4.1
|
Iqtisodiyotda davlatning rolini kamaytirish va davlatning iqtisodiy faoliyatini optimallashtirish
|
1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish:
ijtimoiy va davlat-xususiy sheriklikning huquqiy va institutsional bazasini takomillashtirish;
davlat-xususiy sheriklik loyihalarini ishlab chiqish, amalga oshirish va kuzatib borish bo‘yicha mutaxassislar tayyorlash;
davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish uchun xorijiy investitsiyalarni jalb qilish maqsadida xalqaro moliya institutlari, donor mamlakatlar, kompaniyalar va banklar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish.
|
Kengash kotibiyatiga kiritish:
2019-yil mart
Kengashda muhokama qilishi:
2019-yil may
|
Asosiy ijrochi:
Moliya vazirligi (Xaydarov)
Birgalikda ijro etuvchilar:
Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi,
Adliya vazirligi
(Davletov)
|
2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi iqtisodiyotda davlatning rolini qisqartirish bo‘yicha Kompleks qo‘shimcha chora-tadbirlarni ishlab chiqish:
davlat organlari funksiyalarining va davlat tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlarning ayrim turlarini xususiy sektor subyektlariga o‘tkazish;
yuridik shaxslarning professional uyushmalarini shakllantirish (o‘zini o‘zi boshqarish organlari) yo‘li bilan tadbirkorlik faoliyatining o‘zini o‘zi boshqarish bo‘yicha qonunchilik bazasini yaratish orqali davlat tomonidan tartibga solishni qisqartirish.
|
Kengash kotibiyatiga kiritish:
2019-yil iyun
Kengashda muhokama qilishi:
2019-yil avgust
|
Asosiy ijrochi:
Iqtisodiyot vazirligi
(Xodjayev)
Birgalikda ijro etuvchilar:
Moliya vazirligi (Xaydarov),
Davlat raqobat qo‘mitasi
(Sharipov),
Davlat soliq qo‘mitasi
(Musayev),
Adliya vazirligi (Davletov)
|