1. Davlat tili haqidagi qonun va uning tarixiy ahamiyati. 2. Mustaqillik yillarida o’zbek tilshunosligi erishgan yutuqlari.
XX asrning 90-yillaridan boshlab milliy an’analarni, milliy madaniyatni tiklash,milliy til obro’-e’tiborini kuchaytirish muammolari ko’tarila boshlandi.
1989 yilning 21 oktabrida o’zbek tilining O’zbekistn Respublikasi Davlat tili sifatida rasmiy e’lon qilinishi o’sha davr uchun katta tarixiy voqea bo’ldi. Ana shu Qonunning chiqishi tilimizning rus tili ta’siri doirasida siqilib, faqat ko’cha-ko’yda va oilada foydalaniladigan ikkinchi darajali bir tilga aylanib qolish xavfiga chek qo’ydi.
O’zbek tili oliy darajadagi davlat anjumanlarida qo’llanadigan, davlatning rasmiy hujjatlari yuritiladigan, rivojlanish istiqboli qonun bilan belgilangan tilga aylandi.
Mustaqillikdan so’ng mavjud Qonunni isloh qilish zaruriyati tug`ildi. 1995 yil 21 dekabrida O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining IX sessiyasi “Davlat tili haqida”gi Qonunning yangi tahririni qabul qildi.
Yangi tahrirdagi Qonunning ahamiyati shundaki, bunda o’zbek tilining bugungi jahon hamjamiyatidagi o’rni hisobga olindi. Qonunning 23-moddasida O’zbekiston Respublikasining xalqaro shartnoma matnlari davlat tilida yozilishi ta’kidlandi. Bu modda o’zbek tilining jahon miqyosida rasmiy davlat tili sifatida nufuzining ko’tarilishini ta’minladi.
O’zbek tili O’zbekiston Respublikasining davlat tili sifatida tan olinar ekan, bu respublika hududida boshqa tillarning faoliyat ko’tarishiga, rivojlanishiga, O’zbekistonda yashovchi barcha millatlarva elatlarning o’z ona tillarida aloqa qilishlariga monelik qilmasligi (2-modda), ularning tillarida maktab-maorif va madaniy muassasalar (5-modda), noshirlik, pochta-telegraf, notarial idoralar, televideniye va radio eshittirishlar faoliyat ko’rsatishlari kafolatlangan. Boshqa millat va elatlarning tillariga hurmat bilan munosabatda bo’lish, bu tillarni rivojlantirish uchun shart-sharoit yaratish (4-modda) ta’kidlanadi.
Dalat tili haqidagi Qonun qabul qilinayotgan paytda vaqtli matbuotda bir qator baynalminal atamalarni tilimizdan chiqarish, uni arab yoki fors-tojik tilidagi muqobili bilan almashtirish tendensiyasi kuchaydi. Masalan, radio o’rniga ovoznigor, samolyot o’rniga tayyora, institut o’rniga oliygoh, rayon o’rniga nohiya va boshqalar. Atamalarni almashtirish shu darajaga yetdiki, hatto mutaxassislarning o’zlari ham yangi qo’llanilayotgan atamalarni qaysi tushuncha uchun ishlatilayotganligini izohlashga qiynalib qoldi1.
Ana shunday sharoitda atamalarni tartibga solish ehtiyoji tug`ildi. Shuning uchun Vazirlar Mahkamasi qoshida atamashunoslik qo’mitasi tuzildi. Yangi tavsiya etilayotgan atamalar atamaqo’m tasdig`idan o’tgandan so’nggina hayotga yo’llanma oladigan bo’ldi. O’zbek tilining yangi atamalar bilan boyib borish yo’li yangi tahrirdagi Qonunda aniq ifodasini topdi. 7-moddasida yangi atamalar jamoatchilik muhokamasidan o’tgandan keyin va Oliy Majlisning tegishli qo’mitasining roziligi bilan o’zbek tiliga joriy etilishi belgilandi.
Yangi tahrirdagi Qonunnirng yana bir muhim tomoni shundaki, moddalar soni qisqartirlgan. Oldingisi 30 moddadan iborat bo’lgan bo’lsa, yangi tahrirdagi Qonunda ayrim o’z kuchini yo’qotgan moddalar chiqarib tashlangan.
Yangi tahrirdagi Qonunning 9-moddasida davlat hokimiyati va boshqaruv organlarida ish davlat tilida yuritilishi ta’kidlanadi. Bugungi kunda O’zbekiston Respublikasining oliy darajadagi anjumanlari davlat tilida olib borilyapti.
Mustaqillik sharofati bilan mamlakatimizda tub burilish davri boshlandi. Ajdodlarimiz qoldirgan boy madaniy merosga mehr-muhabbat bilan yondoshish, ularni jahon madaniyatiga qo’shgan hissalarini xolisona baholash imkoni tug`ildi. Shunday sharoitda tilshunoslik fanida ham tilimizning o’ziga xos xususiyatlarini chuqur va ob’ektiv yoritish, sorbiq sho’rolar davrida fan metodologiyasiga aylangan va ob’ektga bir tomonlama yondashuvchi marksistik ta’limot zanjiridan qutulish va olamni bilishga bag`ishlangan dunyoning eng yaxshi falsafiy ta’limotlaridan, birinchi navbatda, Sharq falsafiy ta’limotidan foydalanish harakati boshlandi.
Mustaqillikning ilk kunlaridan boshlaboq tilning burcha sath birliklarini sistemaviylik tamoyillari asosida qayta o’rganib chiqish harakati boshlandi.
O’zbek tili fonologik tizimini lingvistik zidlanishlar asosida o’rganuvchi va fonemalarni farqlovchi (differensial) va birlashtiruvchi (integral) belgilar majmuasi sifatida e’tirof etuvchi A.Nurmonovning “O’zbek tili fonologiyasi va morfonologiyasi” (Т.,1992), A.Azizovning “O’zbek tilining fonologiyasi va morfonologiyasi” (Т., 1994) asarlari maydonga keldi. Bu asarlarda imkoniyat, mohiyat, invariant sanaluvchi fonema bilan uning bevosita nutq jarayonida variantlar orqali namoyon bo’lishi o’rtasidagi munosabat, ya’ni invariant va variant munosabati izchil ravishda e’tiborga oldindi.
Leksikologiya sohasida ham bir qator yutuqlar qo’lga kiritildi. Chunonchi, E.Begmatovning “O’zbek ismlari”, H.Ne’matov., R.Rasulovlarning “O’zbek tili sistem leksikologiyasi asoslari” kitobining nashr etilishi o’zbek tilshunoslikda emas, balki turkiyshunoslikda ham katta voqea bo’ldi.
O’zbek tili morfologiyasiga ham sistemaviylik tamoyillari dadil olib kirildi. Grammatik shakl va grammatik kategoriyalar o’rtasida munosabat, grammatik shaklning o’ziga xos ifodalanish yo’llari, grammatik kategoriyalarning til tizimidagi o’rni kabi masalalar jahon tilshunosligi qo’lga kiritgan yutuqlar asosida o’rganila boshlandi.
J.Eltazarovning “So’z turkumlari haqidagi nazariyalar” (1996), Sh.Shahobiddinovaning “O’zbek tili morfologiyasi umumiylik-xususiylik dialektikasi talqinida” (2000), mualliflar guruhining “O’zbek tilining nazariy grammatikasi. Morfologiya” (2001) asarlari yaratildi.
O’zbek tili sintaksisini sistemaviy o’rganishga jiddiy e’tibor berildi. Jumladan, N.Mahmudov va A.Nurmonovlarning “O’zbek tilining mazmuniy sintaksisi” (Т., 1992), “O’zbek tilining nazariy grammatikasi. Sintaksis” (Т.,1995), S.Mahammatqulovning “O’zbek tilida predikativ sintagma transformatsiyasi” (Т.,1998) yaratildi.
Mustaqillik sharoitida o’zbek tilining qo’llanilish doirasi g`oyat kengaydi. Ijtimoiy munosabatlarda davlat tili imkoniyatlarining oshib borayotganligini ochib beruvchi N.Mahmudovning “Тil va jamiyat”, “Тil”, “So’zimiz va o’zimiz”, “Ma’rifat manzillari” kabi qator kitoblarining nashr etilishi o’zbek sotsiolingvistikasini yangi pog`onaga olib chiqdi.
Mustaqillik davrida rasmiy ish uslubining shakllanishi va rivojlanishiga ham alohida ahamiyat berildi. N.Mahmudov, N.Mahkamov, A.Madvaliyevlar tomonidan “O’zbek tilida ish yuritish” kitobining nashr etilishi bu muammoning ijobiy hal etilishida katta ahamiyatga ega bo’ldi. Xalq og’zaki ijodi namunalarini o’rganish va uni ilmiy tadqiq etish. Mustaqillik va xalq og’zaki ijodi namunalarini to’plash va nashr ettirish masalalari haqida ma`lumot. Mustaqillik davri xalq og’zaki ijodining tutgan o’rni, ularning tili va badiiy xususiyatlarini yoritib berish. Ko’rgazmali o’quv qurollari, fol’klorshunos olimlarning xalq og’zaki ijodiga bag’ishlangan ilmiy-tadqiqot ishlari, risola va monografiyalarini talabalarga namoyish qilish. Blits so’rov, an`anaviy ma`ruza, suhbat, qisqa test sinovlari. So’z san`atining dastlabki namunalari insoniyat nutqi paydo bo’lishi bilan yuzaga kela boshladi. Bugungi tarixiy-fol’kloriy jarayon o’ziga xos taraqqiyot tamoyillariga egaligi bilan ajralib turadi. Mamlakatimiz istiqlolga erishgandan keyin boshlangan keng ko’lamdagi ma`naviy tiklanish jarayoni bilan uzviy bog’liq holda ajdodlarimiz tomonidan asrlar davomida yaratilib, badiiy sayqal berib kelingan muhtasham fol’klor yodgorliklarining jahonshumul ahamiyati xususida so’z yuritish, xalq ijodiyotining unutilish arafasiga kelib qolgan ko’plab janrlarini qayta tiklash, ijrochilik an`analarini rivojlantirishning misli ko’rilmagan imkoniyatlari yuzaga keldi. Natijada joylarda faoliyat olib borayotgan fol’klor-etnografik jamoalar soni ko’paydi, nafaqat, Surxondaryo, Qashqadaryo va Xorazm viloyatida, balki baxshichilik maktablarining jonli an`analari yo’qolib ketgan deb hisoblangan Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida ham baxshi-shoirlar etishib chiqa boshladi. «Alpomish» dostoni yaratilganligining 1000 yilligi tantanalari keng nishonlanishi va baxshi-shoirlar hamda oqinlarning ko’rik-tanlovlari an`anaviy tarzda o’tkazib kelinayotganligi ham ko’plab yangi ijrochilarni kashf etish bilangina cheklanib qolmasdan, «Alpomish», «Kuntug’mish», «Go’ro’g’li», «Orzigul», «Oshiq G’arib va SHohsanam» singari an`anaviy dostonlarning yangi variantlari yuzaga kelishiga yo’l ochdi. Baxshi-shoirlar hur diyorimizda istiqlol yillarida amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlarini tarannum etuvchi termalarni yaratdilar. O’zbek marosim fol’klori, askiyachilik, qiziqchilik, tomosha san`ati, xalq hunarmandchiligining qadimiy an`analari tiklandi.
Ayrim janrlar, jumladan, marosim fol’klorining ko’plab namunalari to’plandi. Masalan, «yo ramazon» qo’shiqlari, nikoh to’yi marosimida ijro etiladigan fotiha olqishlari, Amir Temur, Alisher Navoiy, Bobur singari ulug’ yurtdoshlarimiz to’g’risidagi tarixiy rivoyatlar, joy nomlari, qadimiy shaharlar, qal`alar, ziyoratgohlar, muqaddas mozorlar va qadamjolar bilan bog’liq afsonalar, xalqimizning qadimiy mifologik tasavvurlari hamda miflari yozib olindi. Istiqlol yillarida O’zR FA Alisher Navoiy nomidagi Til va adabiyot instituti Fol’klor bo’limi xodimlari tomonidan bir nechta fol’klor ekspeditsiyalari o’tkazildi.
Istiqlol sharofati tufayli O’zR FA Alisher Navoiy nomidagi Til va adabiyot institutining Fol’klor arxiviga mamlakatimizning boy madaniy merosini o’zida mujassamlashtirgan noyob ilmiy ob`ektlaridan biri maqomi berildi. Fol’klor arxivi mamlakatimizning etakchi ilmiy fondlaridan biri bo’lib, unda saqlanayotgan materiallar o’zbek filologiyasining taraqqiyotini belgilovchi yirik ilmiy ishlarning yaratilishi uchun manba bo’ladi.
Mamlakatimiz mustaqillikka erishganidan keyin fol’klor asarlarini nashr etish borasidagi ishlar ham sifat, ham miqdor, ham qamrov jihatidan o’sdi. Ko’pgina dostonlar, xalq kitoblari ilk bor nashr ettirildi. O’zbek xalq ertaklarining bir nechta to’plamlari dunyo yuzini ko’rdi.
O’zbek fol’klorshunoslari, afsona va rivoyatlardan tuzilgan fol’klor to’plamlarini chop ettirdilar.
Istiqlol tufayli marosim fol’klorining ilgari nashr etilmagan yoki qisman ommalashtirilgan namunalari chop ettirildi. Xususan, o’zbek fol’klorshunosligi tarixida birinchi marta navro’z bayrami bilan bog’liq o’zbek fol’klori asarlaridan tuzilgan «Navro’z» kitobi.
O’zbek fol’klorshunosligi maktabining kelgusidagi rejalari o’zbek fol’klori materiallarini izchil to’plash maqsadida atoqli alloma H.Zarifov asos solgan ilmiy ekspeditsiya ishini yanada kengroq qamrovda o’tkazish va uning muntazamligini ta`minlash; H.Zarifov nomli O’zbek fol’klori arxivi materiallarini to’la ilmiy tavsif qilish va kataloglashtirishni amalga oshirish; fol’klorshunos olimlar tomonidan qariyib 80 yil mobaynida to’plangan arxiv materiallari va kelgusidagi ilmiy ekspeditsiyalar davomida yozib olinadigan fol’klor namunalari asosida «O’zbek fol’klori yodgorliklari» 100 jildlik akademik nashrini tayyorlash; fol’klor asarlarining ilmiy va ommabop nashrlarini tayyorlab chop ettirish; o’zbek fol’klori janrlarining tarixiy asoslari, tipologiyasi va poetikasini dunyo fol’kloristikasining ustuvor ilmiy metodlari asosida tadqiq etish; oliy o’quv yurtlari talabalari uchun xalq og’zaki badiiy ijodiyoti bo’yicha yangi darslik va qo’llanmalar yaratishdan iboratdir.
Xususan, M.Jo’raev Samarqand, Navoiy, Buxoro viloyatlari aholisining tabiat hodisalari va osmon yoritqichlari bilan bog’liq mifologik qarashlarini to’pladi; M.Jo’raev, U.Sattarov, R.Saidovalar Buxoro va Navoiy viloyatlaridan toponimik afsonalarni yozib oldilar; M.Jo’raev va M.Pirmatovaning ko’p yillik izlanishlari natijasida Buxoro, Surxondaryo, Navoiy, Samarqand, Xorazm viloyatlari hamda Qirg’iziston respublikasining O’sh viloyatida istiqomat qiluvchi o’zbeklarning an`anaviy taqvimiga oid boy fol’klor materiallari yozib olindi. Fol’klor bo’limining ilmiy xodimlaridan X.Xolova Buxoro viloyatining Qorako’l va Olot tumanlarida ilmiy izlanish ishlari olib borib, to’y marosim qo’shiqlarini to’plagan bo’lsa, L.Xudoyqulova Surxon vohasi aholisining bola tug’ilishi bilan aloqador irim-sirimlari, beshik to’yi, sunnat to’yi va nikoh to’yi marosimi fol’klorini yozib oldi. «Alpomish» dostoni yaratilganligining 1000 yilligi keng nishonlanishi munosabati bilan professor T.Mirzaev bu dostonning Berdi baxshi, Po’lkan va ergash Jumanbulbul o’g’li, Bekmurod Jo’raboy o’g’li, Saidmurod Panoh o’g’li variantlarini 1999 yilda alohida kitoblar holida to’la nashr ettirdi.
XX asr boshlarida mamlakatda qattiq ommaviy ocharchilik hz berdi. Bunga erlarni chigirtka bosib, ekin-tikinlarga katta talofat etkazgani ma`lum darajada sabab bo`lgan. SHu munosabat bilan bir necha mashhur termalar yaratilgan. Jumladan, Fozil shoirning «Qahatchilik», «CHigirtka» kabi termalari shunday asarlardandir. Ularda kambag`al dehqonning og`ir ahvoli, turmush qiyinchiligi real aks ettiriladi.
Istiqlol o`zbek fol`klorshunosligining jahoniy miqyosga intilishida keng yo`l ochib berdi. Milliy hurlik baxsh etgan ijod erkinligi tufayli xalq og`zaki ijodi namunalarini uzoq ajdodlarimizning tarixi, turmush tarzi, ibtidoiy, diniy va e`tiqodiy qarashlari bilan bog`liq holda o`rganish imkoniyatlari tug`ildi. Natijada ilgari sho`ro mafkurasi taqiqi tufayli nashr etilmagan “SHoh Mashrab qissasi” (1991), “Ibrohim Adham qissasi”(1991), “Hazrati Ali haqida qissalar” (1992), “Abu Muslim jangnomasi” (1992) va “Bobo Ravshan” (1992) singari diniy-axloqiy xarakterdagi xalq kitoblari keng jamoatchilik hukmiga etkazildi.
SHo`ro mafkurasi qatag`on qilgan Navro`z qayta tiklandi. SHu munosabat bilan har yili Respublika miqyosida ulkan xalq sayllari o`tkazish an`anaga aylanib bormoqda. Bunda xalq etnografik dastalari faol qatnashmoqda. SHu ommaviy harakat tufayli juda ko`p unutilib borayotgan an`anaviy xalq ijodi namunalari, urf-odatlari qayta tiklanib, xalqimiz mentalitetini ifoda etuvchi milliy qadriyatlar sifatida e`zozlana boshlandi. Bu jihatdan, ayniqsa, har yili bahorda Boysunda o`tkaziladigan “Boysun bahori” ko`rik-tanlovi, xalq baxshilari ko`riklari, Jizzax viloyatining Forish tumanida o`tkaziladigan “O`zbek xalq o`yinlari” va Termizda o`tkaziladigan “Alpomish o`yinlari” tadbirlari ayricha ahamiyat kasb etmoqda. SHunisi quvonchliki, “Boysun bahori” HNESKO qarori bilan xalqaro festival maqomini oldi va nodir ma`naviy yodgorlik sifatida ro`yxatga olindi.
SHuningdek, YUNESKO qarori bilan 1999 yilda o`zbek xalqining qahramonlik eposi “Alpomish” yaratilganligining 1000 va xalqimiz mifologik tafakkurining nodir durdonasi “Avesto” yaratilganligining 2700 yilliklari o`zbek fol`klorshunosligi taraqqiyotida ayricha ahamiyatga ega bo`lib, jahon miqyosida o`zbek fol`kloriga qiziqishni kuchaytirdi.
Xullas, XIX asrning ikkinchi yarmi va XX asrning boshlari – o`zbek fol`klori taraqkiyotida alohida bir bosqichni tashkil etadi. Bu davrda yaratilgan og`zaki ijod namunalarida davrning muhim ijtimoiy – siyosiy voqealarini kuylash, xalq ommasining sinfiy va siyosiy ongi hksala borishini ko`rsatishga intilish, ozodlik harakatlarini tasvirlash muhim o`rin tutadi. Vatanimiz mustaqillikka erishgach, hayotimizning barcha sohasida tub o‘zgarishlar amalga oshirildi. Ularga yangicha nazar bilan qarash, har bir sohani hurfikrlilik va milliylik tamoyillaridan kelib chiqqan holda shakllantirib, jamiyat hayotiga tadbiq qilish, bugungi kunning eng asosiy vazifasi sifatida belgilandi. Shu jumladan, ta'lim sohasi ham bu borada yetakchi o‘rinlarni egallaydi. Biron-bir imorat qad ko‘tarar ekan, uning asosi hisoblangan poydevoriga juda katta e‘tibor qaratiladi. Mustahkam poydevor esa, shakllanayotgan imoratning umriboqiyligini ya'ni kelajagini taminlaydi. O‘z mustaqilligini qo‘lga kiritgan davlatning poydevori esa, bu albatta, shu jamiyat bag‘rida o‘sib kelayotgan yosh avlod hisoblanadi. Ularni milliy mafkura ruhida tarbiyalash, avvalo ona vatanga, o‘z tarixiga hurmat va muhabbat tuyg‘ularini shakllantirish, yurtimizda olib borilayotgan ta’lim borasidagi islohotlarning asoslaridan biri hisoblanadi. Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev aytganlaridek: “Hammamizni tarbiyalagan,voyaga yetkazgan shu xalq. Barchamizga tuz-nasiba bergan ham – shu xalq. Bizga ishonch bildirgan, rahbar qilib saylagan ham shu xalq… Xalq rozi bo‘lsa, ishimizda unum va baraka bo‘ladi. Xalq bizdan rozi bo‘lsa, Yaratgan ham bizdan rozi bo‘ladi. Shunday ekan, biz ham ana shu xalqimizning milliyligi, urf-odatlari, bag‘rikengligi va mehmondo‘stligini butun dunyoga tanitishimiz, milliyligimiz va umuminsoniy qadriyatlarimiz tarannum etilgan asarlarni o‘rganishimiz va o‘rgatishimiz lozimdir” Adabiyot darslarida o‘quvchilaraing o‘z ma‘naviy kamolotlarini ta‘minlashda bevosita ishtirok etishlari, ijodiy fikrlashi, mustaqil tarzda bilim egallash ko‘nikmalarini shakllantirish va uni rivojlantirishlari, mavjud bilim, ko‘nikma va malakalarini yangi vaziyatlarda qo‘llay bilishlarida dramatik asarlar muhim ahamiyat kasb etadi. “So‘z san‘atining asosiy turlaridan biri bo‘lgan drama qadimgi yunon tilidan olingan bo‘lib harakat, amal-faoliyat degan ma‘nolami anglatadi. Dramatik asarlar, asosan, sahnada ijro etishga moijallangan bo‘lib, suhbat-dialog shaklida yoziladi. Dramatik turga drama, komediya, tragediya (fojea) singari janrlar mansubdir. Bunday bitiklarda voqelik asarda bevosita ishtirok etuvchi shaxslaming xattiharakatlari va nutqi orqali ochiladi. Dramatik asarlar sahnaga moslab yoziladi” [2; 5]. Ta’lim amaliyotida dramatik asarlarni o‘rganishda avval ularning matni bilan tanishish amalga oshiriladi. Agar imkoni bo‘lsa sahnada ko‘rish, yoki tasmaga yozilgan variant bilan tanishish juda samarali usul hisoblanadi. “O‘zbek dramaturgiyasi tarixida mustaqillik davri alohida bosqich sanaladi. Bu davr o‘zbek dramalarida o‘zbekona turmushning eng muhim qirralariga, milliy qadriyatlar va urf-odatlar talqiniga alohida diqqat qaratiladi. Boshqa adabiy tur va janrlar bilan dramatik asarlar taqqoslanganida uning poetik xususiyati va tarkibiy tuzulishini yaxshi anglab olish mumkin. Dramatik asar voqelikning o‘ziga xos badiiy talqini bo‘lgani uchun obrazlar tabiati ham dialogik va monologik nutq, xatti-harakat, imo-ishora, sukut, yig‘i yoki kulgi kabi sahnaga xos tasviriy-psixologik vositalar yordamida ochiladi. Tabiiyki, bu omillar sahna asarining umrboqiyligini belgilaydi” [3; 105] . Mustaqillik davri dramaturgiyasi mustaqil yurt o‘quvchilarining ma'naviy yuksak, axloqi pok, ruhiy olami mustahkam bo‘lishiga munosib hissa qo‘shadi. Jumladan, mustaqillik davri dramaturgiyasidan namuna sifatida Erkin A’zamning “Tanho qayiq” asari berilgan. Asar Orol bobodan dramatik rivoyat hisoblanadi .