1. Yengil sanoat, tarmoqlari tarkibi Og`ir sanoat, tarmoqlari tarkibi



Yüklə 47,69 Kb.
səhifə3/15
tarix14.12.2023
ölçüsü47,69 Kb.
#177944
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
1. Yengil sanoat, tarmoqlari tarkibi Og`ir sanoat, tarmoqlari ta-fayllar.org

To’qimachilik sanoati. U ip va ip gazlama, ipak (shoyi) gazlama, jun gazlama ishlab chiqarishni o'z ichiga oladi. O'zbekistonda to’qimachilikning tarkib topishi va rivojlanishi uzoq tarixga borib taqaladi. Biroq, O'zbekiston to’qimachilik sanoati yaqin o'tmishda yaxshi rivojlantirilmadi. Bu sanoat uchun asosiy xom ashyo bo’lgan paxta tolasining g`oyat katta qismi o'zga rayonlarga tashib ketildi.
To’qimachilik sanoatining ilk korxonasi Farg’ona ip yigirish-to’qish fabrikasi (hozirgi Farg’ona to’qimachilik kombinati) 1930 yilda ishga tushdi. 1932 yilda Toshkent to’qimachilik kombinatini qurish boshlandi. Bu ikki korxona 1945 yilda respublikada ishlab chiqarilgan jami gazlamaning 95,4 foizini berdi. Keyinchalik Buxoro to’qimachilik kombinati (1973 y.), Andijon ip-gazlama kombinati, Pop noto’qima materiallar kombinati, Xiva gilam kombinati qurib ishga tushurildi. Ayni paytda mamlakatimizdagi mazkur to’qimachilik kombinatlari zamonaviy texnologiyalar bilan qayta jihozlanib, o'z faoliyatini davom ettirmoqda.
Respublika to’qimachilik sanoatini rivojlantirishning asosiy yo’nalishlaridan biri raqobatbardosh gazlama ishlab chiqarishni ko’paytirishdan iborat. Shu maqsadda deyarli barcha viloyatlarda zamonaviy texnika va texnologiya bilan jihozlangan o'nlab yangi qo’shma korxonalar qurildi. Jumladan, "Supertekstil" (O'zbekiston-AQSH, 1993), “Qorako’lteks”, “Surxonteks”, “Kabul-To’ytepa” (O'zbekiston-Janubiy Koreya), “Asakatekstil”, “Namangantekstil” va Turkiyaning "Yazeks" korporatsiyasi bilan hamkorlikda Qoraqalpog`istonda “Kateks”, “Elteks” (Ellikqal`a tumanida) to’qimachlik qo’shma korxonalari shular sirasiga kiradi. Shuningdek, tarmoq korxonalarining eskilarini ta`mirlash, zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlash to’qimachilik sanoatining istiqbolini ochib bermoqda. Ammo, to’qimachilik sanoatida yuz berayotgan katta o'zgarishlarga qaramasdan respublikada ishlab chiqarilayotgan paxta tolasining kam qismi mamlakatimiz sanoat korxonalarida qayta ishlanmoqda. Yaqin kelajakda esa respublikada yetishtiriladigan paxta tolasining teng yarmini qayta ishlashga erishish vazifasi qo’yilmoqda. Buning uchun mamlakatimizning barcha paxta yetishtiradigan hududlarida turli quvvatga ega bo’lgan to’qimachilik korxonalari qurilishi rejalashtirilgan.

Yüklə 47,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin