Oʻzbekiston Respublikasi jinoiy qonunchiligining umumiy xususiyatlari Reja: Kirish



Yüklə 57,52 Kb.
səhifə1/2
tarix19.12.2023
ölçüsü57,52 Kb.
#185415
  1   2
Oʻzbekiston Respublikasi jinoiy qonunchiligining umumiy xususiyatlari


Oʻzbekiston Respublikasi jinoiy qonunchiligining umumiy xususiyatlari
Reja:
Kirish

  1. Harbiy xizmatchilar va harbiy o’quv yig’inlarga chaqirilganlarning huquqiy javobgarligi

  2. Harbiy adliya va surishtiruv organlari. jinoiy ish yuritish

  3. Davlat mukofotlari, faxriy unvonlar va ko’krak nishonlari

Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar


Kirish
Umumiy harbiy majburiy xizmat fuqarolar uchun, mamlakatimiz mudofaasi uchun katta ahamiyatga ega. O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarini doimiy jangovor tayyorgarligini mustahkamlashda katta o’rin tutadi. Davlatning aholining tinch hayotini, hududiy yaxlitligini himoya qilish maqsadida o’rnatilgan umumiy harbiy majburiyat, fuqarolarni Konsituttsion huquqlari asosida harbiy o’quv va davlatni himoya qilish ishiga O’R QK tarkibini to’la shakillanishini ta’minlaydi. Uning ijtimoiy-axamiyati Vatanimizni harbiy mudofaachilarini har qanday dushmanga javob bera oladigan QK tarkibini tashkil etuvchi Vatan himoyachilarini tayyorlashdan iboratdir. Umumiy harbiy majburiyat fuqarolarning konsituttsiyasi majburiyatlari orasida etakchi o’rinda turadi. Bu xozirgi zamonda O’R qarshi qaratilgan ba’zi dushmanchilik qarashlarining mohiyati va ularning harbiy strategik muvozanatini o’zgartirib yo’nalishlariga jangovar tus berishlari, boshqa mamlakatlar tomonidan bo’lishi mumkun bo’lgan tahdidlar bilan asoslanadi.
Bularning barchasi O’zbekiston o’z mudofaa qudratini va mudofaa qobilyatini mustaxkamlashi va Respublikamiz aholisini tinch mehnat va behavotir hayotlarining ximoyasini ta’minlash uchun juda muximdir. Mamlakatimizni har jihatdan mustahkamlanishida O’R Konsituttsiyasining 52,125,126 moddalarida ko’zda tutilgan umumiy harbiy majburiylik fuqarolar majburiyligini aniqlashtirish haqidagi qonun katta axamiyatga ega. Masalan: O’R «Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to’g’risida»gi qonuniga muvofiq har bir o’smir belgilangan yoshga etganda chaqiriqqacha tayyorgarlik, o’z vaqtida chaqiruv harbiy bo’linmasida ro’yhatdan o’tishi shartdir. Harbiy texnik mutahassisliklar bo’yicha o’qishi shuningdek mudofaa ishlari bo’limi boshlig’i buyrug’iga asosan ko’rsatilgan muddatda chaqiruv komissiyasiga etib kelishi shart. Qurolli Kuchlar qatorida harbiy xizmatchilar harbiy qasamyod talablarini bajarishga majbur. Buyruqqa asosan xar doim Vatan ximoyasi uchun tayyor turishi shart. Qurolli Kuchlarda majburiy tartibda xizmatni o’tab zaxiraga bo’shatilgan harbiy hizmatga majburlar o’zlarining harbiy malakalarining saqlab turishlari va harbiy tayyorgarlikni o’quv tekshiruv mashqlarida takomillashtirib borishlari shart. Umumiy harbiy majburiyat turli huquqiy shakllarda amalga oshiriladi. Ular davlat tomonidan o’rganilib, qurolli Kuchlar safida Vatanni himoya qilishga qatnashishda fuqarolarning umumiy harbiy tayyorgarlik tizimini o’z ichiga oladi.
Ofitserlar, serjantlar va askarlar tomonidan harbiy xizmatni o’tash tartibi.
Xaqiqiy harbiy xizmat chaqiruv yoki kontrakt bo’yicha oddiy askarlar, serjantlar va ofitserlar tarkibi lavozimlarida Qurolli Kuchlar safidagi harbiy xizmatdir.
Umumiy harbiy majburiyat O’zbekiston Respublikasi xududida doimiy yoki vaqtincha yashayotgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo’lmagan shaxslarga tadbiq etilmaydi.
Harbiy xizmatga birinchi marta chaqirilgan yoki ixtiyoriy ravishda (kontrakt bo’yicha) kirgan fuqarolar O’zbekiston Respublikasining xalqi va Prezidentiga sodiqdik to’g’risida Harbiy kasamyod qabul qiladilar.
Muqaddam Harbiy kasamyod qabul qilmagan harbiy xizmatga majburlar harbiy yig’inlarga jalb etilganlarida yoki safarbarlik buyicha chaqirilganlarida Harbiy qasamyod qabul qiladilar.
Harbiy xizmat O’zbekiston Respublikasi fuqarolarining Qurolli Kuchlar safida umumiy harbiy majburiyatni bajarish borasidagi davlat xizmatiniig aloxida turidir.
Harbiy xizmatning qo’yidagi turlari joriy etiladi:
muddatli harbiy xizmat;
safarbarlik chaqiruvi rezervidagi harbiy xizmat; kontrakt bo’yicha harbiy xizmat;
O’zbekiston Respublikasi Kurolli Kuchlari safida harbiy xizmatni utagan rezervchilar xizmati.
Tinchlik davrida oddiy askarlar va serjantlar tarkibi lavozimlarida muddatli harbiy xizmatga, shuningdek safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatga un sakkiz yoshdan yigirma etti yoshgacha bo’lgan, salomatligiga ko’ra Qurolli Kuchlar safida harbiy xizmatni utashga yaroqli erkak fuqarolar chaqiriladilar.O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida shartnoma asosida xizmat qilish tartibi.
Kontrakt bo’yicha harbiy xizmat Kurolli Kuchlar safidagi xaqiqiy harbiy xizmatga ixtiyoriylik asosida, harbiy xizmat nazarda tutilgan vazirliklar, davlat qo’mitalari va idoralar orqali davlat bilan tuziladigan kontraktga binoan kirgan fuqarolar bajaradigan harbiy xizmat turidir.
Harbiy xizmatni kasb tariqasida tanlagan fuqarolar kontrakt bo’yicha harbiy xizmatni oddiy askarlar, serjantlar va ofitserlar tarkibi lavozimlarida utaydilar.
Harbiy xizmatni utash muddatlari va asosiy shartlari kontraktda belgilanadi. Ayni paytda dastlabki kontrakt xizmatni oddiy askarlar va serjantlar tarkibi lavozimlarida utash bo’yicha uch yil, ofitserlar tarkibi lavozimlarida utash bo’yicha besh yil muddatga tuziladi.
Oliy harbiy ta’lim muassasalarining kursantlarn bilan urish davri uchun kelgusida ularning ofitserlar tarkibi lavozimlarida harbiy xizmatda, kamida besh yil majburiy utash sharti bilan kontrakt tuziladi.
Harbiy xizmatning kontraktda nazarda tutilgan muddati tugaganidan keyin taraflarning kelishuvi bilan bu muddat yangi kontrakt tuzish orqali uzaytirilishi mumkin. Kontrakt bo’yicha harbiy xizmatni utash tartibi va muddatlari O’zbekiston Rsspublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni utash tartibi to’g’risidagi nizom bilan belgilanadi.
Harbiy xizmat turlari.
Harbiy xizmat O’zbekiston Respublikasi fuqarolarining Qurolli Kuchlar safida umumiy harbiy majburiyatni bajarish borasidagi davlat xizmatining aloxida turidir.
Tinchlik davrida askarlar va serjantlar tarkibi lavozimlarida muddatli harbiy xizmatga, shuningdek safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatga o’n sakkiz yoshdan yigirma yetti yoshgacha bo’lgan, salomatligiga ko’ra Qurolli Kuchlar safida harbiy xizmatni o’tashga yaroqli erkak fuqarolar chaqiriladilar.
Muddatli harbiy xizmat.
Muddatli harbiy xizmat chaqirilish yoshidagi fuqarolarning oddiy askarlar va serjantlar tarkibi lavozimlarida, shuningdek muqqadam harbiy xizmatni o’tamagn ofitserlarning qonun xujjatlarida belgilangan muddat mobaynida Qurolli Kuchlar safidagi majburiy xizmatidir.
Muddatli harbiy xizmatni oddiy askarlar va serjantlar tarkibi lavozimlarida o’tayotgan harbiy xizmatchilar uchun – o’n ikki oy (oliy maplumotli shaxslar uchun – to’qqiz oy);
Muddatli harbiy xizmatni o’tash tartibi qonun xujjatlari bilan belgilanadi.
Safarbarlik chaqiruvi rezervidagi harbiy xizmat.
Muddatli harbiy xizmatni o’tash yaroqli hamda chaqirilish muddatini kechiktrish va chaqirilishdan ozod etilish huquqiga ega bo’lmagan, biroq Qurolli Kuchlar safiga navbatdagi muddatga chaqirilmagan shaxslar safarbarlik chaqiruvi rezervi safiga olinadilar.
Safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmat xududiy printsip asosida oylik yig’inlar tarzida tashkil etiladi hamda chaqiriluvchilar tomonidan O’zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining maxsus xisoblariga pul badallari kiritilishini nazarda tutadi.
Safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmat safiga shaxslar yigirma yetti yoshga to’lgunga qadar olinadilar va har yilgi harbiy yig’inlarga jalb etilishlari mumkin, favqulodda vaziyatlar yoki O’zbekiston Respublikasiga qarshi harbiy tajovuz ro’y bergan taqdirda esa xaqiqiy harbiy xizmatga chaqiriladilar.
Safarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatni o’tagan fuqarolar yigirma yetti yoshga to’lganlaridan keyin Qurolli Kuchlar rezerv tarkibiga o’tkaziladilar.
Safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmat safiga olingan shaxslar to’laydigan pul badallari miqdori va ularni to’lash tartibi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi tomoindan tasdiqlanadigan aloxida nizom bilan belgilanadi. Bu mablag’lar muddatli harbiy xizmatdagi harbiy xizmatchilarning pul va moddiy ta’minotini oshirish, shuningdek safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmat safiga olingan shaxslarning harbiy yitinlarini o’tkazishga aniq maqsadga yo’nalitirlgan bo’ladi.
Safarbarlik chaqiruvchi rezervidagi xizmatni tashkil etish va o’tash tartibi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi tomonidan tasdiqlanadigan O’zbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni o’tash tartibi to’g’risidagi nizom bilan belgilanadi.
Kontrakt bo’yicha harbiy xizmat.
Kontrakt bo’yicha harbiy xizmat Qurolli Kuchlar safidagi xaqiqiy harbiy xizmatga ixtiyoriylik asosida, harbiy xizmat nazarda tutilgan vazirliklar, davlat qo’mitalari va idoralar orqali davlat bilan tuziladigan kontiraktga binoan kirgan fuqarolar bajaradigan harbiy xizmat turidir.
Harbiy xizmatni kasb tariqasida tanlagan fuqarollar kontrakt bo’yicha harbiy xizmatni oddiy askarlar, serjantlar va ofitserlar va tarkibi lavozimlarida o’taydilar.
Harbiy xizmatni o’tash muddatlari va asosiy shartlari kontiraktda belgilanadi. Ayni paytda dastlabki kontirakt xizmatni oddiy askarlar va serjantlar tarkibi lavozimlarida o’tash bo’yicha uch yil, ofitserlar tarkibi lavozimlarida o’tash bo’yicha besh yil muddatga tuziladi.
Oliy harbiy ta’lim muassasalarining kursatlari bilan o’qish davri uchun keshgusida ularninshg ofitserlar tarkibi lavozimlarida harbiy xizmatni kamida besh yil majburiy o’tash sharti bilan kontrakt tuziladi.
Harbiy xizmatning kontiraktda nazarda tutilgan muddati tugaganidan keyin taraflarining kelishuvi bilan bu muddat yangi kontrakt tuzish orqali uzaytirilishi mumkin. Kontrakt bo’yicha harbiy xizmatni o’tash tartibi va muddatlari O’zbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni o’tash tartibi to’g’risidagi nizom bilan belgilanadi.
Qurolli Kuchlar safida harbiy xizmatni o’tagan rezervchilar xizmati.
Rezervchilar xizmati xaqiqiy xizmatni, shuningdek safarbarlik chaqiruvchi rezervidagi xizmatini o’tagan oddiy askarlar, serjantlar va ofitserlar jumlasidan bo’lgan harbiy xizmatga majburlar uchun Qurolli Kuchlarning qo’shilmalari, qismlari va bo’linmalari safini urush davrida taqozo etadigan tuzilmalarni kuchaytirish maqsadida umumiy harbiy majuriyat asosida joriy etiladigan harbiy xizmat turidir.
Rezervchilar sifatida xizmatni tayotgan harbiy xizmatga majburlar tinchlik davrida, qoida tariqasida, qo’shinlarning jangovar tayyorgarligini saqlab turish, rezervchilarning harbiy xisobdagi ixtisoslik bo’yicha majburyatlarni tinchlik va urush davrida bajarishi uchun zarur bo’lgan ko’nikmalarini saqlab qolish va takomillashtirish maqsadida harbiy qismlar bazasida xududiy printsip asosida tashkil etiladigan harbiy tayyorgarlik bo’yicha harbiy yig’inlarni o’tashga jalb etishlari mumkin.
Harbiy yig’inlarni o’tash muddatlari ushbu Qonunning 32- moddasida belgilanadi.
Rezervchiladan urush davrida xam, tinchlik davrida xam O’zbekiston Respublikasiga qarshi harbiy tajovuz taxdidi va mamlakat xavfsizligiga taxdid tug’ilganida, tabiiy ofatlar xam favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etishda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoniga binoan qo’shilmalar va qismlar tarkibida jangovar maqsadlar bo’yicha foydalanilishi mumkin.
Qurolli Kuchlar rezervchilarining xizmatni o’tash tartibi qonun xujjatlari bilan belgilanadi.
Harbiy xizmatchilar va harbiy xizmatga majburlar tarkibi. Harbiy unvonlar.
Harbiy xizmatchilar va harbiy xizmatga majburlar oddiy askarlar serjantlar va ofitserlar tarkibiga bo’linadi.
Ofitserlar tarkibi kichik ofitserlar, katta ofitserlar va generallar tarkibiga bo’linadi.
Xar bir harbiy xizmatchi va harbiy xizmatga majburga tegishli harbiy unvon beriladi. Qurolli Kuchlardagi harbiy unvonlar qo’shin unvonlari va kema tarkibidagi unvonlarga bo’linadi.
Qurolli Kuchlarda quydagi harbiy unvonlar joriy etiladi:
Qurolli Kuchlardagi oliy unvon armiya generali bo’lib, bu unvon (urush davrida) O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining Oliy Bosh qo’mondoniga, shuningdek, O’zbekiston Respublikasi mudofaa vaziriga beriladi.
Yuridik yoki tibbiy yo’nalishdagi harbiy xisobdagi ixtisoslikka ega bo’lgan harbiy xizmatchi va harbiy majburiyat harbiy unvoniga tegishincha «adliya» yoki «tibbiy xizmat» so’zlari qo’shiladi.
Rezervdagi, zaxiradagi yoki istepfodagi fuqarolarning harbiy unvoniga tegishincha «rezervdagi», «zaxiradagi» yoki «istepfodagi» degan so’zlar qo’shiladi.
Harbiy unvon va harbiy unvondan maxrum qilish, shuningdek harbiy unvonini pasaytirish hamda harbiy unvonini tiklash qonun xujjatlariga muvofiq oshiriladi.
Ofitserlar tarkibiga kiriuvchilarni harbiy unvondan ular og’ir va o’ta og’ir jinoyat uchun xukm etilganlarida faqat sudning qarori bilan maxrum qilish mumkin.
Harbiy lavozimlar.
Harbiy lavozimlar (harbiy xizmatchilar egallashi lozim bo’lgan shtat lavozimlari) va ularga muvofiq keladigan harbiy unvonlar harbiy qismlarning, harbiy xizmat nazarda tutilgan boshqaruv organlarining, vazirliklar, davlat qomitalari va idoralar muassasalarining shtatlarida nazarda tutiladi.
Harbiy lavozimlar oddiy askarlar, serjantlar va ofitserlar tarkibi lavozimlariga bo’linadi.
Qurolli Kuchlarda oliy qumondonlik lavozimlariga tayinlash va lavozimidan ozod qilish O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan amalga oshiriladi.
Harbiy xizmatchilarni lavozimga tayinlash va lavozimidan ozod qilish, shuningdek harbiy xizmatchilarning xizmat joyini o’zgartirish O’zbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy ximatni o’tash tartibi to’g’risidagi nizom bilan belgilanadi.
Harbiy xizmatchilar qonun xujjatlarida belgilangan tartibda harbiy xizmatda qoldirilgan xamda harbiy xizmatchilar uchun belgilangan kafolat va imtiyozlari saqlangan xolda davlat-huquq xamda mudofaa yo’nalishidagi ishlarni bajarish uchun davlat xokimiyati va boshqaruv organlariga yuborilishi mumkin.
Harbiy xizmatchilarning harbiy kiyim-kechak va farqlovchi nishonlari harbiy xizmatchilarning harbiy kiyim-kechak va farqlovchi nishonlari O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi.
Harbiy xizmatchilar, shuningdek harbiy yig’inlarga jalb etilgan harbiy xizmatga majburlar harbiy unvonni va qo’shin turini farqlovchi nishonlari bo’lgan harbiy kiyim-kechakda yuradilar.
Harbiy-kiyim-kechakda yurish qoidalari O’zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan belgilanadi.
Harbiy kiyimda yurish huquqiga ega bo’lmagan fuqarolarning harbiy xizmatchilarning harbiy-kiyim-kechagini kiyib va farqlovchi nishonlarini taqib yurishi taqiqlanadi.
Muddatli harbiy xizmatga hamda safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatga chaqirilishdan ozod etish.
Tinchlik davrida muddatli harbiy xizmatga hamda safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatga chaqirilishdan quyidagilar ozod etiladilar:
1) salomatligiga ko’ra harbiy xizmatga yaroqsiz deb topilgan chaqirluvchilar;
2) yaqin qarindoshlaridan biri (aka-ukasi, opa-singlisi) harbiy xizmatni o’tash vaqtida xalok bo’lgan yoki vafot etgan chaqiriluvchilar;
3). Ro’yxatdan o’tgan diniy tashkilotlardan birida diniy rutba egasi bo’lgan chaqiriluvchilar.
Ushbu moddaning 2-bandida ko’rsatilgan shaxslar o’z roziliklari bilan harbiy xizmatga chaqirilishlari mumkin.
Jinoiy javobgarlikka tortilgan, shuningdek sudlanganlik xolati tugallanmagan yoki sudlanganligi olib tashlanmagan fuqarolar harbiy xizmatga chaqirilmaydilar.
Fuqarolar mudofaa ishlari organlari tomonidan belgilangan muddatlarda chaqiruv uchatskalarida xozir bo’lmagan qo’yidagilar uzrli sababli xisoblanadi:
Fuqaroning chaqiruv uchastkasiga kelishgan imkonbermagan kasalligi;
Yaqin qarindrshining (otasi, onasi, aka-ukasi, opa-singlisi, xotini-bolasi) vafot etganligi yoki og’ir kasallgi;
Fuqaroga bog’lik bo’lmagan xolda, uning chaqiruv uchastkasiga kelishiga imkon bermagan tabiiy ofat yoki boshqa xolatlar.
Xozir bo’lmaganlik sabablari tegishli xujjatlar bilan tasdiqlanishi lozim.
Tinchlik davrida quyidagilar muddatli harbiy xizmatga chaqirlmaydi;
ushbu Qonunning 21 va 22-moddalariga muvofiq chaqirilish muddati kechiktirlgan va chaqirilishdan ozod etilgan shaxslar;
ishi yuzasidan surishtiruv yoki dastlabki tergov olib borilayotgan yoki jinoyat ishi sudda ko’rilayotgan shaxslar.
Zaxiradagi ofitserlarning harbiy xizmatga chaqirilishi.
Qirq yoshgacha bo’lgan, muddatli harbiy xizmatni, safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatni yoki kontrakt bo’yicha harbiy xizmatni o’tamagan va uo’bu Qonunning 21-moddasiga muvofiq chaqirilish muddatini kechiktirishasoslariga ega bo’lmagan ofitserlar tinchlik davrida O’zbekiston Respublikasi Mudofaa Vazirining buyrug’iga binoan ofitserlar tarkibi lavozimlarida muddatli harbiy xizmatni o’tash uchun chaqirilishlari mumkin.
Kontrak bo’yicha harbiy xizmatga kirish.
Harbiy xizmat talablariga javob beruvchi quyidagi fuqarolar ixtiyoriy ravishda (kontrakt bo’yicha):
O’ttiz yoshgacha bo’lgan, harbiy xisobdagi ixtisoslik bo’yicha tegishli kasbiy tayyorgarlik ko’rmagan harbiy xizmatga majburlar va ayollar – oddiy askarlar taribi lavozimlariga harbiy xizmatga;
Muqqadam kontrakt bo’yicha harbiy xizmatni o’tagan oddiy askarlar va serjantlar tarkibidagi qiriq yoshgacha bo’lgan harbiy xizmatga majburlar, shuningdek muddatli harbiy xizmatni yoki safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatni o’tagan va harbiy xisobdagi ixtisoslik bo’yicha tegishli kasbiy tayyorgarlikka ega o’ttiz yoshgacha bo’lgan harbiy xizmatga majburlar – oddiy askarlar va serjantlar tarkibi lavozimlariga harbiy xizmatga;
O’ttiz yoshgacha bo’lgan harbiy xizmatga majbur ayollar – oddiy askarlar va serjantlar tarkibi lavozimlariga harbiy xizmatga;
O’n etti yoshdan yigirma bir yoshgacha bo’lgan fuqarolar, shu jumladan o’qishga qabul qilingan yili o’n etti yoshga to’ladigan fuqarolar, shuningdek harbiy ta’lim muassasalarida o’qish istagini bildirgan, ofitserlar tarkibi harbiy unvonlariga ega bo’lmagan, o’n sakkiz yoshdan yigirmabesh yoshgacha bo’lgan harbiy xizmatchilar va harbiy xizmatga majburlar – harbiy-ta’lim muassasalarining kursantlari tariqasida harbiy xizmatga;
Qiriq yoshgacha bo’lgan rezervdagi va zaxiradagi ofitserlar – ofitserlar tarkibi lavozimlariga harbiy xizmatga kiradilar.
Kontrakt bo’yicha harbiy xizmatga kirayotgan fuqarolar majburiy-tibbiy ko’rikdan o’tadilar.
Fuqarolar harbiy xizmat nazarda tutilgan vazirlik, davlat qo’mitasi va idora bilan harbiy xizmatni o’tash to’g’risida kontrakt tuzadalira.
Kontraktlar tuzish, shu jumladan oliy harbiy-ta’lim muassasalarinng kursantlari bilan kontraktlar tuzish, shuningdek kontrakt bo’yicha harbiy xizmatni o’tash tartibi O’zbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni o’tash tartibi to’g’risidagi nizom bilan belgilanadi.
Harbiy xizmatni o’tash tartibi. Harbiy xizmatda bo’lish yoshining chegarasi O’zbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni o’tash tartibi ushbu Qonun hamda O’zbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni o’tash tartibi to’g’risidagi nizom bilan belgilanadi.
Harbiy-xizmatda bo’lish yoshining chegarasi:
Kontrakt bo’yicha harbiy xizmatni o’tayotgan oddiy askarlar (matroslar), serjantlar (starshinalar) uchun – qirq besh yosh;
Kichik ofitserlar uchun – qirq uch yosh;
Katta ofitserlar uchun – qirq besh yosh, polkovnikllar (I darajadagi kapitanlar) uchun – ellik yosh;
General-mayor, general-leytenant harbiy unvonidagi ofitserlar uchun – ellik besh yosh, general-polkovnik harbiy unvonidagi ofitserlar uchun – oltmish yosh etib belgilanadi.
Ilmiy darajasi va ilmiy unvoni, shuningdek yuksak kasbiy tayyorgarligi, egallab turgan lavozimida katta amaliy ish tajribasi bo’lgan, salomatligiga ko’ra harbiy xizmatni o’tashga yaroqli harbiy xizmatchilarning xizmat muddati harbiy xizmat nazarda tutilgan vazirliklar, davlat qo’mitalari va idoralar raxbarlari tomonidan harbiy xizmatda bo’lish yoshining chegarasidan besh yilgacha muddatga uzaytirilishi mumkin.
Harbiy-ta’lim muassasalari kursantlari va tinglovchilarining harbiy xizmati.
Harbiy-ta’lim muassasalarida, shuningdek vazirliklar, davlat qo’mitalari va idoralarning o’qish harbiy xizmatga tenglashtirilgan ta’lim muassasalarida taxsil olayotgan fuqarolar kursant (tinglovchi) tariqasida harbiy xizmatda bo’ladilar hamda ular, agar ofitserlik tarkibi unvonlariga ega bo’lmasalar, kursantlar va bunday unvonlarga ega bo’lsalar, tinglovchi deb yuritiladilar.
Harbiy-ta’lim muassasalariga o’qishga kirgunga qadar harbiy unvonni bo’lmagan fuqarolar o’qishga qabul qilinganda ularga oddiy askar harbiy unvon beriladi. Harbiy-ta’lim muasasasiga o’qishga kirgunga qadar berilgan harbiy unvonlar saqlanib qoladi.
Kursantlarning (tinglovchilarning) harbiy xizmatni o’tash tartib qonun xujjatlari bilan belgilanadi.
Harbiy-ta’lim muassasasidan, shuningdek o’qish harbiy xizmatga tenglashtirilgan ta’lim muassasasidan o’qishdan chiqarilgan kursantlar rezervga bo’shatiladi yoki istepfoga chiqariladi yoxud ular, agar muddatlari harbiy xizmat uchun belgilangan muddatlarni o’tamagan bo’lsalar, muddatli harbiy xizmatni o’tashni davom ettirish uchun qo’shin qismlariga yuboriladi.
Harbiy-ta’lim muassasasidan o’qishdan chiqarilgan kunda chaqirlish yoshiga etmagan kursantlar harbiy ro’yxatda turish uchun turar joylardagi mudofaa ishlari organlariga yuboriladi.
Harbiy xizmatdan bo’shatish.
Harbiy xizmatchini xaqiqiy harbiy xizmatdan bo’shatish quyidagi asoslarga ko’ra amalga oshiraladi.
1) u harbiy xizmatchilarning harbiy xizmatda bo’lishining belgilangan yosh chegarasiga etganda;
2) muddatli harbiy xizmat muddati tugaganda;
3) kontrakt muddati tugaganda;
4) shtatlar qisqarganda yoki boshqa tashkiliy-shtat tadbir-choralari munosabati bilan harbiy xizmatchidan xizmatda foydalanish imkoniyati bo’lmay qolganda;
5) salomatligiga ko’ra - uni harbiy-tibbiy komissiya harbiy xizmatga yaroqsiz deb topganligi munosabati bilan;
6) qonun xujjatlariga muvofiq taraflardan birininig tashabbusiga ko’ra kontrakt muddatidan oldin bekor qilanganligi munosabati bilan;
7) harbiy-ta’lim muassasidan o’qishdan chiqarganligi munosabati bilan;
8) xizmat vazifasiga noloyiq bo’lib qolganda;
9) O’zbekiston Respublikasi fuqaroligidan maxrum bo’lishi munosabati bilan;
10) harbiy xizmatchi harbiy unvonidan marxum etilishi munosabati bilan;
11) sud xukmi qonuniy kuchga kirganda.
Harbiy xizmatchilarni harbiy xizmatdan bo’shatish ularni tegishli lavozimlarga tayinlash vakolatiga ega bo’lgan mansbdor shaxslar tlomonidan O’zbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni o’tash tartibi to’g’risidagi nizomga muvofiq amalga oshiraladi.


Xulosa
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, Har bir harbiy qism mussasada nomaxfiy ish yuritish tashkil etilib, uni yuritish devon, saf, umumiy, ma’muriy ho’jalik bo’limi (qismi), ular shtatda ko’zda tutilmagan hollarda komandir buyrug’i bilan tayinlangan ish yurituvchi zimmasiga yuklanadi.
Xizmat hujjatlarini harbiy qism binosidan tashqarida saqlash va ishlashga odatda ruxsat etilmaydi. Harbiy xizmatchilar, ishchi va xizmatchi-larning hizmat xujjatlarini o’zboshimchalik bilan O’zbekiston Respublikasi hududidan olib chiqishi, sotuv va ochiq nashr qilinmaydigan hujjatlarni olib yurishi ta’qiqlanadi.
Zarur xollarda bu nashr va materiallar ular uchun belgilangan tartibda tegishli harbiy qism (muassasa) orqali yuborilishi mumkin.
Harbiy qism (muassasada) ish yuritish tegishli bo’lim (xizmat)larda bajarilgan ish xarakteriga ko’ra tashkil etilishi mumkin. Bu ish yuritish mazkur bo’lim (xizmat) shaxsiy tarkibiga yuklanadi, ayrim xizmat hujjatlarini saqlash, hisob va ishlash hususiyatlari maxsus yo’riqnomalar bilan belgilanadi. Harbiy qismlarning omahfiy ish yurituvchi hujjatlari ajratilgan, tabur bilan, hujjat berish oynasi yo to’sig’i jihozlangan xonada joylashtirilishi lozim. Ish yuritish-ning asosiy vazifalari:
a) xizmat hujjatlarini qabul qilish, jo’natish, hisob qilish, ish yuritish va rasmiylashtirish;
b) qo’mondonlikka xizmat hujjati kelgani haqida axborot va bajarish uchun topshirish;
v) boshqaruvchilar tomonidan hizmat hujjatlarini saqlash, ular bilan ishlash tarkibiga rioya etilishini nazorat qilish;
g) "xizmatda foydalanishi uchun" grifli hujjatlar hisobi, saqlash, berish va mavjudligini tekshirish.
Muhr va shtamplar, ko’paytirish texnikasi ustidan nazorat ishlarini amalga oshirishi zarurdir. Xizmat xujjatlari bilan ishlashda va ularni saqlashda kerakli bo’lgan chora tadbirlarni qo’llash kerak.



Yüklə 57,52 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin