1. Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat dasturlari, konsepsiyalari va boshqalar]



Yüklə 420,18 Kb.
səhifə3/10
tarix11.05.2022
ölçüsü420,18 Kb.
#57564
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
PF-5185 08.09.2017

“YO‘L XARITASI”

T/r

Tadbirlarning nomlanishi

Amalga oshirish shakli

Amalga oshirish muddatlari

Mas’ul ijrochilar

I. Davlat boshqaruv organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari (keyingi o‘rinlarda ijro etuvchi hokimiyat
organlari deb yuritiladi) faoliyatining institutsional va tashkiliy-huquqiy asoslarini takomillashtirish


1.

Quyidagilar asosida ijro etuvchi hokimiyat organlari, shu jumladan, ularning tarkibiy va hududiy bo‘linmalarini tashkil etish va tugatishning aniq mezonlari hamda tartib-taomillarini joriy qilish:

ma’muriy apparat va budjet yuklamasi asossiz ko‘payishining hamda davlat boshqaruvini byurokratlashtirishning oldini olish;

ularning tashkiliy-huquqiy shakllarini innovatsion rivojlanishning zamonaviy tendensiyalariga, shuningdek, vazifalari, funksiyalari va faoliyat yo‘nalishlar�ga muvofiqlashtirish;

u yoki boshqa tarmoqda davlat tomonidan tartibga solishning, shuningdek, tegishli ijro etuvchi hokimiyat organini tashkil etish yoki tugatishning ehtiyojini va maqsadga muvofiqligini o‘rganish;

ijro etuvchi hokimiyat organining huquqiy maqomini aniqlashtirish;

ijro etuvchi hokimiyat organlarining tashkiliy-huquqiy shakllari (vazirlik, davlat qo‘mitasi, agentlik, qo‘mita, markaz, inspeksiya va boshqalar) ro‘yxatini optimallashtirish.



“Davlat boshqaruvi asoslari to‘g‘risida”gi qonun loyihasi

2017-yil
30-sentabrga qadar

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi (N. Ismoilov),

DBA (R. Kasimov),

AQHMI
(F. Muxamedov),

Adliya vazirligi


(R. Davletov)

2.

Quyidagilarni inobatga olgan holda, ijro etuvchi hokimiyat organlarining sonini, ularning tuzilmasi va bo‘linmalarini optimallashtirish:

real ehtiyoj, ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarga salbiy ta’sirga yo‘l qo‘ymaslik;

respublika va hududiy ijro etuvchi hokimiyat organlari o‘rtasidagi nomutanosibligini bartaraf etish, shuningdek, kadrlar va moddiy resurslar oqilona taqsimlanishini ta’minlash;

tashkiliy-shtat tuzilmasining iqtisodiyot va jamiyatning real talablariga, har bir ijro etuvchi hokimiyat organining yangi vazifalariga, funksiyalariga va faoliyatining ustuvorligiga muvofiqligini ta’minlash;

ijro etuvchi hokimiyat organlarining umumfunksional tarkibiy tuzilmalarini (kadrlar, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash, o‘z xavfsizligi, yuridik xizmat, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, metodologiya va boshqa bo‘linmalar) tashkil etishning yagona mezonlaridan va ularning shtat birligini belgilashning normativlaridan foydalanish;

xizmat yuklamasi va ish hajmi tahlilidan, shuningdek, vazifa, funksiya va vakolatlarni nomarkazlashtirishdan kelib chiqib, ijro etuvchi hokimiyat organlari va ularning hududiy tuzilmalari o‘rtasida mavjud shtat birliklarini oqilona taqsimlash;

ijro etuvchi hokimiyat organlarining ortiqcha, shu jumladan, ijro etuvchi hokimiyat organining o‘zida va boshqa organlar bilan ishlarni takrorlovchi tarkibiy tuzilmalari va muassasalarini, shuningdek, vazifa va funksiyalari xususiy sektorga o‘tkaziladigan yoxud davlat-xususiy sheriklik doirasida amalga oshiriladigan tarkibiy tuzilmalarni qisqartirish.


Jadval tasdiqlash

ijro etuvchi hokimiyat organlarining yangilangan nizomi va tashkiliy-shtat tuzilmalari loyihalari



bir hafta muddatda

jadvalga muvofiq



O‘zbekiston Respublikasida Ma’muriy islohotlar konsepsiyasini amalga oshirish bo‘yicha komissiya (keyingi o‘rinlarda Komissiya deb yuritiladi)

tegishli

ishchi guruhlar


3.

Ijro etuvchi hokimiyat organlari va ular rahbarlarining O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tegishli departamentlari bilan o‘zaro hamkorligi mexanizmlarini qayta ko‘rib chiqish va takomillashtirish hisobiga biriktirilgan sohada davlat siyosati amalga oshirilishi uchun ularning mustaqilligini oshirish.

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari

2018-yil
1-yanvarga qadar

Komissiya

4.

Quyidagilarni nazarda tutgan holda, barcha darajadagi ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatiga “Elektron hukumat” tizimini va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada keng joriy etish:

ma’muriy tartib-taomillarni optimallashtirishni;

boshqaruv jarayonlarini avtomatlashtirishni;

hududlar va butun mamlakatda yuzaga kelayotgan tahdid va muammolarga o‘z vaqtida hamda munosib ta’sir ko‘rsatish uchun axborot almashishning samarali tizimini shakllantirish.



Qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish, kompleks
chora-tadbirlar

2018-yil
1-yanvarga qadar

Axborot texnologiyalari vazirligi (Sh. Shermatov),

Loyiha boshqaruvi milliy agentligi (Sh. Sadikov),

vazirlik va idoralar


5.

Davlat xizmatlarini ko‘rsatish tizimini:

“yagona darcha”, shu jumladan, idoraviy markazlar negizida jismoniy va yuridik shaxslarga davlat xizmatlari ko‘rsatish yagona markazlarini tashkil etish;

barcha davlat xizmatlarini tartibga solish va ularni yagona reyestrga kiritish;

davlat xizmatlarini ko‘rsatishda ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan idoralararo hamkorlik yo‘li bilan olish lozim bo‘lgan hujjatlar va ma’lumotlarning ro‘yxatini belgilash va bosqichma-bosqich kengaytirish orqali yanada takomillashtirish.



Qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish

2018-yil
1-fevralga qadar

Axborot texnologiyalari vazirligi (Sh. Shermatov),

Adliya vazirligi



Yüklə 420,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin