Ish rejasi



Yüklə 376,94 Kb.
tarix19.12.2023
ölçüsü376,94 Kb.
#184907
OCHIQ TURDAGI TERMODINAMIKA

ISH REJASI:

1.OCHIQ TIZIMLAR TERMODINAMIKASI.

2.SOPLO VA DIFFUZORLAR.

OCHIQ TIZIMLAR TERMODINAMIKASI. Ma’lumki, termodinamikaning birinchi qonuni yopiq sistemalarda energiyaning aylanish va saqlanish qonuni bo’lib, materiyaning aba diyligini hamda uning yo’qolmasligini ifodalaydi. Ikkinchi qonuni esa berk sistemalarda entropiya(tartibsizlik)ning uzluksiz ravishda oshib borishini anglatib, quyidagicha ifodalanadi: T Q S   (1) bu yerda Q - sistemaga berilgan issiqlik miqdori, T – esa absolyut temperatura.

Entropiya qonuni 1865 yilda Klauzius tomonidan ochildi, keyinchalik bu qonunga Bolstman statistik ma’no berdi. Unga ko’ra, “sistemaning entropiyasi ehtimolligi kichik bo’lgan holatdan entropiyasi yuqori bo’lgan holatga o’tishga intiladi”. Bu qonun uzoq yillar davomida fizikaviy, kimyoviy, biologik, kosmologik va boshqa bir qator masalalarni yechishda katta ahamiyatga ega bo’ldi. Lekin, o’z davrida bu qonunning biosfera kabi ochiq va chegaralanmagan tizimlar uchun qo’llash ba’zida noto’g’ri xulosalarga olib keldi. Bunga misol qilib “koinotning issiqlik o’limi” haqidagi qarashlarni aytish mumkin. Lekin, hozirgi zamon fizikasiga binoan koinot ochiq tizimdir va sistema xususiyatlariga qarab, uning entropiyasi oshishi yoki kamayishi mumkin. Bundan entropiya qonuni tabiatdagi jarayonlarni tushuntira olmaydi, degan xulosaga kelmaslik lozim. Faqatgina, yopiq sistemalar uchun yaratilgan entropiya qonuniga tegishli o’zgartirishlar kiritgan holda uni ochiq sistemalarga tadbiq etish kerak. Ma’lumki klassik mexanika qonunlari XX asr boshlariga kelib yorug’lik tezligiga yaqin tezliklarda harakatlanuvchi zarralar, o’lchamlari va massalari juda kichik bo’lgan mikroskopik jismlarning harakatini tushuntira olmaganligi uchun, relyativistik mexanika hamda kvant mexanikasining yaratilishiga olib keldi. Natijada klassik mexanika qonunlari zamonaviy mexanika qonunlarining xususiy holiga aylanib qoldi.

SOPLO Soplo — gaz, havo (bugʻ) va suyuqlikni purkash hamda ularning oqimi yoʻnalishi va tezligini rostlab turish uchun moʻljallangan konussimon uchlik. Gidravlik turbina, bug turbinasi, forsunka, reaktiv dvigatellarda (rayemga q.) ishlatiladi. S.ning koʻndalang kesimi toʻgʻri toʻrtburchak (yassi S), dumaloq (oʻq boʻyicha simmetrik S.) yoki ixtiyoriy shaklda (fazoviy S.) boʻlishi mumkin. Sda oqim yoʻnalishida suyuklik yoki gazning tezligi (i) uzluksiz (boshlangʻich tezlik iodan chiqishdagi tezlik ia gacha) oshib boradi (uqua).

Energiyaning sak,lanish qonuniga muvofiq, tezlik oshgan sari bosim va tra pasayib boradi. S.dagi suyuqlik yoki gaz oqimini hisoblashda ana shu xususiyatni hisobga olish kerak boʻladi. S texnikada (bugʻ va gaz turbinalarida, raketa va havoreaktiv dvigatellarda, magnitgazodinamika qurilmalarida, samolyotlar sinaladigan aerodinamik quvurlar va boshqalarda) keng ishlatiladi.

DIFFUZOR Diffuzor — 1) quvur yoki kanalning havo, gaz yoki suyuklik oqimi sekinlashadigan va bosimi oshadigan qismi. Havo oʻtkazish quvurlarida, gaz, neft tozalash va haydash uskunalarida, oʻlchash asboblarida D. boʻladi. Avtomobil dvigatellari karbyuratorlarida D. silindrlarga yuboriladigan yonilgʻi aralashmasining hosil boʻlish sharoitlarini (toʻla bugʻlanishi va changishini) yaxshilaydi, havo tezligini oshiradi; 2) elektrotexnikada — radiokarnay mexanik tebranuvchi tizimining bir qismi; havoda tovush toʻlqinlari hosil qilish uchun moʻljallangan;

3) fototexn ikada — kontrasti kamaytirilgan (yumshoq) rasmning fotografik tasvirini olish uchun moʻljallangan moslama; 4) alyuminiy olishda — maydalangan boksit boʻlaklari ishqor eritmasida ishlanadigan apparat. Odatda, 12—14 ta shunday apparatni ketma-ket biriktirib, batareya hosil qilinadi. Batareyaning bir tomonidan issiq suv berilib, ikkinchi uchidan konsentrlangan natriy alyuminat eritmasi olinadi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR: 1.WIKIPEDIA 2.fayyllar.org


Yüklə 376,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin