19.05.2023
10
-um-son
“Oliy ta'lim muassasalarining professor-o‘qituvchilar tarkibi va rahbar
xodimlari mehnatiga haq to'lashning bazaviy lavozim maoshlari miqdorini
tasdiqlash to'g'risida”gi qaror ijrosini ta’minlash
to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-martdagi PF-45-son
“Ish haqi miqdorini oshirish to‘g‘risida”gi Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 1-avgustdagi 164-son “Respublika oliy ta‘lim
muassasalari xodimlari mehnatiga haq to‘lashning takomillashtirilgan
tizimini
tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va
innovatsiyalar vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish
va bandlik vazirligining 2023-yil 28-apreldagi 11-q/q va /8-q/q-son “Oliy ta'lim
muassasalarining professor-o‘qituvchilar tarkibi va rahbar xodimlari mehnatiga
haq to'lashning bazaviy lavozim maoshlari miqdorini tasdiqlash to'g'risida”gi
qarori ijrosini ta’minlash
maqsadida
B U YU R A M A N :
1.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 1-avgustdagi
164-son qarori bilan tasdiqlangan Oliy ta’lim muassasalari xodimlari mehnatiga
haq to‘lash to‘g‘risidagi nizomning 10-bandida O‘zbekiston Respublikasi
Prezidenti farmonlariga muvofiq byudjet tashkilotlari
xodimlarining ish haqi
oshganda oliy ta’lim muassasalari xodimlarining bazaviy lavozim maoshlarini
o‘zgartirish lozimligi va ushbu bazaviy lavozim maoshini o‘zgartirish oliy ta’lim
muassasasi bo‘yicha buyruq bilan rasmiylashtirilishi belgilanganligi qayd etib
o‘tilsin.
2.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va
innovatsiyalar vazirligi va
O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining
2023-yil 28-apreldagi 11-q/q/8-q/q-son qarori bilan 2023-yil 1-maydan oliy ta'lim
muassasalarining professor-o'qituvchilar tarkibining
bazaviy lavozim maoshlari
miqdori 1-ilovaga, rahbar xodimlari mehnatiga haq to'lash bo'yicha
bazaviy
lavozim maoshlari miqdori 2-ilovaga hamda boshqa xodimlari mehnatiga haq
to'lash bo'yicha bazaviy lavozim maoshlari miqdorlari 3-ilovaga muvofiq
tasdiqlanganligi inobatga olinsin.
3.
Bosh buxgalter (A.Normurodov):
Yuristlar malakasini
oshirish markazining rahbar, professor-o'qituvchilari ish
haqlarini qayd etib o‘tilgan Qo‘shma qaror ilovalaridagi bazaviy Iavozim
maoshlari miqdorlari bo'yicha o'z vaqtida qayta hisob-kitob qilinishini ta’minlasin;
2023-yil 1-maydan e'tiboran Markazning professor-o'qituvchilar tarkibi va
rahbar xodimlari mehnatiga haq to'lash bo'yicha bazaviy lavozim maoshlari
miqdorini o'zgarishi munosabati bilan qo'shimcha talab etiladigan mablag'lar bilan
o'z vaqtida ta'minlasin.
4.
Mazkur buyruq ijrosini nazorat qilish direktor o‘rinbosari K.Islamov
zimmasiga yuklansin.
Direktor
SH.RABIYEV
Toshkent shahar