REFERAT
UMUMIY KIMYO FANIDAN
22-15 GURUH TALABASI
LUTFULLAXONOV ABDULLAXON
TUZLAR
Tuzlar — kimyoviy birikmalar sinfi; oddiy sharoitda ionli tuzilishga ega boʻlgan kristall moddalar. Ularga metall kationlari (yoki ammoniy NH4+ ; fosfoniy PH4+ ; gidroksoniy H3O+ kationlari) va kislota qoldigʻi anionlaridan tashkil topgan moddalar kiradi. Elektrolitik dissotsiatsiya nazariyasiga muvofiq, tuzlar eritmada musbat zaryadlangan ionlar — kationlar (asosan, metallar) va manfiy zaryadlangan iondar — anionlarga dissotsilanadigan kimyoviy birikmalardir. Tuzlar quyidagi turlarga boʻlinadi: oʻrta (yoki neytral) tuzlar, nordon (yoki gidro) tuzlar, asosli (yoki gidrokso) tuzlar, aralash tuzlar, qoʻsh tuzlar, kompleks tuzlar — natriy sulfat, K4P2O7 — kaliy pirofosfat, CH3COONa — natriy atsetat. Nordon tuzlar gʻosil boʻlganida kislotadagi vodorod atomlari metallga batamom almashinmaydi: mas., NaHSO4 — natriy gidrosulfat, Ca(HCO3)2 — kaltsiy gidrokarbonat. Asosli tuzlar hosil boʻlganida asosning barcha gidroksil guruxlari metallga toʻliq almashinmaydi: mas., ZnOHCl — pyx gidroksoxlorid, [Fe(OH)2]SO4 — temir (P)gidroksosulfat. Asosli tuzlardan tashqari oksotuzlar .gʻam maʼlum. Ular asosli tuzlarni suvsizlantirish natijasida olinadi; mas., magniy gidroksoxlorid MgOHCl suvsizlantirilsa, magniy oksoxlorid MgOCl2 hosil boʻladi. Aralash tuzlar — asos gidroksidlarining boshqaboshqa kislota krldiklariga almashinishi natijasida hosil boʻladigan mahsulotlar, mas., Sa(ON)2 dagi OH~ guruxlarining birini xlor ioni Cl~ ga, ikkinchisini SYU" ga almashtirilsa, aralash tuzlar Sa(OS1)S1 kelib chiqadi. Qoʻsh tuzlar — biror kislotadagi vodorod atomlarining turli metallarga almashinish mahsulotlari; mas., KNaCO3, KAl(SO4)2. Bularni Na2CO3K2CO3, K2SO4A12(SO4)3 shaklida ham yozish mumkin. Agar biror qoʻsh tuzlar garkibidagi metallardan biri anion tarkibiga kirsa, bunday qoʻsh tuzlarni kompleks tuzlar deb qarash kerak; mas., agar KClMgCl2 tarkibidagi magniy metali anion tarkibiga kirsa, K [MgCl3] shaklli kompleks tuzlar, 3NaFAlF3 tarkibidagi alyuminiy metali anion tarkibiga oʻtsa, Na3[AlF6] shaklli kompleks tuzlar kelib chiqadi. Umuman qoʻsh tuzlar bilan
ASOSLAR
Kimyoda asos vodorod ionlari (protonlar) ni qabul qila oladigan, yoki keng aytganda, elektron juftlarini bera oladigan moddadir. Eruvchan asosga, agar u gidroksid ionlariga (OH-) ega boʻlsa va ularni qoʻyib yuborsa, ishqor deyiladi. Bronsted-Lowry (talaffuzi: Broʻnsted-Louri) nazariyasi asoslarni proton akesptorlari, Lewis (talaffuzi: Luis) nazariyasi esa elektron juftlari donorlari, deydi. Eski Arrhenius (talaffuzi: Arrenius) nazariyasi asoslarni gidroksid anionlari, deydi, lekin bugunda bu taʼrif faqat ishqorlarga tegishli. Suvda asoslar kimyoviy muvozanat avtoionlanishini oʻzgartirib, sof suvdagidan kamroq faollikli vodorod ionili eritmalar beradi, yaʼni pH normal sharoitda 7 dan yuqori boʻladi. Keng tarqalgan asoslarga misol qilib natriy gidroksid va ammiakni olish mumkin. Metall oksidlari, gidroksidlar va ayniqsa alkoksidlar kuchli, kuchsiz kislotalarning teskari anionlari esa kuchsiz asoslardir.
Asoslar kislotalarga kimyoviy jihatdan qarama-qarshidir deb qarash mumkin. Asos va kislota orasidagi kimyoviy reaksiya neytrallashish, deyiladi. Asos va kislotalar qarshiligi shundaki, kislota suvda gidroksoniy ioni (H3O+) konsentratsiyasini oshiradi, asos esa, aksincha, pasaytiradi. Asos va kislotalar odatda suvli eritma shaklida boʻladi. Asos suvli eritmasi kislota suvli eritmasi bilan reaksiyaga kirib, suv va tuzlar hosil qiladi, bunda tuz suvli eritmada uni tashkil etuvchi ionlarga ajraladi. Agarda suvli eritma tegishli tuz bilan toʻyingan boʻlsa, reaksiya natijasida eritmada tuz choʻkmasi hosil boʻladi.
KISLATALAR
Kislota asos bilan reaksiyaga kirishadigan moddadir. Kislota vodorod va kislota qoldigʻidan iborat boʻladi. Kislota kalsiy kabi metallar va natriy karbonat kabi asoslar bilan reaksiyaga kirishadi. Suvli kislotalar pH koʻrsatkichi 7 dan kam, bunda qancha kichik pH boʻlsa, kislota shunchalik kuchlidir.
Keng tarqalgan kislotalar sirasiga sirka kislotasi (sirkada), sulfat kislotasi (akkumulatorlarda) va vino kislotasi (mevalarda) kiradi. Kislotalar eritma, suyuq, qattiq yoki gaz holatlarda boʻladi. Kuchli va baʼzi kuchsiz konsentratsiyalangan kislotalar yemirish xususiyatiga ega, biroq karboran va bor kislotasi kabilarda bu xususiyat mavjud emas.
Kislotalar uchun keng tarqalgan uchta taʼrif bor: Arrhenius (talaffuzi: Arrenius), Bronsted-Lowry (talaffuzi: Broʻnsted-Louri) va Lewis (talaffuzi: Luis) taʼriflari. Arrhenius taʼrifi kislota eritmada gidroksoniy ionlari (H3O+) konsentratsiyasini oshiradigan moddadir, deydi. Bronsted-Lowry taʼrifi qoʻshimcha qiladi: kislota proton donori boʻla oladigan moddadir. Kundalik hayotda duch keladigan aksariyat kislotalar suvli eritma yoxud suvda eriydi, shuning uchun ushbu ikki taʼrif koʻproq qaraladi. Kislota pHi 7 dan kamligi sababi gidroksoniy ionlari konsentratsiyasi 10-7 mol/l dan oshiqligidadir. pH gidroksoniy ionlari konsentratsiyasi manfiy logarifmi, deb taʼriflangani uchun kislota pHi 7 dan kichikdir.
OKSIDLAR
Dostları ilə paylaş: |