Mehnat bozorini isloh qilish
|
Quyidagilarni nazarda tutuvchi mehnat bozorini isloh qilish bo‘yicha Kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish:
davlat sektorida ish haqi fondini isloh qilish (jumladan, ish haqini indeksatsiya qilish jarayonlari);
vaqtincha ishsizlikni sug‘urtalash xizmatidan foydalanishni soddalashtirish chora-tadbirlarini amalga oshirish;
ishlovchilarni ijtimoiy sug‘urtalashning amaldagi tizimini Xalqaro mehnat tashkiloti konvensiyalari va xalqa�o normalarga moslashtirish, shuningdek ayollar kamsitilishiga barham berishga yo‘naltirilgan bola parvarishi bo‘yicha nafaqa to‘lash tizimini takomillashtirish;
katta yoshlilar uchun ta’lim dasturlarini amalga oshirish, ularni zamonaviy kasblarga tayyorlash;
kasb-hunar texnik ta’lim dasturlarini modernizatsiya va diversifikatsiya qilish variantlarini tahlil qilish.
|
Kengash kotibiyatiga kiritish:
2019-yil iyul
Kengashda muhokama qilish:
2019-yil avgust
|
Asosiy ijrochi:
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (Kudbiyev)
Birgalikda ijro etuvchilar:
Ichki ishlar vazirligi
(Bobojonov),
Moliya vazirligi (Xaydarov),
Iqtisodiyot vazirligi (Xodjayev)
|