ANORGANIK BIRIKMALARNING ENG MUHIM SINFLARI Reja: 1. Anorganik birikmalarning sinflari
2. Oksidlar va ularning birikmalari.
3. Kislotalar va ularning kimyoviy xossalari.
4. Asoslar, kimyoviy xossalari.
5. Tuzlar, kimyoviy xossalari.
Tayanch so‘zlar: Anorganik birikmalarning sinflari, Oksidlar, kislotalar, asoslar, tuzlar.
Anorganik birikmalarni 2 ta katta sinfga bo‘lib o‘rganamiz ular: 1.Oddiy moddalar (Metallar va metallmaslar). 2.Murakkab moddalar (Oksidlar, kislotalar, asoslar, tuzlar.)
Oksidlar. Elementlarning kislorod bilan hosil qilgan birikmalari oksidlar deyiladi. Demak, oksid biror element bilan kisloroddan iborat.
Oksidlar, nomenklaturasi (sistematik nomi)
MnO-marganets (II)-oksidi yoki marganets monooksid
Mn2O7-marganets (YII)-oksidi yoki dimarganetsning gepto oksidi
Fe2O3-temir (III)-oksidi yoki temir uch oksidi
CO2-uglerod (IY)-oksidi yoki uglerod dioksid
Oksid turlari A) Tuz hosil qilmaydigan oksidlar: N2O, GeO, NO, CO
B) Tuz hosil qiluvchi oksidlar:
Asosli oksid Amfoter oksid Kislotali oksid K2O ZnO CO2 CaO Al2O3 SO3 BaO SnO N2O5 MgO BeO P2O5 Oksidlarning olinishi Oddiy moddaning kislorod bilan birikishidan
4Na+O2=2Na2O C+O2=CO2 Murakkab moddaning parchalanishdan:
a) Gidroksidlarni parchalashdan
2Al(OH)3→Al2O3+3H2O; Ca(OH)2-→CaO+H2O;
b) Kislota va fosfor (Y)- oksidning o‘zaro ta’siridan
2HNO3+P2O5 = P2O5+2HPO3 v) Tuzlarni parchalashdan
CaCO3 →CaO+CO2; NH4NO3 →N2O+2H2O
g) Kislotalarning parchalanishi:
H2SiO3 →SiO2+H2O
Murakkab moddalarning yonishidan:
4FeS2 + 11O2 → 2Fe2O3 + 8SO2; C2H5OH + 3O2 = 2CO2 + 3H2O
Tarkibida kislorod bo‘lgan moddalarni ko‘mir bilan qaytarishdan
2H2SO4 + C = 2SO2 + CO2 + 2H2O
Metallotermiya usulida: 3Mg + Fe2O3 = 3MgO + 2Fe