Davlat ulushiga ega bo‘lgan korxonalarni isloh qilish
|
1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi davlat ulushiga ega bo‘lgan korxonalarni isloh qilish Strategiyasini ishlab chiqish:
davlat korxonalari samaradorligini oshirish va boshqarishni takomillashtirish, shu jumladan ularni nazorat qilish tartib-qoidalarini qayta ko‘rib chiqish;
turli davlat boshqaruvi organlari tasarrufida bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subyektlarining davlat ulushlarini yagona boshqaruv organiga berish;
davlat sektorida korporativ boshqaruv prinsiplarini keng joriy etish, shuningdek, “Mustaqil direktorlar” institutini rivojlantirish;
budjet subsidiyalarini qisqartirish va davlat korxonalari uchun bank moliyalashtirishidan imtiyozli foydalanish;
xususiy sektorni iqtisodiy va infratuzilma tarmoqlarida ishtirok etishga jalb qilish.
|
Kengash kotibiyatiga kiritish:
2019-yil mart
Kengashda muhokama qilishi:
2019-yil may
|
2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi davlat korxonalarining samaradorlik ko‘rsatkichlarini joriy etish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish:
mablag‘lar / faoliyat samaradorligi to‘g‘risida o‘z vaqtida va to‘g‘ri axborot olish uchun davlat korxonalarining monitoring tizimini joriy etish;
davlat korxonalari faoliyatiga manfaatdor tomonlarni jalb qilish bo‘yicha strategiyalarni ishlab chiqish va bosqichma-bosqich joriy etish;
bir-biriga bog‘liq tomonlar bilan bitimlarning shaffofligini oshirish maqsadida davlat korxonasini boshqarish siyosatini ishlab chiqish va bosqichma-bosqich joriy etish.
|
Kengash kotibiyatiga kiritish:
2019-yil iyun
Kengashda muhokama qilish:
2019-yil avgust
|
Asosiy ijrochi:
Davlat raqobat qo‘mitasi
(Sharipov)
Birgalikda ijro etuvchilar:
Moliya vazirligi (Xaydarov),
Iqtisodiyot vazirligi
(Xodjayev),
Adliya vazirligi
(Davletov)
|