Quyidagilarni nazarda tutuvchi energiya samaradorligini yaxshilash Strategiyasini ishlab chiqish:
qayta tiklanuvchi energiya qurilmalari ishlab chiqaruvchilari va iste’molchilarini qo‘llab-quvvatlash uchun zarur bo‘lgan imtiyoz va preferensiyalar berish, qayta tiklanuvchi manbalarni yanada rivojlantirish va ulardan hosil qilinadigan energiyadan foydalanish uchun shart-sharoitlar yaratish va rag‘batlantirish;
energiya sarfi yuqori bo‘lgan tarmoq va sohalarning energiya samaradorligini oshirish bo‘yicha maxsus tarmoq dasturlarini ishlab chiqish;
energiya samaradorligi standartlarini kengaytirish rejasini va markirovkalash dasturlarini ishlab chiqish;
energiya auditi va energiya auditorlari uchun akkreditatsiyalash/ sertifikatsiyalash me’yorlari va qoidalarini ishlab chiqish;
energiya iste’moli yuqori bo‘lgan korxonalarda ISO 50001 xalqaro standarti bo‘yicha energetika menejmenti tizimini joriy etish;
qayta tiklanadigan energiya obyektlari, jumladan quyosh va shamol energiya stansiyalari qurilishi uchun tariflarni belgilash va investorlarni tanlashning auksion usullarini joriy etish;
zamonaviy energiya resurslar bozorini shakllantirish, shuningdek energiya resurslari narxi siyosatini takomillashtirish, xususan blokli tariflash, auksion savdolari va boshqa mexanizmlarni joriy etish;
yangi energiya samarador biznes-modellar sifatida xususiy energoservis kompaniyalari (ESKO) va super-ESKOlarning energiya samaradorligiga ko‘maklashish uchun me’yoriy nizom va siyosatni ishlab chiqish.
|