V. Davlat boshqaruvi tizimiga strategik rejalashtirishning zamonaviy shakllari, innovatsion g‘oyalar,
ishlanmalar va texnologiyalarni joriy etish
29.
|
Mamlakatning intellektual va texnologik salohiyatini oshirishning uzoq muddatli ssenariylari asosida ustuvor soha va tarmoqlarni innovatsion rivojlantirishning kelajakdagi modellarini shakllantirish imkonini beradigan strategik rejalashtirish tizimini yaratish, shu jumladan quyidagilar orqali:
“qisqa muddatli”, “o‘rta muddatli” va “uzoq muddatli” rivojlantirish dasturi tushunchalarini qonun hujjatlarida belgilash;
iqtisodiyot tarmoqlarini va ijtimoiy sohani rivojlantirishning istiqbolli uzoq muddatli davlat dasturlarini ishlab chiqish va qabul qilish.
|
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari
|
2018-yil 1-martga qadar
|
Iqtisodiyot vazirligi
(G. Saidova),
Moliya vazirligi
(B. Xodjayev),
AQHMI (F. Muxamedov),
Adliya vazirligi
(R. Davletov)
|
30.
|
Davlat boshqaruvining:
davlat xizmatlarini ko‘rsatishning tartib-taomillarini optimallashtirish va soddalashtirishga;
davlat organlari faoliyatining samaradorligini oshirishga qaratilgan innovatsion shakllarini joriy etish.
|
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari
|
2018-yil
1-yanvarga qadar
|
Fan va texnologiyalar agentligi (M. Boltabayev),
Iqtisodiyot vazirligi
(G. Saidova),
Axborot texnologiyalari vazirligi (Sh. Shermatov),
Loyiha boshqaruvi milliy agentligi (Sh. Sadikov),
Adliya vazirligi
(R. Davletov),
vazirlik va idoralar
|
31.
|
Ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatni rivojlantirish sohasini, shu jumladan, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni ishlab chiqish bo‘yicha har tomonlama qo‘llab-quvvatlash hamda unga investitsiyalarni keng jalb qilish, ularni yanada rivojlantirishni ta’minlaydigan normativ-huquqiy bazani shakllantirish.
|
“Innovatsiya faoliyati to‘g‘risida”gi qonun va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari, kompleks chora-tadbirlar
|
2018-yil
1-fevralga qadar
|
Vazirlar Mahkamasi
(A. Aripov),
Fan va texnologiyalar agentligi (M. Boltabayev),
Fanlar akademiyasi
(B. Yuldashev),
vazirlik va idoralar
|
32.
|
Ilmiy-tadqiqot va in�ovatsion faoliyatning zamonaviy yutuqlarini joriy etishning samarali mexanizmlarini, shu jumladan, ilmiy-eksperimental ixtisoslashtirilgan laboratoriyalar, yuqori texnologiyalar markazlari va texnoparklarni tashkil etish orqali yaratish.
|
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari,
kompleks chora-tadbirlar
|
2018-yil
1-yanvarga qadar
|
Fan va texnologiyalar agentligi (M. Boltabayev),
Iqtisodiyot vazirligi
(G. Saidova),
Loyiha boshqaruvi milliy agentligi (Sh. Sadikov),
vazirlik va idoralar
|
33.
|
Tabiatni muhofaza qilish, resurs va energiya tejaydigan texnologiyalarni keng joriy etish, shu jumladan quyidagilar orqali:
muqobil va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini keng qo‘llash;
suvni tozalash hamda chuchuklashtirishning zamonaviy shakllarini kengaytirish, undan oqilona foydalanish.
|
Kompleks
chora-tadbirlar
|
2017-yil
1-dekabrga qadar
|
Davlat ekologiya qo‘mitasi
|