Quyidagilarni nazarda tutuvchi mahalliy darajada xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqish:
soliqlarni belgilash va mahalliy davlat hokimiyat organlarining daromadlardan foydalanishi bo‘yicha qo‘shimcha vakolatlarni berish hisobidan mamlakat budjet tizimini yanada nomarkazlashtirish;
“Obod qishloq” dasturining imkoniyatlarini kengaytirish va mustahkamlash;
mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish instituti sifatida “mahalla” mustaqilligini mustahkamlash strategiyasini ishlab chiqish;
ijtimoiy hisobdorlik loyihasini va fuqarolarning “Obod qishloq” dasturi orqali ishtirokini oshirish vositalarini loyihalashtirish hamda ishga tushirish;
mahalliy boshqaruv va nomarkazlashtirish sohasida isloh qilish va siyosatning batafsil rejasini joriy qilish;
loyihalarni viloyatlar (tumanlar, shaharlar) darajasida boshqarish sifatini oshirish.
|