ishlagan, harbiy-dengiz bazalari, aerodromlar hamda harbiy harakatlar ketayotgan joylardagi boshqa harbiy ob’ektlar qurilishi ishlarida qatnashgan xodimlar;

6.

harakatdagi armiya tarkibida ishlagan yollanma xodimlar tarkibidan bo’lgan shaxslar;

7.

Ikkinchi jahon urushi davrida fashist kontslagerlari (getto va zo’rlik bilan ushlab turiladigan joylar)da bo’lgan (tutqunlar, shu jumladan, bolalar) shaxslar;

8.

Leningrad shahrining qamal davrida shaharning korxona, muassasa va tashkilotlarida mexnat qilgan va «Leningrad mudofaasi uchun» medali hamda «Qamaldagi Leningrad fuqarosiga» nishoni bilan taqdirlangan shaxslar;

9.

1956 yilning 24 oktyabridan 1956 yilning 10 noyabrigacha bo’lgan davrda Vengriya hududidagi jangovar harakatlar paytida harbiy qismlar, shtablar va muassasalarda xizmatni o’tagan harbiy xizmatchilar;

10.

harbiy harakatlar ketayotgan mamlakatlarda o’z baynalmilal burchlarini ado etgan, tinchlik o’rnatuvchi kuchlar tarkibida ishtirok etgan harbiy xizmatchilar, ichki ishlar va milliy xavfsizlik xizmati organlarining boshliqlari va oddiy xodimlar tarkibidan bo’lgan shaxslar.

Jismoniy shaxslarning mol-mulk va yer soliqlaridan belgilangan imtiyozlar soliq to’lovchining tanlashiga binoan faqat bir mol-mulk ob’ektiga va yer uchastkasiga berilishi mumkin.


Shu bilan birga, Soliq kodeksining 275 va 290-moddalarida nazarda tutilgan imtiyozlar jismoniy shaxslar tomonidan tadbirkorlik faoliyati uchun foydalaniladigan yoxud yuridik shaxsga yoki yakka tartibdagi tadbirkorga ijaraga berilgan soliq solish ob’ektlariga nisbatan qo’llanilmaydi.
Yüklə 20,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin