1. Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat dasturlari, konsepsiyalari va boshqalar]


III. Iqtisodiyot tarmoqlariga ma’muriy ta’sir ko‘rsatishni yanada qisqartirish va boshqaruvning bozor mexanizmlarini kengaytirish



Yüklə 420,18 Kb.
səhifə6/10
tarix11.05.2022
ölçüsü420,18 Kb.
#57564
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
PF-5185 08.09.2017

III. Iqtisodiyot tarmoqlariga ma’muriy ta’sir ko‘rsatishni yanada qisqartirish va boshqaruvning bozor mexanizmlarini kengaytirish

16.

Eng zarur iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohalarda (sanoat, transport, energetika va boshqalar) sog‘lom raqobat muhitini rivojlantirish, davlat va tijorat manfaatlari to‘qnashuvini bartaraf etishga qaratgan holda, boshqaruv tizimini takomillashtirish.

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari

jadvalga muvofiq

Komissiya

17.

Xususiy sektor samarali faoliyat ko‘rsatayotgan sohalarda davlat ishtirokidagi tijorat tashkilotlarini tuzishga cheklov choralarini belgilash va amaldagi korxonalarni qayta tashkil etish, shuningdek, sog‘lom raqobat muhitining rivojlanishini cheklayotgan alohida xo‘jalik yurituvchi subyektlarga eksklyuziv huquqlar, individual imtiyozlar hamda preferensiyalar berish amaliyotidan voz kechish.

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari

2018-yil
1-fevralga qadar

Iqtisodiyot vazirligi
(G. Saidova),

Davlat raqobat qo‘mitasi


(R. Gulyamov),

Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi


(A. Axmedxodjayev),
SSP (A. Ikramov)

18.

Quyidagilar orqali davlatning iqtisodiy faoliyatdagi ishtirokining aniq bozor mexanizmlarini ishlab chiqish:

davlat aktivlari va mulklarini, shu jumladan, davlat unitar korxonalari tomonidan boshqarishning amaldagi mexanizmlarini tahlil qilish;

iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish, davlat ulushi bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar bilan davlatning o‘zaro hamkorligi mexanizmlari bo‘yicha ilg‘or xorijiy tajribani o‘rganish;

davlat unitar korxonalarini tashkil etish va faoliyatiga rahbarlik qilish tartibini takomillashtirish, shuningdek, ularning sonini optimallashtirish;

ishonchli boshqaruvchilar va davlatning ishonchli vakillarining vakolatlarini, shuningdek, ular faoliyatining iqtisodiy va boshqaruv samaradorligini oshirishga qaratilgan zamonaviy ish shakllari va uslublarini joriy etish;

davlat ishtirokidagi xo‘jalik yurituvchi subyektlarni boshqarishning korporativ mexanizmlarini rivojlantirish.



Tahliliy materiallar, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari

2018-yil 1-martga qadar

Iqtisodiyot vazirligi
(G. Saidova),

Davlat raqobat qo‘mitasi


(R. Gulyamov),

SSP (A. Ikramov)



19.

Nazorat vakolatiga ega ijro etuvchi hokimiyat organlarini (O‘zdavneftgazinspeksiya, O‘zdavenergonazorat va boshqalar) ularning nazorati ostidagi xo‘jalik boshqaruv organlari (“O‘zbekneftgaz” AJ, “O‘zbekenergo” AJ va boshqalar) hisobidan moliyalashtirish amaliyotidan voz kechish.

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari

2018-yil 1-martga qadar

Moliya vazirligi
(B. Xodjayev),

Adliya vazirligi


(R. Davletov),

Iqtisodiyot vazirligi


(G. Saidova),

Davlat raqobat qo‘mitasi


(R. Gulyamov),

Axborot texnologiyalari vazirligi (Sh. Shermatov)



20.

Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning dolzarb masalalarini (ta’lim, sog‘liqni saqlash, turizm, kommunal xo‘jaligi, yo‘l-transport infratuzilmasi) hal qilishda nodavlat notijorat tashkilotlar va tadbirkorlik subyektlarining keng ishtirokini ta’minlashga hamda oqibatda budjet xarajatlarini kamaytirishga qaratilgan ijtimoiy va davlat-xususiy sheriklikning huquqiy va institutsional bazasini takomillashtirish.

“Davlat va xususiy sheriklik to‘g‘risida”gi qonun loyihasi va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar

2017-yil 1-noyabrga qadar

Iqtisodiyot vazirligi
(G. Saidova),

Sog‘liqni saqlash vazirligi


(A. Shadmanov),

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Madjidov),

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar kengashi, viloyatlar
va Toshkent shahar hokimliklari,

vazirlik va idoralar



21.

Ayrim davlat funksiyalarini:

ijro etuvchi hokimiyat organlari funksiyalari va davlat xizmatlarini xususiy sektorga o‘tkazishning maqsadga muvofiqligi nuqtai nazaridan inventarizatsiya qilish;

litsenziyalash, sertifikatlashtirish, akkreditatsiyadan o‘tkazish va ruxsat berish tartib-taomillari orqali o‘tkaziladigan funksiyalarning lozim darajada bajarilishi ustidan davlat nazorati mexanizmlarini joriy etish orqali xususiy sektorga o‘tkazish.

Davlat nazoratining ortiqcha ma’muriy choralarini (litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillari), shu jumladan, ularni muqobil tartibga solish turlariga (javobgarlikni majburiy sug‘urtalash, muvofiqlikni deklaratsiyalash va boshqalar) almashtirish orqali qisqartirish.



Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari

2018-yil 1-martga qadar

Vazirlar Mahkamasi
(A. Aripov),

Iqtisodiyot vazirligi


(G. Saidova),

Moliya vazirligi


(B. Xodjayev),

Davlat raqobat qo‘mitasi


(R. Gulyamov),

Adliya vazirligi


(R. Davletov),

Bosh prokuratura


(I. Abdullayev)


Yüklə 420,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin