3.1
|
Pensiya islohoti
|
Quyidagilarni nazarda tutuvchi Davlat pensiya tizimini isloh qilish Konsepsiyasini ishlab chiqish:
pensiya tizimi tavakkalchiliklarini baholash, buning asosida amaldagi pensiya tizimini qayta ko‘rib chiqishni tashkil etish va uni isloh qilishning salohiyatli variantlarini aniqlash;
Pensiya jamg‘armasining axborot tizimlarini baholashni o‘tkazish (to‘lovlarni yig‘ish va hisob yuritish, nafaqalarni to‘lash va kelishish, a’zolar bilan aloqa va boshqalar);
mehnat daftarchalarini raqamlashtirish bilan birgalikda pensiya ajratmalari va bandlikni hisobga olish tizimlarini modernizatsiya qilish;
pensiya tizimi barqarorligining o‘rta va uzoq muddatli prognozini ishlab chiqish, maqbul pensiya formulasini ishlab chiqish.
|
Kengash kotibiyatiga kiritish:
2019-yil oktyabr
Kengashda muhokama qilish:
2019-yil dekabr
|
Asosiy ijrochi:
Moliya vazirligi (Xaydarov)
Birgalikda ijro etuvchilar:
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (Qudbiyev),
Iqtisodiyot vazirligi (Xo‘jayev),
Davlat soliq qo‘mitasi (Musayev)
|