IV. Vertikal boshqaruv tizimi va ijro etuvchi hokimiyat organlari hamkorligining mexanizmlarini takomillashtirish
22.
|
Respublika davlat boshqaruv organlari vakolatlarini mahalliy davlat hokimiyati organlariga, viloyatdan tuman (shahar) davlat hokimiyati organlariga o‘tkazishni nazarda tutgan holda, davlat boshqaruvini bosqichma-bosqich nomarkazlashtirish.
Davlat boshqaruvining turli darajadagi o‘zaro funksiya va vakolatlarini, xususan, umumdavlat miqyosidagi strategik masalalarni respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarida qoldirish, shuningdek, ular tomonidan mahalliy davlat hokimiyati organlariga berilgan vakolatlardan lozim darajada foydalanayotganligi ustidan nazorat qilishni aniq chegaralash.
|
Ijro etuvchi hokimiyat organlarining yangilangan nizomlari va tashkiliy-shtat tuzilmalari loyihalari
|
jadvalga muvofiq
|
Komissiya
|
23.
|
Mahalliy davlat hokimiyati organlarining moliyaviy imkoniyatlarini, shu jumladan:
mahalliy budjetga soliq ajratmalarini ko‘paytirish;
hududlarni rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish maqsadida mahalliy davlat hokimiyati organlarining soliq solish bazasini kengaytirishdan manfaatdorligini kuchaytirish orqali kengaytirish.
|
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari
|
2017-yil
1-noyabrga qadar
|
Moliya vazirligi
(B. Xodjayev),
DSQ (B. Parpiyev),
Iqtisodiyot vazirligi
(G. Saidova),
vazirlik va idoralar
|
24.
|
Hokimning mahalliy hokimiyat vakillik organining rahbari sifatidagi maqomini unda ijro etuvchi hokimiyat rahbari maqomini saqlagan va Xalq deputatlari kengashlarining kotibiyatini tuzgan holda qayta ko‘rib chiqish orqali mahalliy davlat hokimiyati tizimini tashkil etishda hokimiyatlar bo‘linishi tamoyilining amaliy ro‘yobga chiqarilishini ta’minlash.
|
Yangi tahrirdagi
“Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi qonun loyihasi
|
2017-yil
1-noyabrga qadar
|
Vazirlar Mahkamasi
(A. Aripov),
Adliya vazirligi
(R. Davletov),
Moliya vazirligi
(B. Xodjayev),
Iqtisodiyot vazirligi
(G. Saidova),
AQHMI (F. Muxamedov),
DBA (R. Kasimov),
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar kengashi, viloyatlar
va Toshkent shahar hokimliklari
|
25.
|
Mahalliy davlat hokimiyati organlarining, ayniqsa Xalq deputatlari kengashlarining ijro etuvchi hokimiyat organlari hududiy bo‘linmalari faoliyatini nazorat qilish bo‘yicha roli va mas’uliyatini oshirish
|
26.
|
Tegishli vakolatlarni hokimlarga bosqichma-bosqich o‘tkazish orqali hududiy ijro etuvchi hokimiyat organlarining rahbar kadrlarini tanlash va joy-joyiga qo‘yish masalalarida mahalliy davlat hokimiyati organlarining vakolatlarini kuchaytirish.
|
27.
|
Kelajakda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va hokimlar faoliyati ustidan ta’sirchan jamoatchilik nazoratini ta’minlashga qaratilgan hokimlarni saylash tartibini joriy etish.
|
28.
|
Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning dolzarb masalalarini hal etishda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining rolini va faoliyat samaradorligini oshirish.
|
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari,
kompleks chora-tadbirlar
|
2017-yil
1-noyabrga qadar
|
Iqtisodiyot vazirligi
(G. Saidova),
“Mahalla” fondi
(Sh. Javlonov),
Adliya vazirligi
(R. Davletov),
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar kengashi, viloyatlar
va Toshkent shahar hokimliklari
|
|