3. Saf va tartiblash mashqlarini o’rgatish.
Saf mashqlari - bu shug‗ullanuvchilarning ma‘lum bir safda birgalikda yoki yakka harakatlaridan iborat. Saf mashqlari yordamida mashg‗ulotni tashkil etish marom va sur‘at hissiyotini tarbiyalash masalalari muvaffaqiyatli hal qilinadi, jamoa bo`lib mehnat qilish malakalari shakllantiriladi.
Bu mashqlar kishi qaddi-qomatini to`g‗ri shakllantirish vositasi hamdir. Saf mashqlari aniq ijro etilishiga bo`lgan talabchanlik, intizomlilik va uyushqoqlikni tarbiyalaydi.
Saf mashqlari to`rtta guruhga bo`linadi:
Saf usullari.
Saflanish va qayta saflanish.
Joydan - joyga ko`chish.
Orani ochish va yaqinlashtirish.
Saf - shug‗ullanuvchilaming birgalikda harakatlanishi uchun belgilangan qoidaga ko`ra joylanishidir.
Mashg‗ulotda safni o`qituvchi va talabalar gumh xalfasi, o`quv bo`linmalarining boshliqlari va navbatchilar odatda yoki belgilangan signal bilan beriladigan bevosita buyruq va topshiriqlar orqali boshqaradilar.
Dostları ilə paylaş: |