Ekonometrik modellarning



Yüklə 0,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/5
tarix20.06.2022
ölçüsü0,67 Mb.
#61886
  1   2   3   4   5
Ekonometrik modellarning axborot taminoti va ularga qoyiladigan



МАВЗУ-2. 
EKONOMETRIK MODELLARNING 
AXBOROT TA’MINOTI VA ULARGA 
QO’YILADIGAN ASOSIY 
TALABLAR 
Профессор АЮПОВ РАВШАН ХАМДАМОВИЧ 


РЕЖА 

1. Иктисодий маълумотлар ва уларни кайта 
ишлаш 

2. Эконометрикада кулланиладиган 
узгарувчилар ва уларнинг турлари 

3. Эконометрик моделлар тузишда унда 
катнашадиган маъдумотларга куйиладиган 
талаблар 
Профессор АЮПОВ РАВШАН ХАМДАМОВИЧ 


Асосий таянч иборалар 
1.Ekonometrika 
2.Korrelyatsiya 
3.Regressiya 
4.Ekonomika 
5.Metrika 
6.Trend 
7.Avtokorrelyatsiya 
8.Identifikatsiya 
9.Komponenta 
10.Usullar 
11.Qonuniyat 
12.Statistika 
Профессор АЮПОВ РАВШАН ХАМДАМОВИЧ 


Маълумот нима? 

Ma’lumot biror narsa haqidagi xabar. Bu xabar 
statistik kuzatuvlar natijasida olinadi. Agar biz 
iqtisodiy jarayonni kuzatayotgan bo’lsak, u holda 
olingan xabar yoki ma’lumot iqtisodiy ma’lumot 
bo’ladi, ya’ni iqtisodiy jarayonning qaysidir 
tomoni haqidagi ma’lumotni beradi. Kuzatuv 
natijasida to’plangan iqtisodiy ma’lumotlar qayta 
ishlanadi va olingan natijalar iqtisodiy jarayonni 
tadqiq qilishda asos bo’lib xizmat qiladi 
Профессор АЮПОВ РАВШАН ХАМДАМОВИЧ 


Iqtisodiy ma’lumotlar 

Iqtisodiy ma'lumotlar statistik tabiatga ega bo’lib iqtisodiy 
jarayonlarni vaqt davomida o’zgarishini o’rganishda 
muqim aqamiyatga ega. Chunki barcha iqtisodiy jarayonlar 
va hodisalar vaqt davomida o’zgaruvchan bo’ladi. 
Iqtisodiyotda barcha iqtisodiy jarayonlarni iqtisodiy-
statistik modellar orqali o’rganish natijasida u yoki bu 
iqtisodiy ko’rsatkichning hozirgi holati va kelajakdagi 
o’zgarishini ilmiy asosda tahlil qilish va bashoratlash 
mumkin bo’ladi. 
Профессор АЮПОВ РАВШАН ХАМДАМОВИЧ 


Iqtisodiy-statistic modellashtirish 

Iqtisodiy-statistik modellashtirish iqtisodiy 
ko’rsatkichlar va ishlab chiqarish omillari 
o’rtasidagi aloqalar o’z mohiyatiga ko’ra stoxastik 
bo’lgan asosga tayanadi. Iqtisodiy sub'ektlar 
faoliyatini statistik modellashtirish zamon va 
makonda ularning rivojlanish jarayonini 
o’rganishda asosiy o’rin egallaydi. Bu modellar 
ishlab chiqarish tendensiyalari va qonuniyatlarini 
aniqlash uchun moslashgandir. 
Профессор АЮПОВ РАВШАН ХАМДАМОВИЧ 


Iqtisodiy-statistik modelashtirishni noaniq 
bo’lishligining sabablari quyidagi hollarda 
sodir bo’lishi mumkin: 

1. Axborotli ( axborotning xatoligi, uning 
ko’rsatkichlari, omillar va ob'ektlar majmuining 
noaniqligi. 

2. Tarkibiy ( aniqlanmagan xilma-xilliklarning 
mavjudligi. 

3. Modelli ( ko’rsatkichlar va dalillar o’rtasida 
bog’lanish shakllaridan noto’g’ri foydalanish. 
Профессор АЮПОВ РАВШАН ХАМДАМОВИЧ 


Iqtisodiy ma’lumotlarni qayta ishlash.

Iqtisodiy ma’lumotlar bir necha turdagi statistik 
kuzatuvlar natijasida olinadi. Statistik kuzatish deganda 
o’rganilayotgan hodisa va jarayonlar to’g’risidagi 
ma’lumotlarni ma’lum bir yagona ilmiy-tashkiliy dastur 
bo’yicha qayd qilishga va to’plashga tushuniladi. Statistik 
kuzatish qanchalik to’g’ri, bir necha bor ilmiy-tashkiliy 
ekspertizalardan o’tgan dastur bilan o’tkazilsa, uning 
ma’lumotlari aniq qo’yilgan maqsadga erishish uchun 
kerakli bo’ladi. Eng asosiysi, kuzatish ma’lumotlarini 
qayta ishlab to’g’ri xulosalar chiqarishdir.
Профессор АЮПОВ РАВШАН ХАМДАМОВИЧ 


Statistik kuzatish ma’lumot yetkazib beruvchi 
sub’ektlar kategoriyalariga qarab quyidagi 
shakllarga bo’linadi: 

Ma’muriy ma’lumotlarni to’plash. Ma’muriy idoralar statistika
organlariga o’z faoliyatlari haqida ma’lumotlarni pulsiz va so’ralgan 
vaqtda etkazib berishga majburdirlar. 

Boshlang’ich statistik ma’lumotlarni to’plash. Ro’yxatdan o’tgan 
barcha tashkilot, korxona, tadbirkorlar topshiradigan statistik 
hisobotlar orqali to’planadi.

Statistik organlar to’plagan ma’lumot. Statistika organlari uy 
xo’jaligini o’rganish uchun maxsus tanlab kuzatishlar o’tkazishadi, 
aholi ro’yxati va boshqa maxsus kuzatishlar yordamida to’plangan 
ma’lumot.
Профессор АЮПОВ РАВШАН ХАМДАМОВИЧ 


Statistik kuzatish tashkil etilishiga 
qarab:

statistik hisobot va maxsus uyushtirilgan statistik 
kuzatishlarga (tekshirishlarga) bo’linadi. 

Statistik kuzatishning muhim qoidalaridan biri – 
kuzatish o’tkazishda to’plam birliklarini qamrab 
olish masalasidir. Bu masala ham makon, ham 
zamon chegarasida to’g’ri hal etilishi maqsadga 
muvofiqdir. 
Профессор АЮПОВ РАВШАН ХАМДАМОВИЧ 


Ma’lumotlarning aniqligi: 

To’planayotgan ma’lumotlarning aniqligi, haqqoniyligi va 
ob’ektivligi haqida hech qanday shubha bo’lmasligi kerak. 
Agarda qandaydir bir shubha tug’ilsa (uni hajmidan qat’iy 
nazar), to’plamga kiritilgan har bir ko’rsatkich mustaqil 
ekspertlar tomonidan tekshirib ko’rilgani ma’qul. Bu erda 
gap nafaqat arifmetik hisob-kitob ustida ketmayapti, balki 
har bir birlikni ob’ektiv haqiqatni aks ettirishi ustida 
bormoqda. 

Ma’lumotlarni to’plash yagona (hamma ob’ektlar bo’yicha) 
dastur va metodologiya bilan amalga oshirilishi shart, aks 
holda, ular keraksiz ma’lumotlarga aylanadi. 
Профессор АЮПОВ РАВШАН ХАМДАМОВИЧ 


Statistik svodkalash 

Statistik svodkalash deganda to’plangan 
ma’lumotlarni ilmiy tekshirishdan ko’zlangan 
maqsad va vazifalar nuqtai-nazaridan qayta 
ishlash tushuniladi. Statistik kuzatish 
ma’lumotlarni qayta ishlash va tahlil qilishning 
keng tarqalgan metodlaridan biri guruhlashdir. 
Statistikada guruhlash deb to’plam birliklarini eng 
muhim belgilari bo’yicha bir xil guruh va 
guruhchalarga ajratib o’rganishga aytiladi. 
Профессор АЮПОВ РАВШАН ХАМДАМОВИЧ 


MISOL 

aholining qaysi bir qismi mehnat resursi ekanligini aniqlash 
maqsadida ular quyidagi guruhlarga bo’lib o’rganiladi: 

15 yoshgacha – ishga layoqatsiz kishilar 

16 - 55 yosh – ishlash yoshidagi ayollar 

16 – 60 yosh – ishlash yoshidagi erkaklar 

55 yosh va undan yuqori – nafaqa yoshidagi ayollar 

60 yosh va undan yuqori – nafaqa yoshidagi erkaklar. 
Профессор АЮПОВ РАВШАН ХАМДАМОВИЧ 


Guruhlash 

Guruhlash metodi statistikada ko’p yillardan (XVIII 
asr) beri qo’llanib kelinmoqda. Bu metodni 
qo’llashdan maqsad, to’plam birliklarini 
qandaydir bo’laklarga bo’lish emas, balki faqat 
shu hodisaga xos xususiyatlarni ochib berish
undagi mavjud tendentsiya va qonuniyatni 
baholash, miqdor o’zgarishlardan sifat 
o’zgarishlarga, sifat o’zgarishlardan miqdor 
o’zgarishlarga o’tish jarayonlarini aniqlash va 
baholashdir. 
Профессор АЮПОВ РАВШАН ХАМДАМОВИЧ 


Ikkilamchi guruhlantirish 

Umumiy qonuniyat yaqqol ko’rinuvchi yirik oraliqli 
guruhlarni hosil qilish maqsadida statistikada ikkilamchi 

Yüklə 0,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin