Energetika va transport tizimlari



Yüklə 34,37 Kb.
tarix29.12.2021
ölçüsü34,37 Kb.
#48881
2 (2)


ISLOM KARIMOV NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT TEXNIKA

UNIVERSITETI TERMIZ FILIALI

ENERGETIKA VA TRANSPORT TIZIMLARI” FAKULTETI

TRANSPORT VOSITALARI MUHANDISLIGI” YO`NALISHI

1-21 V GURUH TALABASI TO`RAYEV JAHONGIRNING

KIMYO FANIDAN “OKSIDLAR, ASOSLAR,TUZLAR VA

KISLOTALARNING OLINISHI VA XOSSALARI” MAVZUSIDA

YOZGAN

MUSTAQIL ISHI

2021-YIL

REJA :


  1. OKSIDLAR



  1. ASOSLAR

3 ) KISLOTALAR

4 ) TUZLAR

Oksidlar, tabiiy oksidlar (yun. oxys — nordon) — elementlarning kislorod bilan tabiiy kimyoviy birik-malari, minerallar sinfi. 300 tacha mineralni oʻz ichiga oladi. Tabiatda eng koʻp uchraydigan O.dan biri — suv (vodorod oksidi). Silikat angidrid (SiO2) koʻpgina togʻ jinslari tarkibiga kiradi. Eng keng tarqalgan O. hosil qiluvchi elementlar: Si, Fe, Mn, Al, kamroq miqsorida — Cu, U. O.ning aksariyati — ion aloqali birikmalar, ammo kremnezyom (Si), nemetall (As, Se, Te) va xalkofil (Si, Pb, Zn, Sn, Hg, Cd, In, Bi, Sb) elementlar minerallari kovalentli aloqalar bilan tavsiflanadi. Odatda, O. tarkibida gid-roksid va oksigidratlar (bir paytda O2~ va ON~) birlashmalari mavjud. Normal oksid molekulasi tarkibidagi barcha kislorod atomlari faqat oʻsha element atomlariga birikkan boʻladi, lekin oʻzaro birikmaydi. Peroksid, superoksid va ozonidlar tarkibiga kislorod atomlari faqat element atomlariga birikib qolmay, bir-biri bilan ham birikadi (mas, SnO2 — normal oksid, VaO2 — peroksid). Normal O. elementlarning kislorod bilan bevosita birikishidan, elementlarning gidroksidlari karbonat, nitrat, sulfat va boshqa kislorodli kislotalar tuzlarining ajralishidan hosil boʻladi.

Kimyoda asos vodorod ionlari (protonlar) ni qabul qila oladigan, yoki keng aytganda, elektron juftlarini bera oladigan moddadir. Eruvchan asosga, agar u gidroksid ionlariga (OH-) ega boʻlsa va ularni qoʻyib yuborsa, ishqor deyiladi. Brønsted-Lowry (talaffuzi: Broʻnsted-Louri) nazariyasi asoslarni proton akesptorlari, Lewis (talaffuzi: Luis) nazariyasi esa elektron juftlari donorlari, deydi.[1] Eski Arrhenius (talaffuzi: Arrenius) nazariyasi asoslarni gidroksid anionlari, deydi,[2] lekin bugunda bu taʼrif faqat ishqorlarga tegishli. Suvda asoslar kimyoviy muvozanat avtoionlanishini oʻzgartirib, sof suvdagidan kamroq faollikli vodorod ionili eritmalar beradi, yaʼni pH normal sharoitda 7 dan yuqori boʻladi. Keng tarqalgan asoslarga misol qilib natriy gidroksid olish mumkin. Metall oksidlari, gidroksidlar va ayniqsa alkoksidlar kuchli, kuchsiz kislotalarning teskari anionlari esa kuchsiz asoslardir.

Asoslar kislotalarga kimyoviy jihatdan qarama-qarshidir deb qarash mumkin. Asos va kislota orasidagi kimyoviy reaksiyaneytrallashish, deyiladi. Asos va kislotalar qarshiligi shundaki, kislota suvda gidroksoniy ioni (H3O+) konsentratsiyasini oshiradi, asos esa, aksincha, pasaytiradi. Asos va kislotalar odatda suvli eritma shaklida bo'ladi. Asos suvli eritmasi kislota suvli eritmasi bilan reaksiyaga kirib, suv va tuzlar hosil qiladi, bunda tuz suvli eritmada uni tashkil etuvchi ionlarga ajraladi. Agarda suvli eritma tegishli tuz bilan toʻyingan boʻlsa, reaksiya natijasida eritmada tuz choʻkmasi hosil boʻladi.

2.ASOSLARNING OLINISH USULLARI. Asoslar bir nеcha usullar yordamida olinadi. Masalan:

1). Aktiv mеtallarni suvga ta'sir ettirib : 2Na+2H2O=2NaOH+H2; Ca + 2H2O = Ca(OH)2 +H2

2) Asosli oksidlarga suv ta'sir ettirib: Na2O + H2O =2NaOH, CaO + H2O = Ca(OH)2

3) Suvda yomon eriydigan asoslar olish uchun ularning tuzlarga ishqor ta'sir ettiriladi: CuSO4 + 2NaOH = Cu(OH)2 + Na2SO4 FeCl3 + 3NaOH = Fe(OH)3 + 3NaCl MgCl2 + 2NaOH =Mg(OH)2 + 2NaCl

Bu usul bilan suvda yaxshi eriydigan asoslar ham olish mumkin. Bunday hosil bo’layotgan tuz suv va ishqorda erimaydi. Masalan: Na2CO3 + Ca(OH)2 = 2NaOH + CaCO3 K2SO4 + Ba(OH)2 = BaSO4 = BaSO4 + 2KOH



Kislota (rus. кислота - "nordonlik") asos bilan reaksiyaga kirishadigan moddadir. Kislota vodorod va kislota qoldigʻidan iborat boʻladi. Kislota kalsiy kabi metallar vanatriy karbonat kabi asoslar bilan reaksiyaga kirishadi. Suvli kislotalar pH koʻrsatkichi 7 dan kam, bunda qancha kichik pH boʻlsa, kislota shunchalik kuchlidir.

Keng tarqalgan kislotalar sirasiga sirka kislotasi (sirkada), sulfat kislotasi(akkumulatorlarda) va vino kislotasi (mevalarda) kiradi. Kislotalar eritma, suyuq, qattiqyoki gaz holatlarda boʻladi. Kuchli va baʼzi kuchsiz konsentratsiyalangan kislotalar yemirish xususiyatiga ega, biroq karboran va bor kislotasi kabilarda bu xususiyat mavjud emas.

Kislotalar uchun keng tarqalgan uchta taʼrif bor: Arrhenius (talaffuzi: Arrenius), Brønsted-Lowry (talaffuzi: Broʻnsted-Louri) va Lewis (talaffuzi: Luis) taʼriflari. Arrhenius taʼrifi kislota eritmada gidroksoniy ionlari (H3O+) konsentratsiyasini oshiradigan moddadir, deydi. Brønsted-Lowry taʼrifi qoʻshimcha qiladi: kislota proton donori boʻla oladigan moddadir. Kundalik hayotda duch keladigan aksariyat kislotalar suvli eritma yoxud suvda eriydi, shuning uchun ushbu ikki taʼrif koʻproq qaraladi. Kislota pHi 7 dan kamligi sababi gidroksoniy ionlari konsentratsiyasi 10-7 mol/l dan oshiqligidadir. pH gidroksoniy ionlari konsentratsiyasi manfiy logarifmi, deb taʼriflangani uchun kislota pHi 7 dan kichikdir. Brønsted-Lowry taʼrifiga koʻra osonlikcha protonsizlasha oladigan har qanday birikma kislota, deb hisoblanishi mumkin. Misol qilib O-H yoki N-H qismlarini oʻz ichiga oladigan spirt yokiaminlarni olish mumkin.

Lewis taʼrifi esa kimyoda kam ishlatiladi. Lewis kislotalari elektron juftlari akseptorlaridir. Lewis kislotalariga metall kationlari hamda bor triftoridi va aluminiy trixloridi kabi elektroni kam molekulalar kiradi. Gidroksoniy ionlari keltirilgan uch taʼrifga binoan kislotalardir. Qiziqarlisi shundaki, spirt va aminlar ularning kislorod va azot atomlaridagi yolgʻiz elektronlar tufayli Brønsted-Lowry taʼrifiga koʻra kislota, Lewis taʼrifiga koʻra esa asos, deb qaraladi.



Tuzlar — kimyoviy birikmalar sinfi; oddiy sharoitda ionli tuzilishga ega boʻlgan kristall moddalar. Ularga metall kationlari (yoki ammoniy {\displaystyle ~\mathrm {NH_{4}^{+}} } ;fosfoniy {\displaystyle ~\mathrm {PH_{4}^{+}} } ; gidroksoniy {\displaystyle ~\mathrm {H_{3}O^{+}} }  kationlari) va kislota qoldigʻianionlaridan tashkil topgan moddalar kiradi. Elektrolitik dissotsiatsiyanazariyasiga muvofiq, tuzlar eritmada musbat zaryadlangan ionlar — kationlar (asosan, metallar) va manfiy zaryadlangan iondar — anionlarga dissotsilanadigan kimyoviy birikmalardir. Tuzlar quyidagi turlarga boʻlinadi: oʻrta (yoki neytral) tuzlar, nordon (yoki gidro) tuzlar, asosli (yoki gidrokso) tuzlar, aralash tuzlar, qoʻsh tuzlar, kompleks tuzlar — natriy sulfat, K4P2O7 — kaliy pirofosfat, CH3COONa — natriy atsetat. Nordon tuzlar gʻosil boʻlganida kislotadagi vodorod atomlari metallga batamom almashinmaydi: mas., NaHSO4 — natriy gidrosulfat, Sa(NSO3)2 — kaltsiy gidrokarbonat. Asosli tuzlar hosil boʻlganida asosning barcha gidroksil guruxlari metallga toʻliq almashinmaydi: mas., ZnOHCl — pyx gidroksoxlorid, [Fe(OH)2]SO4 — temir (P)gidroksosulfat. Asosli tuzlardan tashqari oksotuzlar .gʻam maʼlum. Ular asosli tuzlarni suvsizlantirish natijasida olinadi; mas., magniy gidroksoxlorid MgOHCl suvsizlantirilsa, magniy oksoxlorid MgOCl2 hosil boʻladi. Aralash tuzlar — asos gidroksidlarining boshqaboshqa kislota krldiklariga almashinishi natijasida hosil boʻladigan mahsulotlar, mas., Sa(ON)2 dagi OH~ guruxlarining birini xlor ioni Cl~ ga, ikkinchisini SYU" ga almashtirilsa, aralash tuzlar Sa(OS1)S1 kelib chiqadi. Qoʻsh tuzlar — biror kislotadagi vodorod atomlarining turli metallarga almashinish mahsulotlari; mas., KNaCO3, KAl(SO4)2. Bularni Na2CO3K2CO3, K2SO4A12(SO4)3 shaklida ham yozish mumkin. Agar biror qoʻsh tuzlar garkibidagi metallardan biri anion tarkibiga kirsa, bunday qoʻsh tuzlarni kompleks tuzlar deb qarash kerak; mas., agar KClMgCl2 tarkibidagi magniy metali anion tarkibiga kirsa, K [MgCl3] shaklli kompleks tuzlar, 3NaFAlF3 tarkibidagi alyuminiy metali anion tarkibiga oʻtsa, Na3[AlF6] shaklli kompleks tuzlar kelib chiqadi. Umuman qoʻsh tuzlar bilan kompleks tuzlar orasida anik, chegara yoʻq: qoʻsh tuzlar atsidokomplekslar jumlasiga kiritiladi.

Tuzlar laboratoriya usulida kislota va asoslarni bir-biriga taʼsir ettirib olinadi. Tuzlarning tavsifli xossalaridan biri uning qutbli eritmalarda, ayniqsa, suvda eruvchanligidir. Tabiatda tuzlar koʻl, dengiz va okean suvlariga yigʻila boradi. Suv havzalari quriganida oʻsha joylarda osh tuzi (NaCl) va boshqa tuzlar konlari paydo boʻladi.



Oʻzbekiston va Qozogʻiston hududlaridagi tuz konlari 1943—48-yillarda ilk oʻzbek kimyogarlaridan S. Muqimov (1899—1956) ragʻbarligidagi ilmiy ekspeditsiya tomonidan oʻrganildi. "Dengizkoʻl" (Buxoro), "Tuzkon" (Jizzax), "Shoʻrkon" (Fargʻona), "Xoʻjakon" (Surxondaryo) shoʻr suv havzalarining mineral, tuzli eritmalarning gidrokimyoviy tarkibi, tuzli qatlamlarning hosil boʻlish qonuniyatlari aniklandi. Bu havzalar osh tuzi bilan bir katorda qimmatli natriy sulfat, shuningdek, kaliyli, magniyli va bromli tuzlarga boy ekanligi, tuzli qatlamlarda natriy xloriddan tashqari, tarkibida magniy va natriy boʻlgan astraxonit va eleolit koʻrinishidagi minerallar borligi koʻrsatib beriddi. Tajribalar natijasida tuzli konlardan amalda foydalanish, tuzli eritmalar va suv havzalari tubidagi balchikdarni mahalliy shifoxonalarda muolajalar uchun qoʻllash tavsiya etildi.

Tuzlar tabiat va texnikada juda katta ahamiyatga ega. Tuzlar hayvon va oʻsimlik organizmining muhim tarkibiy qismidan biri. Osh tuzi qadim zamonlardan beri ovqatga ishlatib kelinadi. Tibbiyotda ham turli tuzlar ishlatiladi. Metallurgiya, shisha, toʻqimachilik, koʻn, lokboʻyoq sanoatlarida, qishloq xoʻjaligi va boshqa sohalarda tuzlar keng qoʻllanadi. Baʼzi tuzlar (mas., ammoniy nitrat, kaliy nitrat, kaliy sulfat) mineral oʻgʻitlar sifatida ishlatiladi.[1] Kundalik roʻzgʻorda isteʼmol uchun NaCl tuzi (osh tuzi) ishlatiladi.
Yüklə 34,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin