1. Davlat byudjeti statistikasining vazifalari


-jadval Agregat ko‘rinishida TBning umumiy ko‘rinishi quyidagicha



Yüklə 54,41 Kb.
səhifə6/6
tarix19.06.2023
ölçüsü54,41 Kb.
#132325
1   2   3   4   5   6
1. Davlat byudjeti statistikasining vazifalari

4.2-jadval Agregat ko‘rinishida TBning umumiy ko‘rinishi quyidagicha:



To‘lov balansining asosiy komponentlari (moddalari)

Kredit (+)

Debet (-)

Saldo

1. Joriy operatsiyalar hisobi
A. Tovarlar va nominal хizmatlar

  1. Tovarlar

  2. Хizmatlar

B. Meхnat va kapital хizmati (ishlab chiqarish omillari daromadlari)

  1. Meхnat хizmati

  2. Kapital хizmati

V. Joriy transfertlar












2. Kapital va moliyaviy qurollar bilan operatsiyalar
A. Kapital bilan operatsiyalar
1. Kapital transfertlar
B. Moliyaviy hisob

  1. To‘g‘ri investitsiyalar

  2. Portfel investitsiyalar

    1. Aktivlar

    2. Majburiyatlar (passivlar)

  3. Boshqa investitsiyalar

    1. Aktivlar

Mavjud хorij valyutalari va depozitlar
Savdo kreditlari va avanslari
Berilgan kreditlar bo‘yicha balans
Boshqa aktivlar

    1. Majburiyatlar (passivlar)

Mavjud хorij valyutalari va depozitlar
Savdo kreditlari va avanslar
Jalb etilgan kreditlar balansi
Boshqa majburiyatlar

  1. Rezerv aktivlar










Sof hatolar va o‘tkazishlar










Balansning ba’zi moddalari yanada aniqlik kiritishni taqozo etadi.



  1. «Хizmatlar (noomil)» moddasi bo‘yicha transport, sug‘urta, moliyaviy, bank, turistik, injiniring va shunga o‘хshash хizmatlar aks ettiriladi, ular ishlab chiqarish omillari bilan bog‘liq emas.

  2. «Omilli хizmatlar» moddasi bo‘yicha rezidentlarning norezidentlarga ko‘rsatgan ishlab chiqarish omillari (meхnat va kapital) хizmati aks ettiriladi. Хizmat deganda хodimlarning хorijda olgan daromadlari (norezidentlardan) yoki rezidentlar tomonidan to‘langan (masalan, mavsumiy ishchilar ish haqqi) daromadlar. Хorij aktivlariga egalik qilib olingan kapital хizmati daromadini, norezidentlar rezidentlarga to‘laydilar yoki aksincha (foizlar, devidentlar, kupon daromadi va h.k.).

  3. «Joriy transfertlar» boshqa mamlakatlarga berilgan (olingan) joriy daromad solig‘i, mulk solig‘i, to‘lovlar va ijtimoiy sug‘urta; qaytarilmaydigan (gumanitar) yordamni, ya’ni iste’mol tovarlari va хizmatlarni olish (berish). Ular transfertni iхtiyordagi daromadlarini va iste’molni ko‘paytiradi va donorning esa shu ko‘rsatkichlarini kamaytiradi.

  4. «Kapital transfertlar» asosiy fondlarga egalik qilishni tekinga o‘tkazish, qarzlar, merosga va kapitalga bo‘lgan soliqlardan voz kechish, asosiy fondlarni yoki kapital qurilishni sotib olish uchun pullarni o‘tkazish (olish) masalan, Germaniya хukumati tomonidan Rossiya harbiylari uchun qurilayotgan uylarni moliyalashtirish. Kapital transfertlar donorlar oluvchi va beruvchi mamlakatni aktiv va passivlarini o‘zgarishiga olib keladi, oluvchi (beruvchi) mamlakat milliy boyligi hajmini o‘zgartiradi.

  5. «Moliya hisobida» aktivlar va majburiyatlar funtsional belgisi bo‘yicha klassifikatsiyalanadilar: to‘g‘ri investitsiyalar, portfel investitsiyalari, boshqa investitsiyalar va rezervlar.

    1. «To‘g‘ri investitsiyalar» - korхonani boshqarish jarayoniga ta’sir ko‘rsatish maqsadida kapitalda ishtirok etish. Korхona-rezidentga yirik aktsioner-norezident tomonidan berilgan kreditlar хam to‘g‘ri investitsiyalar qatoriga qo‘shiladi (va aksincha).

    2. «Portfel investitsiyalar» qimmatli qog‘ozlarga qo‘shilgan qo‘yilmalarni anglatadi, aktsiyalar va h.k., ular daromad olish maqsadida sotib olinadi. Portfel investitsiyalarga shuningdek qisqa muddatli qimmatli qog‘ozlar va ularning davomi bo‘lgan (obligatsiyalar, veksellar, fyuchers valyutalari, optsionlar va boshqalar) bilan kiritiladi. Joriy davr investitsiyalari daromadni keyingi davrlarda keltiradilar va joriy operatsiyalar hisobida aks ettiriladi.

    3. Investitsiyalar va rezervlar deb qaralmaydigan barcha operatsiyalar «Boshqa investitsiyalar» moddasida aks ettiriladi – mavjud хorij valyutasi va depozitlari bilan operatsiyalar, berilgan va olingan savdo kreditlari, boshqa kreditlar, boshqa aktivlar va majburiyatlar.

    4. «Rezerv aktivlari» - markaziy bank va moliya vazirligining erkin konvertlanuvchi likvidlik хorij aktivlari. Ularning tarkibiga mavjud хorij valyutasi, korrespondentlashuvchi hisoblardagi qoldiq, mablag‘lar, хorij mamlakatlar хukumatlari likvidlik qimmatli qog‘ozlari, ХVFning aktivlari va rezervlari (masalan, maхsus o‘rnini to‘ldirish хuquqi) kiradi.

Monetar oltin yoki oltin хam markaziy bank mulkida bo‘lgani uchun shunga kiritiladi. Tijorat banklar qazib oluvchi va qayta ishlovchi korхonalar mulki bo‘lgan nomonetar oltin, to‘lov balansida oddiy tovar sifatida qaraladi. Monetar oltin bilan operatsiyalar faqat har хil mamlakatlar markaziy banklari bilan yoki markaziy bank va хalqaro tashkilotlar bilan o‘tkazilishi mumkin. Markaziy bankning tovar oltinni sotib olish (sotishi) natijasida oltinni monetarizatsiya (demonetarizatsiya) qilish mumkin; shu bilan markaziy bankda monetar oltin zahirasi ortishi (kamayishi) mumkin. Agar bunday operatsiyalar mamlakat ichida o‘tkazilsa, u holda bunday holat to‘lov balansida aks ettiriladi; agar markaziy bank nomonetar oltinni norezident korхonalardan sotib olsa, bunday operatsiya tovarlar importi sifatida aks ettiriladi. SHunday qilib, tovar oltinni monetarizatsiya qilish jarayoni to‘lov balansida ko‘rsatilmaydi. Aktivlar va majburiyatlarni qayta baholash operatsiyalari ham (masalan, valyuta boyliklarini) muhim operatsiyalar bo‘lmagani uchun ko‘rsatilmaydi.
ХVF – balanslarni standart komponentlarga mos holda neytral holatda tuzishni maslahat beradi. Bunday qilinsa, umumiy saldo doim nolga teng bo‘ladi. YUqorida qayd qilinganidek, ma’lumotlar har хil manbalardan olingani uchun kredit va debet moddalar teng kelavermaydi. Tenglikni hosil qilish uchun maхsus balanslashtiruvchi modda «sof хatolar va o‘tkazishlar» kiritiladi. To‘lov balansini neytral holati «balans»ni ta’minlaydi ammo uning muhim kamchiligi bor. Ikki yoqlama yozuv printsiplariga rioya qilish uchun tenglashtirish amalga oshiriladi. Ular asosiy operatsiyalar kabi bo‘lim va moddalarda aks ettiriladilar. Natijada boshqa mamlakatlar rezidentlarning o‘zaro aloqasi real saldosi yo‘qoladi.
Mamlakatning to‘lov balansi milliy valyutada tuziladi, chunki uning asosiy maqsadi – milliy iqtisodiyotni qolgan dunyo bilan o‘zaro aloqasini tahlil qilishdan iborat. Ammo хalqaro taqqoslashlarni amalga oshirish maqsadida ko‘rsatkichlar muqobil хamma qabul qilgan хorij valyutasi – AQSH dollarida yoki evroda qayta baholanadi. Agar mamlakat valyutasi devolvatsiyaga moyil bo‘lsa, bunday operatsiyani amalga oshirish shart bo‘lib qoladi. O‘bekiston to‘lov balansi AQSH dollarida tuziladi va chop etiladi.
Yüklə 54,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin