Markaziy bank - mamlakatning pul belgilarini emissiya qilish (pul bosib chiqarish) va tijorat banklari faoliyatini nazorat qilish huquqi berilgan bosh davlat banki. Markaziy bank "banklarning banki" boʻlib, pul muomalasini tartibga solishda va byudjetni boshqarishda davlatga va hukumatga yordam beradigan organ hisoblanadi. Pul emissiyasini amalga oshirish, davlatning oltin-valyuta zaxiralarini saqlash, bank tizimini kreditlash, hukumat va tijorat banklarining hisoblarini olib borish, pul muomalasini tartibga solish, kredit muassasalarini nazorat qilish Markaziy bankning asosiy vazifasiga kiradi. Buyuk Britaniyada Angliya banki, AQSh Federal zaxira banki, Germaniyada Bundesbank, Yaponiya banki jahondagi eng yirik markaziy banklar qatorida turadi.
Tijorat banki - korxonalar, tashkilotlar, fuqarolarga universal bank xizmatlari (hisob-kitob, toʻlov operatsiyalari, qoʻyilmalarni jalb etish, omonatlarni saqlash, ssudalar berish, shuningdek, qimmatli qogʻozlar bozoridagi operatsiyalar) koʻrsatadigan yirik kredit muassasasi. Tijorat banki bank harakatlarini amalga oshirish uchun pul mablaglarini, asosan, qoʻyilmalar (omonatlar), banklararo kreditlar, oʻz aksiya va obligatsiyalarini chiqarish hisobiga shakllantiradi. Oʻzbekistonda Markaziy bank Tijorat banki faoliyati uchun litsenziya beradi va uning ishini nazorat qiladi. Tijorat banklari mulkchilikning turli shakllari asosida - davlat ishtirokidagi, davlat aksiyadorlik, ochiq va yopiq aksiyadorlik jamiyatlari tarzida tashkil etilgan. Mazkur banklarning respublika hududida faoliyat koʻrsatayotgan 800 dan ortiq, filiallari va 690 dan ortiq minibanklari bor. Respublikada 7 chet el Tijorat banklari, 4 xalqaro moliya tashkilotlarining vakolatxonalari faoliyat koʻrsatadi. Tijorat banki faoliyati Oʻzbekiston Respublikasining "Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida" (1996, 25-apr.) qonuniga muvofiq tartibga solinadi.
Bank hududiy filiallari bu uzoq hududda mijozlarga xizmat ko’rsatish bo’limalarini boshqarishni osonlashtirish uchun tashkil etiladi. Asosan ma’lum hudud viloyat shahar yoki tuman markazlarida joylashgan bo’ladi.
Bank xizmatlari markazi mijozlarga qulaylik yaratish va cheka hududlarda xam bank xizmatlarini etkazish va bank xizmatlari bilar yanada ko’proq hududlarni qamrab olish uchuntashkil etiladi.
Savdo nuqtalari bu aholi gavjum joylarda bank xizmatlarini ko’rsatish bankka yanada ko’proq mijoz jalb qilish va aholi ichiga bank o’zining xizmatlari bilan kirib borishi uchun kerak bo’ladi.