O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O`RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
I.KARIMOV NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT
TEXNIKA UNIVERSITETI
MUHANDISLIK TEXNOLOGIYALARI FAKULTETI “UMUMIY KIMYO” KADEDRASI
“KIMYO” FANI
O’qituvchi - k.f.n., dotsent Komolov Xayriddin
Mavzu: Kimyoning mаqsаd va vazifasi. Anorganik birikmalarning eng muhim sinflari.
Reja:
1.Moddalarning toifalanishi.
2.Oksidlarning nomlanishi, olinishi va kimyoviy xossalari
3.Asoslarning nomlanishi,olinishi va kimyoviy xossalari
4.Kislotalarning nomlanishi,olinishi va kimyoviy xossalari
5.Tuzlarning nomlanishi,olinishi va kimyoviy xossalari.
Kimyo fani moddalar tarkibi, tuzilishi, olinishi, xossalari va ular orasida boradigan jarayonlarni, qonuniyatlarni o’rganadigan fan.
Kimyo – tabiiy fanlardan biri bo’lib, moddalar, jisimlar, xodisala r orasidagi bog’liqlikni ma’lum qonuniyatlar asosida tushuntirib beradi.
Anorganik moddalar 2 ga bo’linadi: oddiy moddalar va murakkab moddalar.
Oddiy moddalar oz navbatida:
metallar Fe,Cu, Na, Al
metallmaslar P , N2, O2 , H2 ga bolinadi.
Murakkab moddalar:
oksidlar Na2O, Fe2 O3, P2O5
asoslar NaOH, Ba(OH)2, Cr(OH)2
kislotalar HCl, H2SO4, H3PO4
tuzlar NaCl, KHCO3, Cu(OH)Cl ga bolinadi.
Anorganik birikmalarning asosiy sinflari
Kimyoviy elementlar 200 mingdan ortiq anorganik birikma hosil qiladi. Bu birikmalar o’z navbatida quyidagi sinflarga bo’linadi:
Oksidlar
2. Asoslar
3. Kislotalar
4. Tuzlar
5. Binar moddalar.
1. Oksidlar – asosli, kislotali, amfoter, indifferent (befarq oksidlar), va qo’sh oksidlar.
2. Kislotalar – kislorodsiz va kislorodli kislotalar.
3. Asoslar – suvda eriydigan va suvda erimaydigan asoslar.
4. Tuzlar – o’rta, nordon, asosli, qo’sh va kompkeks tuzlar.
5. Binar moddalar – gidridlar, nitridlar, boridlar, karbidlar, silisidlar, fosfidlar va peroksidlar.
Oksidlar – biri kislorod bo’lgan ikki xil elementdan iboratii murakkab moddalar. Masalan: CO2, FeO, Cr2 O3, Na2O, XeO4, Mn2O7, P2O5, SO2 va h.k.
Dostları ilə paylaş: |