Yopiq bo`g`inli so`zlar Oxiri ‘r’ harfidan tashqari har qanday undosh bilan tugaydigan bo`g`inga yopiq bo`g`in deyiladi. Yopiq bo`g`inda unlilar qisqa tovushlar bilan o`qiladi.
A [ae]
O [o]
U[A]
E[e]
I[i]
bad [baed]
hot [hot]
bus [bAs]
pen [pen]
fit [fit]
bag [baeg]
dot [dot]
fun [fAn]
ten[ten]
ill [ill]
land [laend]
Doll [doll]
club [clAb]
send[send]
tin [tin]
sand [saend]
Spot [spot]
up[kAp]
red[red]
silk [silk]
Endi barcha harflarni qanday o`qilishini ko`rib chiqamiz.
1)Aa harfi ochiq bo`g`inli so`zlarda (ei) deb o`qiladi
Masalan: Table – [teibl] stol
Yopiq bo`g`inli so`zlarda Aa harfi [ae] o`qiladi. Masalan: Bat – [Baet] ko`rshapalak
Aa harfi Ikkita ‘LL’ harfidan oldin kelsa [o] deb o`qiladi
2) Cc harfi A,U,O unli harflaridan oldin kelsa [k] o`qiladi. Masalan Cat – [kaet]
E,I,Y harflaridan oldin kelsa [S] o`qiladi. Masalan city – [sity] shahar
H harfi bilan kelsa [ch] deb o`qiladi. Masalan chest – sandiq
3) E harfi ochiq bo`g`inli so`zlarda [i] deb o`qiladi. Masalan: Peace [pi:s] tinchlik Yopiq bo`g`inli so`zlarda [e] deb o`qiladi. Masalan: pen – ruchka
Unli harflardan oldin kelsa, cho`zilgan [i:] o`qiladi va unli harf o`qilmaydi. Masalan: People [Pi:pl] odamlar
4)Gg harfi A,U,O harflaridan oldin kelsa [g] o`qiladi. Masalan: game – [geim] o`yin
E,I,Y harflaridan oldin kelsa {dj} deb o`qiladi. Masalan generous [ djeners]
5) Ii harfi ochiq bo`g`inli so’zlarda [ai] deb o`qiladi. Fine – [fain] yaxshi
Yopiq bo`g`inli so`zlarda [i] deb talafuz qilinadi. Masalan pin [pin] – to`g`nog`ich
6) Oo harfi ochiq bo`g`inli so`zlarda [ou] deb talafuz qilinadi. Masalan: nose [nouz] burun
Yopiq bo`g`inli so`zlarda [o] deb o`qiladi. Masalan: port [po:t] bandargoh
Agar ikkita oo ketma ket kelsa, cho`zilgan [u:] o`qiladi. Masalan: spoon [spu:n] qoshiq.
7) Uu harfi ochiq bo`g`inli so`zlarda [yu] deb o`qiladi. Masalan: mute [myut] soqov
Yopiq bo`g`inli so`zlarda [u] yoki [A] deb o`qiladi. Masalan: put [put] qo`ymoq
Cup [kap] chashka
8) Ww harfi doim [v] deb o`qiladi faqat which, what kabi so`zlarda [uv] deb o`qiladi
9)Xx harfi so`zning boshida va oxirida kelsa [ks] deb o`qiladi. Masalan: Fox – [foks] tulki
Box – [boks] quticha excite [eksait] hayajonlanmoq. Agar so`zning boshida kelsa [z] deb o`qiladi. Masalan: Xerox [zeroks]
10) Yy harfi so`zning o`rtasida va boshida kelsa [y] deb o`qiladi. Masalan: year [yea:] yil
So`zning oxirida kelsa [i] yoki [ay] deb o`qiladi.Masalan: Happy – [Happi]