Umumiy kimyo



Yüklə 78,5 Kb.
səhifə6/7
tarix15.06.2023
ölçüsü78,5 Kb.
#130955
1   2   3   4   5   6   7
1-ma\'ruza [Kimyo]

2). Nordon tuzlar – kislota molekulasidagi vodorod atomlari metall bilan qisman almashilganda hosil bo‘lib, metall atomi, vodorod va kislota qoldig‘idan iborat bo‘ladi. Masalan: Ca(HCO3)2, NaHCO3, Cu(HSO4)2, Fe(H2PO4)2, KHS
Nordon tuzlarni nomlash metall nomi (metall o‘zgaruvchan valentli bo‘lsa rim raqamda qavs ichida valentlik ko‘rsatiladi)ga molekulada bitta vodorod bo‘lsa “gidro” so‘zi, ikkita bo‘lsa “digidro” so‘zi va kislota qoldig‘i nomi qo‘shib aytiladi. Masalan: Ca(HCO3)2 - kalsiy gidrokarbonat, NaHCO3 - natriy gidrokarbonat, Cu(HSO4)2 - mis (II) gidrosulfat, Fe(H2PO4)2 - temir (II) digidrofosfat, KHS - kaliy gidrosulfid, Li2HPO4 - litiygidrofosfat.


3). Asosli tuzlar – tarkibida metall atomi, gidroksid guruhi va kislota qoldig‘i saqlagan murakkab moddalar.
Masalan: (CuOH)2CO3, Mg(OH)NO3, Al(OH)2Br, Cr(OH)2NO3
Asosli tuzlarni nomlash – metall nomiga molekulada bitta gidroksid guruhi bo‘lsa “gidroksi” so‘zi, ikkita bo‘lsa “digidroksi” so‘zi va kislota qoldig‘i nomi qo‘shib aytiladi.
Masalan: (CuOH)2CO3 – mis (II) gidroksi karbonat, Mg(OH)NO3 – magniy gidroksil nitrat, Al(OH)2Br – alyuminiy digidrosibromid, Cr(OH)2NO3 – xrom (III) digidrosinitrat, Mn(OH)Cl – marganes (II) digidrosixlorid, [Fe(OH)2]2SO4 – temir (III) digidrosisulfat, Cr(OH)(CH3COO)2 – xrom (III) gidrosiasetat.


4). Qo’sh tuzlar – kislota molekulasidagi vodorod atomlari har xil metall bilan almashinganda hosil bo’lgan murakkab moddalar.
Masalan: KAl(SO4)2, KCr(SO4)2, (NH4)2Fe(SO4)2
KAl(SO4)2 ⸱ 12H2O – alyuminiy kaliyli achchiqtosh,
KCr(SO4)2 ⸱ 6H2O – xrom kaliyli achchiqtosh,
(NH4)2Fe(SO4)2 ⸱ 12H2O – temir ammoniyli achchiqtosh.



Yüklə 78,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin