Atrof-muhitni boshqarish
|
Atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha quyidagilarni nazarda tutuvchi “Yo‘l xaritasi” ishlab chiqish:
atrof-muhit to‘g‘risida integratsiyalashgan ma’lumotlar bazasini ishlab chiqish;
atrof-muhit ixloslanishini kamaytirishni, tabiiy resurslardan samarali foydalanish va inson salomatligini yaxshilashni nazarda tutuvchi “yashil iqtisod”ni joriy etish;
amalga oshirish normativ bazasining asosiy tamoyillarini belgilash maqsadida ekologiya kodeksining loyihasini tayyorlash;
atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan foydalanish sohasidagi nazorat faoliyati to‘g‘risidagi sharhlar va tegishli yig‘ma ma’lumotlardan ommaviy foydalana olishni ta’minlash;
2019 — 2028-yillar mobaynida mamlakatda maishiy chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish strategiyasini ishlab chiqish;
iste’mol xususiyatini yo‘qotgandan keyin atrof-muhitga zarar yetkazadigan ishlab chiqarilgan va import qilingan tovarlar guruhiga ekologik badal joriy etish orqali atrof-muhitni muhofaza qilishni ta’minlashning iqtisodiy mexanizmlarini (“ifloslantiruvchi to‘laydi” tamoyili asosida) takomillashtirish.
|
Kengash kotibiyatiga kiritish
2020-yil avgust
Kengashda muhokama qilish:
2020-yil sentyabr
|
Asosiy ijrochi:
Davlat ekologiya qo‘mitasi
(Qo‘chqorov)
Birgalikda ijro etuvchilar:
Sog‘liqni saqlash vazirligi
(Shadmanov),
Suv xo‘jaligi vazirligi
(Xamrayev),
Qishloq xo‘jaligi vazirligi
(Yusupov),
Iqtisodiyot vazirligi (Xodjayev),
Moliya vazirligi (Xaydarov)
|
Izoh: “Yo‘l xaritasi”ga Iqtisodiy kengashning qaroriga ko‘ra o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilishi, normativ-huquqiy hujjatlar va chora-tadbirlar sohaga hamda tegishli munosabatlarni tartibga solish predmetiga qarab qayta ko‘rib chiqilishi yoki birlashtirilishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-yanvardagi PF-5614-son Farmoniga
2-ILOVA
2019 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasida tarkibiy islohotlar asosiy yo‘nalishlarining “Yo‘l xaritasi”ni amalga oshirishni ta’minlash bo‘yicha Iqtisodiy kengash
TARKIBI
A.N. Aripov
|
—
|
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri, Iqtisodiy kengash raisi
|
J.A. Qo‘chqorov
|
—
|
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — moliya vaziri, Iqtisodiy kengash raisining o‘rinbosari
|
B.M. Mavlonov
|
—
|
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi o‘rinbosari
|
G.K. Saidova
|
—
|
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi o‘rinbosari
|
E.M. Ganiyev
|
—
|
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi o‘rinbosari
|
D.R. Li
|
—
|
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari
|
M.B. Nurmuratov
|
—
|
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi
|
D.S. Qosimov
|
—
|
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Biznes-ombudsmen
|
A.I. Ikramov
|
—
|
O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi raisi
|
kelishuvga ko‘ra
|
—
|
O‘zbekistondagi xalqaro moliya institutlari vakolatxonalari rahbarlari
|
A.Y. Xaydarov
|
—
|
O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining birinchi o‘rinbosari, Iqtisodiy kengash kotibi
|
Izoh. Kengash a’zolari boshqa ishga o‘tgan
taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimga yangi tayinlangan yoki zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.01.2019-y., 06/19/5614/2437-son, 11.12.2019-y., 06/19/5892/4134-son)