AKT va telekommunikatsiyalarni yanada rivojlantirish
|
Quyidagilarni o‘z ichiga olgan Milliy raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish (Raqamli O‘zbekiston-2030) Strategiyasini ishlab chiqish:
iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida elektron xizmatlar infratuzilmasini yaxshilash va raqamlashtirishga o‘tilishiga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish;
xususiy investitsiyalarni jalb qilish va ma’lumotlarni himoya qilish tizimini yaxshilash maqsadida elektron iqtisodiyot sohasidagi qonun hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish, shuningdek “Telekommunikatsiyalar to‘g‘risida”gi qonunning yangi tahririni qabul qilish;
texnologiya sohasida startaplarni venchur orqali moliyalashtirish, elektron �ijoratni jadal rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish;
iqtisodiyot tarmoqlari va kunlik hayotda blok-cheynlar, internet vositalari va boshqa zamonaviy internet texnologiyalarini joriy etish;
aholiga ko‘rsatiladigan xizmatlar turini kengaytirgan holda “Elektron hukumat” tizimini yanada takomillashtirish;
dasturlash, autsorsing bo‘yicha xizmatlarni rivojlantirish uchun sharoitlarni yanada yaxshilash.
|
Kengash kotibiyatiga kiritish:
2019-yil sentyabr
Kengashda muhokama qilish:
2019-yil noyabr
|