“E-auksion” elektron savdo platformasida ishtirokchilarga elektron onlayn-auksion va tanlovlarni
tashkil etish va o‘tkazish xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha
OMMAVIY OFERTA
Ushbu “Ommaviy oferta” O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 358, 364, 367 va 369-
moddalariga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmon va Qarorlari, Vazirlar Mahkamasining
Qarorlari hamda o‘z ustavi asosida faoliyat yurituvchi “Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish
markazi” davlat unitar korxonasining (bundan buyon matnda – Operator) jismoniy
va yuridik shaxslar
(bundan buyon – ishtirokchi) bilan “E-auksion” elektron savdo platformasida elektron onlayn-auksionlar
va tanlovlarni o‘tkazish xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha shartnoma tuzish
yuzasidan rasmiy taklifi
hisoblanadi.
Ushbu “Ommaviy oferta” operatorning Internet tarmog‘ida e-auksion.uz manzilidagi rasmiy veb-
saytida joylashtirilgan vaqtidan boshlab kuchga kiradi va uni bekor qilish to‘g‘risidagi rasmiy xabarnoma
saytda joylashtirilgunga qadar amal qiladi.
Agar “Ommaviy oferta” o‘qilishida tafovutlar (turli xil talqinlar)
vujudga kelsa, O‘zbekiston
Respublikasi davlat tilida tuzilgan “Ommaviy oferta” asos qilib olinadi.
“Operator” “Ommaviy oferta”dagi shartlarni ushbu ommaviy oferta bilan belgilangan tartibda
o‘zgartirish huquqini o‘zida saqlab qoladi.
1. Atama va ta’riflar.
Ushbu Ommaviy
ofertada quyidagi atamalar, ta’riflar va qisqartmalar qo‘llaniladi:
“E-auksion” elektron savdo platformasi (keyingi o‘rinlarda – savdo platformasi) –
elektron
onlayn-auksion va elektron tanlovlarni tashkil etish va o‘tkazish uchun zarur axborotni kiritish, saqlash va
qayta ishlash, shuningdek, istagi bo‘lgan jismoniy va yuridik shaxslarning
bunday auksion va tanlovlar
jarayoniga kirish hamda ularda qatnashish imkonini ta’minlaydigan axborot tizimi;