Reja: Sinfdan tashqari ishlarda amal qilinadigan qoidalar



Yüklə 36,44 Kb.
tarix14.05.2023
ölçüsü36,44 Kb.
#113510
word varianti











MAVZU: Sinfdan tashqari ishlarni tashkil qilish va ularni zamon talablari asosida takomillashtirish.
REJA:
1. Sinfdan tashqari ishlarda amal qilinadigan qoidalar.
2.Bolalar uchun yaxshi sharoit yaratib berish to’garaklar uchun.
3. Tavsiya etiladigan metodlar
Boshlangʻich sinflarda sinfdan tashqari oʻqishga kichik yoshdagi oʻquvchilarni ona tilini puxta oʻzlashtirishga tayyorlashning ajralmas qismi, ta’lim jarayonida ularni axloqiy-estetik tarbiyalashning muhim vositasi sifatida qaraladi. Sinfdan tashqari oʻqishning maqsadi – kichik yoshdagi o‟quvchilarni bolalar adabiyoti va xalq og‟zaki ijodining xilma-xil namunalari bilan tanishtirish, ularda kitobxonlik madaniyatini tiklab tarkib toptirishdir. Sinfdan tashqari oʻqish dasturining mazmuniga koʻra ta‟limning har bir bosqichida ikki asosiy bo‟lim ajratiladi: 1-bosqichda o‟qish doirasi, ya‟ni oʻqitiladigan kitoblar va ularni qaysi tartibda oʻqish bilan tanishtirish yuzasidan o‟quvchilarga koʻrsatma beriladi. 2-bosqichda shu o‟quv materiallari asosida bilim, ko‟nikma va malakalar shakllantiriladi. Umumiy oʻrta ta‟limning davlat standartlari va oʻquv dasturiga ko‟ra 1-sinfda sinfdan tashqari oʻqish mashgʻulotlarida savod o‟rgatish darslarida hosil qilingan ko‟nikma va malakalar asosida bolalarning ona-vatan, istiqlol, milliy qadriyatlar haqidagi tasavvurlartushunchalari kengaytiriladi, boyitiladi. Boshlangʻich sinflarda sinfdan tashqari oʻqishga kichik yoshdagi
oʻquvchilarni ona tilini puxta oʻzlashtirishga tayyorlashning ajralmas qismi, ta‟lim jarayonida ularni axloqiy-estetik tarbiyalashning muhim vositasi sifatida qaraladi. 2-sinfda oʻquvchilar kichik hajmdagi asarlarni oʻqituvchining yordami va
topshirigʻi asosida mustaqil oʻqishga o‟tadilar. Bu sinfda 2 haftada bir marta sinfdan tashqari o‟qish darsi oʻtkaziladi. Ona – Vatan va ota-bobolar jasorati,
oʻsimliklar, qushlar hamda hayvonlar haqidagi asarlarni oʻqituvchi topib, tanlab oʻquvchilarga oʻqishga tavsiya etadi. 3 va 4-sinflarda sinfdan tashqari oʻqish mashg‟ulotlarida oʻquvchilarning mustaqil oʻqishlari uchun kishilarning hayoti, yorqin tasvirlangan, ularning ma‟naviy-axloqiy turmush tarzi aks ettirilgan badiiy va ilmiy-ommabop asarlar tavsiya etiladi. 3-4 sinflarda sinfdan tashqari oʻqish darslari ikki haftada bir marta oʻtkaziladi. Bu sinflarda oʻqituvchi sinf kutubxonasida kerakli boʻlgan o‟quvchilar yoshiga mos kitoblarni toʻplashni. Sinfdan tashqari oʻqish burchagi turlicha bezalishi mumkin. Bunda oʻqituvchi va oʻquvchi hamkorlikda ish olib boradi. Badiiy va ilmiy-ommabop asarlar mustaqil ravishda va izchil oʻqib borilsagina oʻquvchilarning dunyoqarashini kengaytirishga, shakllantirishga xizmat qiladi. Sinfdan tashqari oʻqish darslari yosh avlod qalbida ezgulikka muhabbat, yovuzlikka nafrat tuygʻularini uygʻotish, matn mazmunini qayta hikoyalash, ma`lum reja asosida qisqartirib yoki shaxsini oʻzgartirib hikoyalash, badiiy tasvir vositalarini aniqlash, asar qahramonlarining fe‟l-atvorini, xatti–harakatini baholash
orqali ularning bogʻlanishli nutqini oʻstirish, qisqa qilib aytganda, kitobxonlik madaniyatini kamol toptirishda katta imkoniyatlarga ega. Sinfdan va sinfdan tashqari oʻqish boshlangʻich sinflarda oʻqitiladigan barcha predmet dasturlarining boʻlimlari bilan bevosita bog‟liq. O‟z navbatida grammatika va to‟g‟ri yozuv, tabiatshunoslik, tasviriy san‟at, musiqani oʻrganishda olingan bilim va hosil qilingan ko‟nikmalar o‟qish darslaridan o‟qish darslarida foydalaniladi. Oʻqish darslarida oʻtilgan mavzular asosida badiiy kitoblar axtarish, asar qahramonlarining nomlarini yozish, ularni tasvirlab berish, ijodiy rasm ishlash, fikrni yakunlash uchun mos maqollar yod olish o‟quvchini ijod qilishga undaydi. Har bir sinfda sinfdan tashqari oʻqilgan barcha asrlar oʻquvchilarga mos ravishda biror voqeani sahnalashtirish mumkin. Bu boladagi nitqni rivojlantirishga, lug‟at boyligini oshirishga yordam beradi. Shuningdek sahnalashtirilgan asarni tomosha qilgan o‟quvchining diqqati oshib xotirada saqlash qobiliyati o‟sadi. Hatto sahnalashtirish oʻquvchini har tomonlama yoʻnaltiradi, ya‟ni aktyorlik qobiliyatini rivojlantiradi, suxandonlik, rejissorlik kabi kasblarga ilk tasavvurlarni oʻrgata boshlaydi[3]. Asarni sahnalashtirish davrida albatta oʻqituvchi rahbarlik qiladi. Oʻquvchilar ifodali, obrazli, shuningdek qahramonlar harakatini toʻgʻri ifodalashi bu ularni har sohada rivojlanishiga ko’maklashadi.Pedagogik ta’lim klasteri: muammo va yechimlar bajarishlari, o‟qishlari o‟quvchilarda zavq-shavq uyg‟otib kitobga, badiiy asarga havas, uni o‟qib o‟rganishga intilish uygʻotadi. Sinfdan tashqari oʻqish darslarida
oʻqituvchi oʻquvchilarni bolalar yozuvchilari va shoirlari bilan tanishtirib borishi lozim. Q.Muhammadiy, P.Mo‟min, Z.Diyor, A.Obidjon kabi yozuvchi va shoirlarning asarlari oʻquvchilarda katta qiziqish uygʻotadi. Shuning uchun har bir maktab, ta‟lim muassasasi o‟quvchilar o‟rtasida turli mavzularda ijod ahli boʻlgan shoir va yozuvchilar bilan uchrashuvlar tashkil etib turishi shart.
Bunday uchrashuvlar oʻquvchilarni vatanni madh qilishga uni sevib ardoqlashga chaqiradi. Kitobni, asarni qanday paydo boʻlishini, uni hurmat qilish asrab-avaylashni oʻrgatadi. Shunday qilib badiiy adabiyot, bolalar adabiyoti voqelikni haqqoniy aks ettirishi, yorqin obrazlar yaratishi bilan bolalarda estetik did va ahloqiy sifatlarni mujassamlashtiradi. Ularda hayot go‟zalligini idrok etishga o‟rgatadi. Soʻz san‟ati badiiy asarda oʻz ifodasini topadi. Xalq badiiy sovzning yosh avlod tarbiyasidagi kuch-qudrati va jozibasiga qadim zamonlardanoq e‟tibor berib kelingan. Badiiy soʻz xalqning barcha madaniy boyliklarini abadiylashtirgan. Buning uchun esa oʻquvchi albatta xalq ogʻzaki ijodini yaqindan o‟qishi lozim. Ertaklar- yaxshilikka yetaklar deganlariday oʻquvchi ettaklar bilan tanishar ekan mard, jasur vatanparvar, mehribon boʻlishga, topishmoqlar oʻqir ekan, topogʻon, bilimdon, zukko bo‟lishga intiladi. Komil insonni tarbiyalashda sinfdan tashqari tarbiyaviy ishlarni amalga oshirishning nazariy va amaliy gʻoyalarining asoslash, sharhlash hamda sinfdan va maktabdan tashqari ishlarni tashkil etishda kasbiy mahoratni oshirishga xizmat qiluvchi samarali shakl, metod va vositalarning aniqlanganligi, shuningdek, komil
insonni tarbiyalashda tarbiyaviy ishlarning amalga oshirish texnologiyasining ishlab chiqishda Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Oʻzbekiston Respublikasining “Taʼlim toʻgʻrisida”gi qonuni, xalq taʼlimi sohasiga oid rasmiy hujjatlar Prezidentimizning “Barkomol avlod” toʻgʻrisidagi ilmiy nazariy taʼlimotlari. Sharq mutafakkirlari asarlari shuningdek pedagogika nazaryasi rivojlanishida faoliyat koʻrsatayotgan Oʻzbekiston olimlari va pedagoglari N.Azizxodjayeva, M.Inomova, O.Musurmonova, U.Mahkamov, S.Ochil, I.Saidahmedov, N.Ortiqov, A.R.Xodjaboyev va boshqalarning ilmiy gʻoyalaridan nazariy asos sifatida foydalanadi. Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar o„quv-chilarning qiziqishi, istaklari, xohish va ehtiyojlariga suyangan holda, ularning darsdan bo„sh vaqtlarida o’quv-tarbiya jarayonini to„ldiradi. U o„quvchilarning ijodiy qobiliyatlarini, tashabbus-korligini oshirishga imkoniyat yaratadi. Sinfdan tashqari ishlarning o’ziga xosligi shundaki, to„garak, klub dasturlarining rang-barangligi, ular mazmunidagi yangiliklar o„smir yigit-qizlarning shaxs sifatida shakllanishlari uchun yangi imkoniyatlar yaratadi. Maktabda va sinfdan tashqari ishlar jarayonida o„quvchilarning bir-biriga hurmati, axloqiy sifatlari jamoa orasida shakllanib boradi. Bunda o„quvchilarning bir-biriga bo„lgan muomala madaniyati ham shakllanadi. O„quvchi o„qituvchiga taqlid asosida yoki do„stlari orasida o„rgangan tarbiyasi muomilasiga ta‟sir qilishi mumkin. O„qituvchi o„quvchilar orasida muomala madaniyatini shakllantirish uchun avvalambor o„quvchining o„ziga bo„lgan muomalasini, e‟tiborini o„rganishi kerak.
Sinfdan va maktabdan tashqari tashkil qilingan ishlar o„quvchilar hayotidagi tarbiyaviy faoliyatni to„ldiradi. Ularning dunyoqarashi to„g„ri shakllanishiga va axloqiy kamol topishiga ko„maklashadi. Nazariy bilimlarni amaliyot ishlab chiqarishi bilan bog„lanishiga zamin yaratadi.


Yüklə 36,44 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin