Vaqtni tejash qonuni. Mehnat unumdorligi va unga ta’sir qiluvchi om illar Ishiab ehiqarish jarayonida moddiy n e’matlar hajmining to'xtovsiz oshib borishini, aytib o'tganimizdck, kishilar ehtiyojining cheksizligi taqozo etadi. Ishiab ehiqarish hajmini oshirish yo'llaridan biri mehnat unumdorligini oshirish hisoblanadi. Mehnat unumdorligi belgilangan vaqt .birligida 29 yaratilgan mahsulot miqdori bilan lfodalansa, keng ma’noda mehnat unumdorligi vaqtni tejash qonuni bilan o'lchanadi. Vaqtni tejash qonuni ijtimoiy taraqqiyotning eng muhim asosiy va ichki mantiqini aks ettiruvchi iqtisodiy qonundir.
Har qanday tejash texnika va texnologiyalardagi, xodimlar kasb mahorati va boshqarishni tashkil etishdagi ko'pgina ijobiy o ‘zgarishlar pirovardida ish vaqtini tejashga olib keladi. Mahsulot iste’mol qiymati, uskunalar quvvati va mustahkamligi, asboblarning aniqlik darajasi va xizmat muddati, oziq-ovqatlarning to ‘yimlilik darajasi, kiyim-kechaklar, poyafzallar va hokazolar sifatining oshishi ham pirovardida vaqtni tejashda ifodalanadi.
Yuksakroq mehnat unumdorligiga va ish vaqtini tejashga erishish ayni vaqtda ham jamiyat ishiab chiqaruvchi kuchlar taraqqiyoti daraj" suing o'sib borayotganligidan dalolat beradi, ham uning boyligi, xilma-xil moddiy va m a’naviy ne’matlar, xizmat bilan ta’minlash mezonini ko'rsatadi. Mehnat unumdorligiga ta’sir qiluvchi eng muhim omil jonli mehnatdir. Marjinalistlar (J.Sey, F.Bastiya — Fransiya) mehnat unumdorligiga ta’sir etuvchi omillar: mehnat, yer va kapital miqdori deb biladilar. Bu omillar bir xil ta’sir o'tkazadi, deb hisoblaydilar.
Ular qiymat uchta omil oiingan daromad asosida tashkil topadi deb hisoblaganlar. Daromad ish haqi, tadbirkorlik daromadi, foiz va rentadan tashkil topadi deb tushuntirganlar. XIX asr o'rtalarida mehnat qiymat nazariyasi yaratilgan. Bu nazariyaga asosan qiymat manfaatdorligi (bozorda) vaqtincha, doimiy manfaatdorlik esa (tabiiy) bo'ladi. Tabiiy manfaatdorlikka qiymat manfaatdorligi doimo intiladi. Bozor qiymati talab va taklif orqali ifodalanadi. Talab doimiy ravishda bozor qiymatiga bog'liq bo'ladi.
Tabiiy qiymat qayta ishiab ehiqarish bilan to'ldirish mumkin bo'lgan va to'ldirish mumkin bo'lmagan qiymatga bo'linadi. Tabiiy manfaatdorlik ishiab ehiqarish va muomala xarajatlariga bog'liq. Bularga asoslangan holda ishiab ehiqarish xarajatlari ish haqi, foydadan tashkil topib u sarf qilingan mehnatga bog'liq deb hisoblanadi.
Shunday qilib, mehnat qiymat nazariyasi sinfiy nazariya bo'lib o'rtacha narx darajasi ishiab ehiqarish xarajatlaridan kelib chiqadi. 30 Talab shu narx asosida kelib chiqadi. Sinfiy mehnat qiymat nazariyasi ayrim qarama-qarshiliklarga ega.
Bular quyidagilardan iborat: -har qanday jamiyat ishlab chiqarish jarayonini cheksiz ravishda rivojlantira olmaydi. Uning sababi ishlab chiqarish uchun zarur bo'lgan omillar cheklanganligidir. Bu o'z navbatida ishlab chiqarish xarajatlari nazariyasiga asoslanganda u ham cheksiz emas; -tovarlarga bo'lgan talablarni o'rganishni ta’minlovchi omillar o'rganilmagan; -sinfiy qiymat nazariyasi qiymatni mohiyatini to'liq ochib beraolmagan. Yangi iqtisodiy konsepsiya vakillari me’yoriy naflilik nazariyasini ilgari surmoqdalar. Bu nazariyaga asosan mahsulot naflilik chegarasiga ega. Faraz qilamizki, bir iste’mol tovarini naflilik chegarisi borki u insonni iste’mol talabani qondiradi, undan ortig'ini esa naflilik darajasi past bo'ladi.
Ishlab chiqarish jarayonining o'zi yuqorida aytib o'tilgan omillarning o'zaro bog'liqligini taqozo etadi. Ayrim olingan omil hech qachon mahsulot omili imkoniyatini bermaydi. Ular o'zaro aloqada bo'lganda bir-birini o'rnini bosgandagina ko'zda tutilgan maqsadga erishiladi. Omillarning o’zaro bog'liqlikda ifodalanishiga ishlab chiqarish funksiyasi deyiladi.