|
|
səhifə | 5/6 | tarix | 14.06.2023 | ölçüsü | 253,18 Kb. | | #130175 |
| 8-sinf-fizika-namuna
Dars rejasi:
1. Tashkiliy qism (3 minut).
2. O’tilgan mavzuni so’rash (15 minut).
3. Yangi mavzuning bayoni (18 minut).
4.Yangi mavzuni mustahkamlash uchun savol-javoblar (5 minut).
5. O’quvchilarni baholash(4 minut)
6. Uyga vazifa berish (1 minut)
Darsning borishi:
1. Tashkiliy qism
2. O’tilgan mavzuni eslash. 0‘tilganlami takrorlashni «blits» usulida savol-javob o'tkazish bilan amalga oshirish mumkin.Bu usulda qisqa javobli tezkor savollar beriladi. Javob berish uchun 1—1,5 minut vaqt ajratiladi.
Masalan:
1. Elektroskop qanday maqsadda ishlatiladi?
2. Elektrometr strelkasining ochilish burchagi nimaga bog‘liq? 3. 0‘tkazgichlar deb qanday moddalarga aytiladi?
4. Suyuq holdagi o'tkazgichlarga misollar keltiring.
5. Dielektrikda nima sababdan elektr zaryadlari ko'chmaydi?
Oxirgi berilgan savolga o'quvchilar javob berishga qiynaladilar. Chunkizaryadlarning ko'chishi moddadagi erkin elektronlarning ko‘p bo‘lishiga bog‘liq ekanligini bilmaydilar. Shunga bog'langan holda yangi mavzuni tushuntirishga kirishiladi.
3. Yangi mavzu bayoni
Sinfga shunday muammoli savol tashlanadi.Uni tajriba o‘tkazib beriladi.
Ebonit tayoqchani olib elektroskopga tekkizsak, yaproqchalar ochil madi.Tayoqchani mo‘ynaga ishqalab elektroskop steqeniga tekkizilsa, yaproqchalar ochildi.Tayoqchada zaryadlar qanday paydo bo'ldi?
Bunda darslikda aytilganiday, o'quvchilarda xuddi yo'qdan bor bo'lganday ta’surot paydo bo'lishi mumkin.
Shundan so‘ng o'quvchilarga 6-sinfda moddalaming molekulalar va atomlardan tashkil topganligi eslatilib, atom tuzilishi haqida tushuncha beriladi. Tushuntirish darslikda keltirilgan ketma-ketlikda beriladi. Dastlab, eng elementar atom-vodorod atomining tuzilishi, so‘ngra geliy va litiy atomlarining tuzilishi keltiriladi. Bunda elektron va protonning zaryad miqdorlari teng,
www.hasanboy.uz lekin ishoralari qarama-qarshi bo'lishi tushuntiriladi.Atom tuzilishini 1-bo’lib ingliz fizigi Ernest Rezerford tajriba asosida aniqlagan.
Atom markazida yadro joylashgan bo’lib, u proton va neytrondan tashkil topgan.Atom yadrosi atrofida orbita bo’ylab elektronlar harakat qiladi.Proton musbat, elektron esa manfiy zaryadlangan.q=1.6*10^(-19)c.
Proton massasi elektron massasidan 2000 marta katta ekanligini ko'rsatish bilan cheklaniladi. Neytronning zaryadsiz bo‘lib, massasi taxminan proton massasiga tengligi eslatib o'tiladi.
Dostları ilə paylaş: |
|
|