13-Mavzu: Multimediyali tarmoq texnologiyalarida uzatishlar



Yüklə 35,72 Kb.
səhifə1/6
tarix25.09.2023
ölçüsü35,72 Kb.
#148119
  1   2   3   4   5   6
1-Mavzu Multimediyali tarmoq texnologiyalarida uzatishlar

13-Mavzu: Multimediyali tarmoq texnologiyalarida uzatishlar.




Reja:



  1. Multimedia sinflari

  2. Multimediali trafik

  3. IP texnologiya

  4. IP-telefoniya

  5. VoIP – texnologiyasi

  6. Google tizimlari



    1. Multimedia sinflari


Multimediani uzatish nuqtai nazaridan, real vaqtda uzatiladigan (Real-Time – RT) yoki real vaqtda uzatilmaydigan (Non Real-Time – NRT) sinflarga bо‘linishi mumkin.
Birinchi turdagi multimedia (RT), paketlarni kechikishiga chegarani talab
etadi, xuddi shu vaqtda multimedianing ikkinchi turi (masalan matn va tasvir) bunday chegaralanishni talab etmaydi lekin ularni uzatishda xatoliklar paydo bо‘lmasligi uchun qattiq chegaralanishga ega.
Multimediali ma’lumotlarni uzatishda xatoliklarni nazorat qilish uchun ikkita asosiy yondashuv mavjud:
Birinchisi, yо‘qolgan yoki shikastlangan paketlarni uzatishda avtomatik takrorlash (Automatic Retransmission reQuest – ARQ). Bu yondashish transport satxidagi TCP (Transport Control Protocol) protokolida TCP/IP protokoli stekida qо‘llaniladi.
NRT-axborotini xatolarsiz uzatishni talab qiluvchi ilova, odatda aynan shu protokolni talab etadi.
Ikkinchi yondashishda (Forward Error Correction – FEC), p aketlarni qayta uzatmasdan xatoliklarni aniqlash va tо‘g‘rilash imkonini beruvchi ortiqcha axborot uzatiladi. Bunday yondashuv transport satxining boshqa p rotokolida UDP (User Datagram Protocol), TCP/IP protokolining shu stekida qо‘llaniladi. Multimediali ma’lumotlarni almashlovchi, xatoliklarga yо‘l qо‘yuvchi (RT kabi NRTda ham) ilova, odatda paketlarni uzatishda vaqtni yо‘qotishdan xoli bо‘lish uchun UDPni qо‘llaydi.
RT, diskret (Discrete media – DM) va uzluksiz (Continuous media – CM) multimediaga bо‘linadi. Bu asosan ma’lumotlar diskret yoki uzduksiz oqimda uzatilishiga bog‘liq. О‘z navbaida SM xatoliklarga yо‘l qо‘yuvchi va xatoliklarga yо‘l qо‘ymaydigan turlaga bо‘linishi mumkin.
Birinchi turdagi RT ga misol qilib ovozli va videokonferensiyalarni

о‘tkazishda qо‘llaniladigan ovozli va video oqimlarni olish mumkin. Ikkinchi ilovaga misol qilib esa uzoqdagi kompyuterni ishga tushurishni tushunish mumkin.



Yüklə 35,72 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin