1. Sog’liqni saqlash tizimi xarajatlarini moliyalashtirish manbalari



Yüklə 24,43 Kb.
tarix09.06.2023
ölçüsü24,43 Kb.
#127301
umidjon


1. Sog’liqni saqlash tizimi xarajatlarini moliyalashtirish manbalari.
2. Sog’liqni saqlash tizimi mussasalarini saqlash va rivojlantirishda davlat budjetining ahamiyati va ularni boshqarish.
3. Davlat sog’liqni saqlash muassasalarining tarkibi, ular xarajatlarini rejalashtirish va budjetdan moliyalashtirishning xususiyatlari
4. Xarajatlarni rejalashtirishdagi asosiy ko’rsatkichlar, ularni aniqlash tartibi. Turg’un davolash muassasasi xarajatlar smetasini tuzish va boshqarish

1. Sog’liqni saqlash tizimi xarajatlarini moliyalashtirish manbalari


Ma’lumki, tibbiy xizmatlar ancha qimmat turadigan ne’mat bo’lib, har bir kishi o’z hayoti davomida iste’mol qilishi mumkin bo’lgan tibbiy xizmatga haq to’lash uchun qancha mablag’ yig’ib qo’yish lozimligini avvaldan bilmaydi. Lekin bir guruh fuqarolar birlashib, yoki butun bir jamiyat bu maqsadga mo’ljallangan mablag’ni jamg’arishi mumkin.
Shu munosabat bilan sog’liqni saqlash tizimini aralash moliyalashtirish shakliga o’tish masalasi islohotlarning markazida turgan masala sifatida qaralishi mumkin.
Ma’lumki, tibbiy xizmatlar bir qator o’ziga xos hususiyatlarga ega. Bular quyidagilar:
¬ Tibbiy xizmatlarning ko’pchiligi ijtimoiy ne’mat xisoblanadi, shuningdek, ular “tashqi effekt” hususiyatiga ega;
¬ Tibbiy xizmatlarga bo’lgan ehtiyoj hamda ularning oqibatlari doimo noaniqlik bilan bog’liq;
¬ Informatsion asimmetriyaning mavjudligi.
Mana shu o’ziga xosliklarning mavjudligi davlatning sog’liqni saqlash tizimiga aralashuvini taqozo qiladi.
Davlatning sog’liqni saqlash sohasidagi majburiyatlari sifatida quyidagilarni aytib o’tish lozim (...-chizma):
¬ Davlat daromadlari shakllanishining barqarorligini ta’minlash orqali sog’liqni saqlash sektori uchun resurslarning mamlakat miqyosida safarbar etilishini ta’minlash;
¬ Turli mulk shakllaridagi tibbiyot muassasalari faoliyatining me’yoriy-huquhiy bazasini yaratish;

¬ Aholiga davlat tomonidan kafolatlangan bazaviy tibbiy xizmatlar paketiga kirgan asosiy tibbiy xizmatlarni taqdim etish va ularni moliyalashtirish yuzasidan javobgarlik;


¬ Tibbiy xizmatlarning sifat standartlarini joriy qilish va ularga rioya etilishini nazorat qilish;
¬ Ijtimoiy jihatdan himoyaga muhtoj aholi qatlamlariga tibbiy xizmatlar ko’rsatish va ularni moliyalash va sh.k.
Jahon tajribasidan shuni kuzatish mumkinki, tibbiy xizmatlarni moliyalash xarajatlari bir qancha manbalardan qoplanishi mumkin, ya’ni sog’liqni saqlash sektorini moliyalashtirishning asosiy manbalari quyidagilar:
¬ Davlat budjeti
¬ Majburiy ijtimoiy (tibbiy) sug’urta
¬ Xususiy tibbiy sug’urta
¬ To’g’ridan-to’g’ri to’lovlar (iste’molchilarning tibbiy xizmatlarni sotib olishdagi xarajatlari)
Moliyalashtirishning har bir manbasi o’ziga xos xususiyatlarga ega, jumladan (...-chizma):
1. Davlat budjeti:
- Budjetdan moliyalashtirish tibbiyot muassasalarining ishlab chiqarish quvvatlari asosida amalga oshiriladi;
- Ijtimoiy adolat ta’minlanadi;
- Barcha aholi uchun bir xil hajmdagi xizmatlar kafolatlanadi;
- Boshqarish va nazorat qilish uchun nisbatan oddiy va arzon;
- Moliyalashtirish tizimi maqbul va qulay.
2. Majburiy ijtimoiy (tibbiy) sug’urta:
- Ijtimoiy adolatning ta’minlanishi;
- Barcha aholi uchun bir xil hajmdagi xizmatlarning kafolatlanishi;
- Mablag’larni to’plash va mijozlarni himoya qilish uchun xarajatlarning ortib borishi;
- Ish beruvchilar tomonidan norozilik kelib chiqishining mumkinligi.
3. Xususiy tibbiy sug’urta:
- ajratmalarning aksariyat hollarda iste’molchilarning to’lash qobiliyatiga emas, ularning ehtiyojiga bog’liqligi;
- tabaqalashgan tibbiy yordam dasturlarining amal qilishi;
- xarajatlar hajmining oshib borishi;
- butun sog’liqni saqlash tizimini qo’llab-quvvatlash uchun mablag’larning etarli emasligi;

4. To’g’ridan-to’g’ri to’lovlar:
- adolatli emasligi;
- risklarni umumlashtirmasligi va keng taqsimlash imkoniyatiga ega emasligi;
- butun tizimni etarli resurslar bilan ta’minlay olmasligi.
O’zbekistonda sog’liqni saqlash xarajatlari hozirgi kunga qadar asosan davlat budjeti hisobidan moliyalashtirilib kelinmoqda. Bu mablag’larning ham qariyb 65-70 foizi xodimlarning ish haqiga sarf etilmoqda. Shunga qaramasdan, soha xodimlarini moddiy rag’batlantirish, sohaning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, yangi texnika va texnologiyalarni joriy qilish uchun asosan budjet mablag’larining o’zi, davlat resurslarining chegaralanganligi bois, etarli emasligini amaliyot isbotlab turibdi. Shuning uchun ham sog’liqni saqlashni isloh qilishning dolzarb yo’nalishlaridan biri – tarmoqni moliyalashning ko’p kanalli tizimini joriy etish ekanligi e’tirof etildi.
O‘zbekistonda tibbiyot tashkilotlari tuzilmasi optimallashtirilib, tibbiy xizmatlar tariflarini shakllantirish tartibi qayta ko‘rib chiqilmoqda. O‘zbekiston hukumati 10 sentyabr kuni 2016−2020 yillarda tibbiyot tashkilotlari tuzilmasini yanada optimallashtirish va sog‘liqni saqlash tizimi tibbiyot xodimlari mehnatiga haq to‘lash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi qarorni e’lon qildi.Hujjatda ayrim tibbiyot tashkilotlarini tuman (shahar) tibbiyot birlashmalariga va mintaqaviy ko‘p tarmoqli tibbiyot markazlariga qo‘shish (30 ta muassasaga taalluqli), ularga tegishli funksiyalarni va shtatdagi xodimlar sonini berish, qayta tashkil etish va tugatish yo‘li bilan ayrim tibbiyot tashkilotlarini optimallashtirish, sil kasalliklariga qarshi muassasalar binolarini rekonstruksiya qilish tugallanishiga ko‘ra ularning koykalar fondini qisqartirish (6592 tadan 1450 taga), ayrim tibbiyot tashkilotlarida to‘lov asosida tibbiy xizmatlar ko‘rsatishdan tushadigan byudjetdan tashqari mablag‘lar hisobiga ta’minlanadigan koykalar fondi ulushini va bemorlarni qabul qilish quvvatlarini bosqichma-bosqich ko‘paytirish ko‘zda tutilgan.Yaqin muddatlarda tibbiyot tashkilotlarining yangilangan shtat normativlari tasdiqlanadi. Ularda markaziy tuman (shahar) ko‘p tarmoqli poliklinikalari, «tez tibbiy yordam» xizmatlari, qon quyish bo‘limlari, shuningdek davlat sanitariya- epidemiologiya nazorati markazlari tibbiyot xodimlarining ish yuklamasi normalarini, ularning zamonaviy tibbiyot uskunalari bilan jihozlanganligi darajasi bilan bog‘lab, diagnostika, davolash va laboratoriya tadqiqotlarining ilg‘or texnologiyalari va metodlari joriy etilishini hisobga olgan holda qayta ko‘rib chiqiladi.Shuningdek, shifokor nazoratini kecha-kunduz davomida tashkil etish hisobiga, xizmat ko‘rsatiladigan kontingent xususiyatidan kelib chiqqan holda, mazkur tashkilotlar uchun qo‘shimcha ravishda 246 nafar vrach hamda 149 nafar o‘rta va kichik tibbiyot xodimi lavozimlari ajratib, tibbiy-ijtimoiy muassasalar tomonidan ko‘rsatiladigan tibbiy yordam kuchaytiriladi.
1 dekabrga qadar 2000 aholi hisobiga 1,5 lavozim birligi shtat normatividan kelib chiqqan holda qishloq vrachlik punktlarini va oilaviy poliklinikalarni patronaj hamshiralar bilan qo‘shimcha ravishda to‘ldiriladi.Tibbiyot tashkilotlari tuzilmasini optimallashtirish natijasida bo‘shaydigan mablag‘lar tibbiy-ijtimoiy muassasalarda qo‘shimcha xodimlar sonini joriy etish bo‘yicha xarajatlarni qoplash, tibbiyot tashkilotlarining dori-darmon preparatlari va reaktivlar, inventarlar, sarflash materiallari va uskunalarga ehtiyot qismlar bilan ta’minlanganligini yaxshilash, takomillashtirilgan tarif setkasi bo‘yicha mehnatga haq to‘lash razryadlarini, shuningdek alohida mehnat sharoitlari uchun qo‘shimcha haq va tarif stavkalariga (lavozim maoshlariga) har oylik maxsus ustamalar miqdorlarini oshirish hisobiga tibbiyot tashkilotlari xodimlarining ayrim toifalari ish haqini oshirishga yo‘naltiriladi.Qo‘shimcha ravishda hozirda amalda bo‘lgan Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimidagi tibbiyot muassasalarida aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat tariflarini shakllantirish tartiblarini qayta ko‘rib chiqish rejalashtirilgan.
Respublika akusherlik va ginekologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Nukus, Jizzax, Qarshi, Namangan shaharlaridagi filiallari hamda hududiy perinatal markazlarini qayta tashkil etish yo‘li bilan onalar va yangi tug‘ilgan go‘daklarga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat samaradorligi va sifatini oshirish belgilangan. O‘zbekistonning barcha hududlaridagi bolalar stomatologiya poliklinikalari hamda xizmat ko‘rsatilayotgan aholi soni 30 ming fuqarodan ziyodni tashkil etuvchi shahalarda yangi oilaviy poliklinikalarni tuzish yo‘li bilan oilalarga va bolalarga tibbiy xizmat ko‘rsatishni kuchaytirish ko‘zda tutilgan.Bundan tashqari, Salomatlik va tibbiyot statistikasi instituti bazasida sog‘liqni saqlash tashkilotlari tizimini takomillashtirish, tibbiy xizmatlar samaradorligi va sifatini oshirish, aholi salomatligi holati monitoringi va tahlilini yuritish, tibbiyot sohasini rivojlantirish istiqbollarini tahlil qilish masalalarini o‘rganish bo‘yicha zamonaviy ilmiy-tadqiqot institutini tashkil etish rejalashtirilmoqda.
Prezident Shavkat Mirziyoev 20 iyun kuni «O‘zbekiston Respublikasi aholisiga 2017−2021 yillarda ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko‘rsatishni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi.
Hujjatga berilgan rasmiy sharhda keltirilishicha, mazkur sohada aniq va tezkor chora-tadbirlar ko‘rishni talab etadigan qator tizimli masalalar mavjud.
Xususan, sog‘liqni saqlash tizimining viloyat va tuman darajalarida ixtisoslashtirilgan tibbiy yordamni rivojlantirishda sezilarli darajada qoloqlik kuzatilmoqda. Mintaqalarda ixtisoslashtirilgan tibbiy yordamga tashkiliy-metodik rahbarlikning samarali vertikalini shakllantirishda respublika ixtisoslashtirilgan muassasalarining roli pastligicha qolmoqda.
«Diagnostika va davolashning respublika muassasalarida sinovdan o‘tgan ilg‘or yuqori texnologik usullar viloyat va tuman darajasidagi tibbiyot muassasalari
faoliyatiga sust joriy etilmoqda. Tibbiyotning ixtisoslashtirilgan yo‘nalishlari bo‘yicha qo‘lga kiritilgan mahalliy va xorijiy ilmiy yutuqlarni viloyat va tuman tibbiyot muassasalari amaliyotiga joriy etish darajasi past», — deyiladi sharhda.
Qarorda respublikaning ixtisoslashtirilgan tibbiy yordamini yanada rivojlantirishning eng muhim yo‘nalishlarini belgilash, uning geografiyasini tuman (shahar) darajasigacha kengaytirish, hududiy ixtisoslashgan tibbiyot tashkilotlariga tashkiliy-metodik rahbarlik qilish uchun respublika ixtisoslashtirilgan markazlarining mas’uliyatini oshirish, ularning amaliyotiga tibbiy yordamning zamonaviy usullari va texnologiyalarini keng joriy etish chora-tadbirlari nazarda tutilgan.
Quyidagilarni nazarda tutgan holda ixtisoslashtirilgan tibbiy xizmatlar ko‘rsatish tizimi barcha darajalarda isloh qilinadi:
respublika darajasida — ixtisosli yo‘nalishlar bo‘yicha eng zamonaviy yuqori texnologik ixtisoslashtirilgan tibbiy xizmatlar ko‘rsatish;viloyat darajasida — ixtisosli yo‘nalishlar bo‘yicha zamonaviy yuqori texnologik ixtisoslashtirilgan tibbiy xizmatlar ko‘rsatish;tuman (shahar) darajasida — yangidan tashkil etiladigan ixtisoslashtirilgan turdosh bo‘limlar negizida ixtisoslashtirilgan tibbiy xizmatlar ko‘rsatish;birlamchi tibbiy-sanitariya yordamini tashkil etish darajasida — maxsus tasdiqlangan jadval bo‘yicha tuman (shahar) va viloyat darajasidagi tashkilotlarning tor ixtisosli mutaxassislari tomonidan konsultatsiyalar berilishini, shuningdek, davolash va konsultativ-diagnostika yo‘nalishlari bo‘yicha ixtisoslashtirilgan tibbiy yordamning ayrim turlarini ko‘rsatish.
Qarorda, shuningdek, ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko‘rsatish tizimida respublika bo‘yicha va har bir mintaqada kasalliklar tendensiyalarini o‘z vaqtida aniqlashni ta’minlaydigan zamonaviy tahliliy va ilmiy-tadqiqot ishlarini keng qo‘llash nazarda tutilgan.
Etakchi respublika ixtisoslashtirilgan davolash-profilaktika tashkilotlari respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlariga aylantirilib, ularning asosiy vazifalari belgilandi.
O‘z ixtisosligi bo‘yicha yagona metodik, texnologik, davolash va profilaktika siyosatini amalga oshirish, zamonaviy tibbiyot uskunalari va texnologiyalariga, dori vositalari va tibbiy buyumlarga bo‘lgan ehtiyojni aniqlash, klinik protokollarni, shu jumladan, tegishli tibbiyot hujjatlarini ishlab chiqish, axborot va tahliliy materiallarini nashr etish, sayyor maslahat berishlarni, mahorat darslarini, shuningdek, birinchi navbatda eng murakkab holatlarda hududiy ixtisoslashgan tibbiyot tashkilotlarida operatsiyalarni muntazam ravishda o‘tkazish orqali mintaqalarda zarur profilaktika ishlari olib borilishiga ko‘maklashish markazlarning asosiy vazifalari etib belgilangan. Bundan tashqari, markazlar Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti tibbiyot xodimlarining, ixtisoslashgan hududiy tibbiyot tashkilotlari xodimlarining malakasini tizimli ravishda oshiradi, shuningdek, klinik
ordinaturada, tayanch doktoranturada va doktoranturada tor mutaxassisliklar bo‘yicha kadrlarni tayyorlaydi, etakchi xalqaro tibbiyot markazlari, klinikalar va yuqori malakali xorijiy mutaxassislar bilan hamkorlik qiladi, shu jumladan, maslahatlashuvlar va mahorat darslari o‘tkazish uchun ularni respublikaga taklif etadi, sog‘liqni saqlash tizimi mahalliy mutaxassislarining chet elda ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari va klinikalarida tajriba orttirishini ta’minlaydi.
Qaror bilan aholiga ixtisoslashtirilgan tibbiy xizmatlar ko‘rsatish sxemasi va aholining sifatli va samarali ixtisoslashtirilgan tibbiy xizmatlardan foydalanishini kengaytirishga, Respublika markazlarini moliyalashtirish tizimini takomillashtirishga, ixtisoslashtirilgan tibbiy xizmatlar ko‘rsatuvchi tibbiyot tashkilotlarining moddiy- texnika bazasini mustahkamlashga, tibbiyot kadrlari tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini takomillashtirishga, aholiga ixtisoslashtirilgan tibbiy xizmatlar ko‘rsatish sifatini oshirishga, profilaktika, diagnostika va davolashning zamonaviy usullarini joriy etishga yo‘naltirilgan huquqiy bazani takomillashtirishga yo‘naltirilgan 2017−2021 yillarda O‘zbekiston aholisiga ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko‘rsatishni yanada rivojlantirish chora- tadbirlari dasturi tasdiqlanadi.
Qarorga muvofiq, 2018 yil 1 yanvargacha imtiyozli toifa alohida hisobga olingan holda tegishli ixtisoslashtirilgan tibbiy xizmatlardan, shu jumladan, yuqori texnologik tibbiy yordamdan foydalanishga muhtoj bo‘lgan bemorlarning doimiy yangilanadigan yagona elektron ma’lumotlar bazasi shakllantiriladi. 2019 yil 1 yanvargacha bo‘lgan muddatda barcha ixtisoslashtirilgan markazlarda, viloyat filiallarida, tuman (shahar) tibbiyot birlashmalarida vrach qabuliga masofadan yozilish imkonini beradigan elektron dastur joriy etiladi.
2022 yil 1 yanvargacha aholiga pulli tibbiy xizmatlar ko‘rsatuvchi (stomatologiya va kosmetologiya xizmatlaridan tashqari) sog‘liqni saqlash tizimi davlat tibbiyot tashkilotlarini soliqlarning barcha turlarini va davlat maqsadli jamg‘armalariga majburiy ajratmalarni to‘lashdan, shuningdek, belgilangan tartibda tasdiqlanadigan ro‘yxat bo‘yicha chetdan olib kelinadigan yangi tibbiyot uskunasi, butlovchi buyumlar, tibbiyot uskunasiga ehtiyot qismlar va sarflash materiallari uchun bojxona to‘lovlari to‘lashdan ozod etish nazarda tutilgan. Bo‘shagan mablag‘lar tibbiyot tashkilotlarini zamonaviy tibbiy, muhandislik-texnika uskunasi bilan jihozlashga hamda unga servis va texnik xizmat ko‘rsatishga, ehtiyot qismlar, sarflash materiallari, inventar va boshqa tibbiy buyumlarni xarid qilishga, yangi binolar va inshootlar qurishga, mavjudlarini rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlashga yo‘naltiriladi.
Qarorda davolanish uchun chet elga jo‘nab ketayotgan O‘zbekiston fuqarolarini ijtimoiy-huquqiy himoya qilishning ta’sirchan mexanizmlarini ishlab chiqish, mahalliy mutaxassislarning amaliy va nazariy ko‘nikmalarini oshirish maqsadida
xorijiy etakchi olimlar, vrachlar va mutaxassislarni shartnoma asosida respublikaga jalb etishga alohida e’tibor qaratilgan.
Dastur doirasida 2017−2021 yillarda O‘zbekistonda ixtisoslashtirilgan tibbiy xizmatlarni yanada rivojlantirish maqsadida 373,5 milliard so‘m va 100 million AQSH dollari miqdorida mablag‘ ajratilishi ko‘zda tutilgan bo‘lib, shundan 60 milliard so‘m mablag‘ Respublika ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlarini qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlashga va 97 million AQSH dollari respublika va hududiy ixtisoslashtirilgan tibbiyot muassasalarini jihozlashga yo‘naltiriladi
Respublika Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimidagi davolash profilaktika muassasalari tomonidan aholiga pullik va bepul tibbiy xizmatlar ko‘rsatilishi belgilangan.
Bepul tibbiy xizmatlar qo‘yidagi davolsh profilaktika muassasalarida ko‘rsatiladi: Birlamchi tibbiy – sanitariya yordami – qishloq vrachlik punktlarida, shahar va tuman tibbiyot birlashmalarida, bolalar shifoxonalarida, yuqumli kasalliklar shifoxonalarida, to‘g‘ruqxona bo‘limlarida, sil kasalligi, teri-tanasil kasalligi, o‘sma kasalligi, endokrin kasalligi, narkologiya shifoxonalarida, asab-ruhiy kasalliklari shifoxonalarida, endokrinologiya kasalligi shifoxonalarida, “Ona va bola ” skrining hamda OITS markazlarida aholiga barcha tibbiy xizmatlar bepul ko‘rsatiladi.
Barchamiz guvohi bo‘layotganimizdek, yurtimizda, aholi turmush darajasini yanada yaxshilash, ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifati va samaradorligini oshirish borasida yangilanish va rivojlanish jarayonlari kechmoqda. Bunday yangilanishlar sog‘liqni saqlash tizimining shoshilinch va tez tibbiy yordam xizmati faoliyatida ham ro‘y berayapti.
Ayniqsa, davlatimiz rahbarining sog‘liqni saqlash sohasi vakillari bilan uchrashuvlarida, shuningdek, 30 mart kuni o‘tkazilgan videoselektor majlisida tizimning bugungi holati tahlili, mavjud muammolarni hal etish, xalqimiz salomatligini mustahkamlash yo‘lida olib borilayotgan sa’y-harakatlar sohani yangi bosqichga olib chiqishda muhim burilish bo‘ldi, desak mubolag‘a emas.
– Mamlakatimiz Prezidentining 2017 yil 16 mart kuni imzolangan “Shoshilinch tibbiy yordamni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni hamda “Shoshilinch tibbiy yordam xizmatining faoliyatini tashkil etishni yanada takomillashtirish va moddiy-texnika bazasini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ayni maqsadlarni ko‘zlagani bilan ahamiyatlidir, – deydi Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi direktori A.Xudoyorov. – Qayd etish joiz, mustaqillik yillarida mamlakatimizda aholiga shoshilinch va tez tibbiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha o‘ziga hos infratuzilma yaratildi. Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi va uning viloyatlardagi filiallari, tuman va shahar tibbiyot birlashmalari qoshida bo‘limlari, mamlakatimizning barcha hududlarida tez tibbiy yordam xizmati stansiyalari va sanitar aviatsiya xizmati xalqimiz salomatligi
yo‘lida faoliyat yuritmoqda. Mazkur xizmat aholiga malakali ixtisoslashtirilgan, yuqori texnologiyali shoshilinch, tez va kechiktirib bo‘lmaydigan holatlarda tibbiy xizmat ko‘rsatish, samaradorligi bo‘yicha jahon talablariga mos keladigan shoshilinch tibbiy yordam tizimini tashkil etish, xorijiy turdosh tashkilotlar bilan yaqin hamkorlik o‘rnatish kabi vazifalarni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan. Soha rivoji yo‘lida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli chora-tadbirlar natijasida shoshilinch tibbiy yordam tizimida yiliga 600 ming nafardan ziyod bemorga yuqori malakali statsionar hamda 1 million nafardan ortiq bemorga ambulator yordam berilayapti. Shuningdek, 7 milliondan ziyod chaqiriq bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatilmoqda.
Mutaxassisning ta’kidlaganidek, shoshilinch holatlarda bemorga yordam ko‘rsatish uchun zarur vositalarga ega bo‘lgan shoshilinch yordam brigadalari zudlik bilan etib borishi muhimdir. Shundan kelib chiqib, yil oxirigacha 1200 ta tez tibbiy yordamga ixtisoslashtirilgan avtotransport vositasi sotib olinishi rejalashtirilgan. Ayni kunlarda zarur vositalar bilan jihozlangan 200 ga yaqin tez tibbiy yordam avtomashinalari xarid qilinib, ehtiyoji baland bo‘lgan hududlarga etkazib berilgan.
Sog‘liqni saqlash vazirining joriy yil 13 fevraldagi “Tez tibbiy yordam avtotransportlarining ixtisoslashtirilgan va umumtarmoq brigadalarini, tez tibbiy yordam xizmati chaqiriqlarida ko‘rsatiladigan tibbiy xizmatlar uchun zarur bo‘ladigan dori-darmonlar va tibbiyot buyumlari bilan ta’minlash normativlarini tasdiqlash haqida”gi buyrug‘iga ko‘ra, tez tibbiy yordam xizmatining bitta maxsus brigadasida 41 nomdagi, umumtarmoq brigadasida esa 36 nomdagi dori vositalari bo‘lishi belgilangan va ular bilan ta’minlash ishlari jadallik bilan olib borilmoqda.
– Shoshilinch holatlarda tibbiy yordam brigadasi ishini tashkillashtiruvchi asosiy bo‘g‘in – tez yordam xizmati dispetcherlari qayta o‘qitilib, ularga nisbatan talablar ham oshirildi, – deydi Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi ilmiy xodimi Bobur SHukurov. – Endi dispetcherlarning kasbiy mahorati va malakasini mustahkamlash uchun ular qayta o‘qitiladi. Bugungi kun talabiga ko‘ra, dispetcher faqat murojaatni yozib olib, uni kerakli mutaxassisga etkazish bilangina cheklanmay, zarur holatda murojaat qiluvchiga tez tibbiy yordam brigadalari etib borguniga qadar birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilishi bo‘yicha maslahatlar ham bera olishi lozim. Tizimdagi islohotlarning yana bir ahamiyatli jihati shundaki, birlamchi tibbiy bo‘g‘inda tibbiy xizmatning tezkorligi ta’minlanib, shu orqali shoshilinch va ixtisoslashtirilgan tibbiy xizmatga tushayotgan yuklamalar engillashtirilayapti. Ushbu maqsadda yaqinda poytaxtimizdagi 60 ta oilaviy poliklinikalarning har biriga ikkitadan, jami 120 dona “Damas” rusumli avtomashinalar topshirildi. Endilikda bemorlarning uyiga borib, eng kerakli tibbiy muolajalarni amalga oshirish, zarur holatlarda ularni oilaviy poliklinika yoki boshqa tibbiyot muassasasiga etkazib borish hamda patronaj xizmatini ko‘rsatish kabi vazifalar o‘z vaqtida, kechiktirilmay amalga
oshiriladi. Avtomashinalar o‘z hududi bo‘ylab harakatlangani bois, yo‘llar tirbandligidan kelib chiqadigan tez yordam birigadalarining kechikishi kabi holatlarning ham oldi olinadi.
Mutaxassislar fikricha, mazkur tizimning bugungi holati, tez tibbiy yordam xizmatining sifat va samaradorligini oshirish, shoshilinch tibbiy yordam sohasidagi ilmiy tadqiqotlar ko‘lamini kengaytirish hamda bu borada xalqaro hamkorlikni chuqurlashtirish bo‘yicha mamlakatimiz Prezidenti tomonidan belgilangan aniq vazifalar o‘z ijrosini topmoqda.
SHoshilinch tibbiy yordam haqida so‘z borganda, avvalo, kafolatlangan, sifatli va tezkor tibbiy yordam nazarda tutiladi. Bugungi kunda yurtimizda mazkur sohani rivojlantirish yo‘lida belgilangan vazifalar va joriy etilayotgan imtiyozlar, ajratilayotgan zamonaviy tibbiy asbob-uskunalar tizim mutaxassislari olib borayotgan ilmiy izlanishlar saviyasini yuksak darajaga oshirishni taqozo etadi. SHuningdek, shoshilinch holatlarda diagnostika va davolashning yangi istiqbolli usullarini ishlab chiqish hamda rivojlantirish imkoniyatlarini yanada kengaytiradi. Bu esa tez tibbiy yordam xizmatining sifat va samaradorligini oshirish, aholining har bir murojaatiga amaliy yordam bilan javob qaytarish, eng muhimi, xalqimizni ushbu tizim faoliyatidan rozi bo‘lishiga erishishga xizmat qiladi.
Poytaxtimizdagi Milliy matbuot markazida Respublika Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan “Shoshilinch va tez tibbiy yordam tizimi: dolzarb masalalar va istiqboldagi rejalar” mavzusida o‘tkazilgan matbuot anjumanida ana shular xususida so‘z yuritildi. Ommaviy axborot vositalari vakillarini qiziqtirgan savollarga soha xodimlari atroflicha javob qaytarishdi


5. Sog’liqni saqlash tizimi mussasalarini saqlash va rivojlantirishda davlat budjetining ahamiyati va ularni boshqarish.
Uzoq yillar mobaynida davlat budjetining ijtimoiy sohalarni moliyalashtirishda yagona manba bo’lib kelganligi hech kimga sir emas. Sog’liqni saqlash tizimi ham klassik ijtimoiy soha sifatida bir necha o’n yilliklar davomida to’lig’icha budjetga qaram soha bo’lib kelgan. Hozirgi kunda ham davlat sog’liqni saqlash tizimi xarajatlarining aksariyat qismini moliyalashga budjet mablag’lari safarbar etilmoqda. Xususan, soliqni saqlash sohasiga ajratilgan budjet mablag’lari davlat budjetidan amalga oshirilgan jami xarajatlarning:
Hozirgi kunda davlat sog’liqni saqlash tizimi xarajatlarining aksariyat qismini moliyalashga budjet mablag’lari safarbar etilmoqda. Xususan, soliqni saqlash sohasiga ajratilgan budjet mablag’lari davlat budjetidan amalga oshirilgan jami xarajatlarning 11-12 foizini tashkil qilgan (2.1-jadval).
Sog’liqni saqlash muassasalari aholiga tibbiy xizmatlarni taqdim etuvchi tashkilotlar tizimini tashkil qiladi. Bu muassasalarni qurish, mavjudlarini saqlash, moddiy-texnikaviy jihatdan ta’minlash, kadrlar masalasini hal qilish kabilar tarixan

davlat mablag’lari evaziga amalga oshirilib kelingan. Sog’liqni saqlash tizimining joriy va kapital xarajatlarini moliyalashtirishda davlat budjetining ahamiyati hali ham katta. Davlat budjetining ijtimoiy-madaniy sohalarni saqlash xarajatlari tarkibida sog’liqni saqlash xarajatlari xalq ta’limidan keyin 2-o’rinni egallaydi. Ular ijtimoiy- madaniy sohalarga ajratilgan budjet mablag’larining o’rtacha 25-26 foizini tashkil qilgan.


Sog’liqni saqlash muassasalari bo’yicha eng katta o’rinni kasalxonalar, ikkinchi ambulatoriya poliklinika muassasalari, shuningdek, tez va shoshilinch tibbiy yordam muassasalari egallaydi.
3. Davlat sog’liqni saqlash muassasalarining tarkibi, ular xarajatlarini rejalashtirish va budjetdan moliyalashtirishning xususiyatlari
Sog’liqni saqlashga qilinadigan xarajatlarni ularning iqtisodiy mazmuni va muassasa turlariga ko’ra to’rt asosiy guruhga birlashtirish mumkin:
1. Ambulatoriya-poliklinika muassasalari, sanitariya-epidemiologiya nazorati xizmati va boshqa muassasalar;
2. Umumiy profilli statsionar tibbiyot muassasalari va boshqalar;
3. Ixtisoslashtirilgan statsionar muassasalar;
4. Shoshilinch va tez tibbiy yordam markazlari, tez yordam stantsiyalari Davlat tibbiyot va farmatsevtika muassasalari guruhlari:
I. Ambulatoriya-poliklinika muassasalari, sanitariya-epidemiologiya nazorati xizmati va boshqa muassasalar
1. Qishloq vrachlik punktlari va ularning filiallari (bo’limlari)
2. Shaharlardagi poliklinikalar (bolalar poliklinikasidan tashqari)
3. Statsionar o’rinlari bo’lmagan dispanserlar
4. Skrining - markazlar
5. Respublika bolalar va o’smirlar reproduktiv sog’lomlashtirish markazi
6. Salomatlik instituti va uning filiallari
7. Sanitariya-epidemiologiya nazorati xizmati muassasalari (respublika, viloyat, shahar va tuman sanitariya-epidemiologiya nazorati markazlari, karantin va o’ta xavfli infektsiyalar profilaktikasi markazi va uning filiallari, dezinfektsiya stantsiyalari)
8. Tibbiyot statistikasi byurosi
II. Umumiy profilli statsionar tibbiyot muassasalari va boshqalar
9. Ilmiy-tekshirish institutlari va oliy tibbiyot o’quv yurtlari klinikalari
10. Respublika kasalxonalari, tibbiyot-sanitariya qismlari
11. Respublika (viloyat, shahar) perinatal markazi
12. Viloyat, shahar va tuman kasalxonalari, jumladan, tug’ruqxonalar, tug’ruqxona majmualari
13. Shahar va tuman markaziy kasalxonalari, qishloq uchastka kasalxonalari
14. Sud-tibbiy ekspertiza byurosi va uning filiallari
15. Patologoanatomik markazlar va ularning filiallari
16. Qon quyish stantsiyalari
17. Sanatoriylar
III. Ixtisoslashtirilgan statsionar muassasalar
18. Ixtisoslashtirilgan kasalxonalar, klinikalar, dispanserlar va markazlar:
18.1. Sil kasalliklari
18.2. Yuqumli kasalliklar
18.3. Onkologik kasalliklar
18.4. Teri-tanosil kasalliklari
18.5. Endokrinologik kasalliklar
18.6. Ruhiy kasalliklar
18.7. Ruhiy-asab kasalliklari
18.8. Narkologik kasalliklar
19. Respublika neyroxirurgiya, onkologiya (jumladan xospislar), allergologiya, suyak xastaligi va jarohat oqibatlarini davolash, yiringli xirurgiya va qandli diabet asoratlarini davolash, bolalar ortopediyasi tibbiyot markazlari
20. Ftiziatriya va pulmonologiya, epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar, virusologiya, endokrinologiya va parazitologiya ilmiy-tadqiqot institutlari klinikalari
21. OITSni davolash markazi va uning filiallari
22. Bolalar kasalxonalari va poliklinikalari
23. Bolalar uylari
24. Leprozoriylar
IV. Shoshilinch va tez tibbiy yordam markazlari, tez yordam stantsiyalari
25. Respublika shoshilinch tibbiy yordam markazi - uning viloyatlardagi filiallari, tumanlar (shaharlar) markaziy kasalxonalaridagi shoshilinch tibbiy yordam bo’limlari
26. Tez tibbiy yordam stantsiyalari
4. Xarajatlarni rejalashtirishdagi asosiy ko’rsatkichlar, ularni aniqlash tartibi. Turg’un davolash muassasasi xarajatlar smetasini tuzish va ularni boshqarish.
Ijtimoiy sohalar faoliyatini rejalashtirishning bir necha o’n yilliklar davomida shakllangan tartiblarga muvofiq, sog’liqni saqlash muassasalari faoliyatini rejalashtirish odatda quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi:

1. Aholi soni va aholining tibbiyot muassasasidagi o’rinlarga ehtiyoj me’yorlari asosida tibbiy muassasaning ishlab chiqarish quvvatlari (u yoki bu profil yo’nalishlari bo’yicha o’rinlar - koykalar soni) ni aniqlash;


2. Mazkur muassasa uchun o’rnatilgan namunaviy shtat normativlari bo’yicha zarur shtat normativlari sonini hisoblab topish;
3. Koykalar soni va tuzilishi (terapevtik, xirurgik, nevrologik)ga ko’ra ish hajmini rejalashtirish;
4. Shtatlar jadvali, ishlab chiqarish quvvatlari va koykalar ishining ko’rsatkichlari (koyka-kunlar soni) ga asoslanib tibbiyot muassasasini saqlash uchun moliyaviy resurslarga bo’lgan ehtiyojni aniqlash.
Demak, sog’liqni saqlash sohasidagi har bir muassasaning ishi operativ tarmoq ko’rsatkichlari, masalan:
· kasalxonalardagi o’rtacha yillik o’rinlar soni (jami va o’rinlar profillari bo’yicha),
· bir yilda o’rinlarning ishlash kunlari soni,
· o’rin-kunlar miqdori,
· barcha toifadagi xodimlar bo’yicha o’rtacha yillik shtatlar birligi soni,
· ambulatoriya-poliklinikalarda vrach qabullari (kasalni ko’rish) soni bilan tavsiflanadi.
Xarajatlarni rejalashtirishda shu narsa muhimki, davolash-profilaktika muassasasi aholiga tibbiy yordamni asosan ikki shaklda ko’rsatadi. Kasalxonaga muqim yotqizib «statsionar» (turg’un) davolash va ambulatoriya-poliklinikada yordam ko’rsatish. Turg’un davolash muassasalarining asosiy ko’rsatkichlaridan biri
- o’rin-kunlar soni bo’lsa, ambulatoriya-poliklinika muassasasining asosiy ko’rsatkichini vrach lavozimlari soni va vrach qabullari soni tashkil qiladi. Shunga qarab xarajatlarni hisoblash usuli tanlanadi.
Kasalxonaning joriy saqlash xarajatlarini hisoblashda o’rinlarning o’rtacha yillik soni asos qilib olinadi. Bu miqdor yangi o’rinlar ochilishi muddatlariga qarab quyidagi formula bilan aniqlanadi:
Ko’r=Kb+(Ko-Kb)/O bu erda:
Ko’r - o’rinlarning o’rtacha yillik soni; Kb - yil boshidagi o’rinlar soni;
Ko - yil oxiridagi o’rinlar soni;
O - yangidan ochilgan (tashkil etilgan) o’rinlarning ishlash oylari soni.
Albatta, barcha davlat tibbiyot muassasalari xarajatlari budjet tashkiloti sifatida budjetdan moliyalashtirishning o’rnatilgan tartiblariga rioya qilgan xolda mablag’ bilan ta’minlanadilar.
Yüklə 24,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin