9-variant: Quyida «alfa» mchj korxonasining nafar xodimining 2022-yilning yanvar oyi uchun lavozim maoshlari va ishda bo’lgan kunlari haqida ma’lumotlar berilgan
19-variant: Quyida «ALFA» MCHJ korxonasining 2 nafar xodimining 2022-yilning yanvar oyi uchun lavozim maoshlari va ishda bo’lgan kunlari haqida ma’lumotlar berilgan.
1. 2022-yil yanvarda ish kuni 6-yanvardan boshlangan bo’lsa va korxonada 5 kunlik ish haftaligi joriy qilingan bo’lsa, yanvar oyidagi jami ish kunlari sonini aniqlang (kalendardan foydalaning).
2. Quyidagi jadvallarni to’ldiring:
№
Xodimlarning F.I.O
Yanvar oyida hisoblangan ish haqi
Hisoblangan daromad solig’i
INPS
Ijtimoiy soliq
To’lanadigan ish haqi
1
Abdullayev A
5 000 000
600 000
5 000
600 000
4 400 000
2
Komilov B.
2 400 000
288 000
2 400
288 000
2 112 000
3. Quyidagi xo’jalik operatsiyalariga buxgalteriya o’tkazmalarini yozing:
Quyidagi savollarga javob bering: Kirim kassa orderi qachon rasmiylashtiriladi?
Bank vipiskasida debetlangan summa nimani anglatadi?
Kassadagi naqd valyuta qaysi schetda?
To’lov talabnomasi nima?
Javoblar: kirim kassasi — bankda o‘z hisobvarag‘iga ega bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subyektlardan bank ish kuni davomida kirim kassa hujjatlari asosida naqd pul va boshqa qimmatliklarni qabul qilib oluvchi kassa;
28. Naqd pullarni topshirish e’loni uch qismdan — “e’lon”, “kvitansiya” va “order”dan iborat. Ushbu kirim hujjatining “e’lon” qismi kunlik kassa hujjatlariga tikiladi, “kvitansiya” qismi kirim kassasi kassiri tomonidan imzolangan va kassaning muhri bosilgan holda naqd pulni topshirgan mijozga, “order” qismi esa buxgalteriya xodimiga beriladi.
Kirim kassa orderi uch nusxada to‘ldiriladi. Uning birinchi nusxasi kunlik kassa hujjatlariga tikiladi, ikkinchi nusxasi buxgalteriya xodimlariga va uchinchi nusxasi kirim kassasi kassirining imzosi va muhri qo‘yilgan holda naqd pulni topshirgan bank xodimiga beriladi.
Bank bir hisobvaraqdagi naqd pullarni ikkinchi bir hisobvaraqqa kirim qilishda kirim kassa orderi ikki nusxada rasmiylashtiriladi hamda uning birinchi nusxasi kunlik kassa hujjatlariga tikiladi va ikkinchi nusxasi buxgalteriya xodimlariga beriladi.
Fuqarolardan soliq to‘lovlarini qabul qilishda foydalaniladigan jismoniy shaxsning soliq to‘lovlari uchun maxsus blanki uch qismdan — “xabarnoma”, “patta” va “kirimorderi”dan iborat. Maxsus blankning “kirim orderi” deb nomlangan qismi kunlik kassa hujjatlariga tikiladi, “patta” qismi soliqni to‘lagan jismoniy shaxsga va “xabarnoma” qismi (bankning buxgalteriya bo‘linmasi xodimlari tomonidan) tegishli tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyasiga, ularning so‘rovnomasiga asosan taqdim etiladi.
Bank vipskasida debetlangan summa Bank uchun majburiyatni bildiradi
1-son kartoteka — to‘lov muddatini kutayotgan to‘lov hujjatlari hisobi yuritiladigan balansdan tashqari hisobvaraq;
2-son kartoteka — muddatida to‘lanmagan to‘lov hujjatlari hisobi yuritiladigan balansdan tashqari hisobvaraq;
akkreditiv — to‘lovchi tomonidan to‘langan yoki to‘lanishi lozim bo‘lgan mablag‘ shartnoma shartlari bajarilganligini tasdiqlovchi hujjatlar taqdim qilingan taqdirda, mablag‘larni oluvchining hisobiga o‘tkazilishiga doir bankning shartli majburiyati;
aksept — to‘lovchining, to‘lov uning hisobidan amalga oshirilishiga roziligi yoki qarzdorlikni tan olganligi;
operatsiya kuni — farmoyishlarni qabul qilish va ularga ishlov berish amalga oshiriladigan vaqtning davri;
valyutalash sanasi — to‘lov hujjati asosida pul mablag‘larini oluvchining hisobvarag‘iga o‘tkazish sanasi;
masofaviy xizmat ko‘rsatish tizimi (bundan buyon matnda Tizim deb yuritiladi) — elektron xizmatlardan foydalanish uchun to‘lov xizmatlaridan foydalanuvchi va ushbu xizmatlarni yetkazib beruvchi o‘rtasidagi aloqani ta’minlaydigan telekommunikatsiya vositalari, raqamli va axborot texnologiyalari, dasturiy ta’minot va uskunalar majmui;
mablag‘larni oluvchi — pul mablag‘larini oluvchi shaxs;
mablag‘larni oluvchining banki — mablag‘larni oluvchining pul mablag‘lari kirim qilinadigan hisobvarag‘iga xizmat ko‘rsatuvchi bank;
mablag‘larni to‘lovchi — to‘lov kimning hisobidan amalga oshirilayotgan bo‘lsa, o‘sha shaxs;
mablag‘larni to‘lovchining banki — mablag‘larni to‘lovchining pul mablag‘lari hisobdan chiqariladigan hisobvarag‘iga xizmat ko‘rsatuvchi bank;