Кimyoviy xossalari 1. Кislotalar asosli va amfoter oksidlar bilan reaksiyasi
H2SO4 + FeO = FeSO4 + H2O
2HCl + MgO = MgCl2 + H2O
2HNO3 + BeO = Be(NO3)2 + H2O
2. Кislotalar asoslar bilan ta’sirlashadi
HCl + NaOH = NaCl + H2O
3H2SO4 + 2Al(OH)3 = Al2(SO4)3 + 6H2O
2HNO3 + Ca(OH)2 = Ca(NO3)2 + 2H2O
3HNO3 + Fe(OH)3 = Fe(NO3)3 + 3H2O
Asoslar (gidroksidlar) –tarkibida bir yoki bir necha gidroksid gruppa saqlagan murakkab moddalar. Me(OH)n – asoslarning umumiy formulasi, bu yerda: Me – metall, OH – gidroksid gruhi, n – metall valentligi (gidroksid gruhlari soni). Masalan: NaOH, Ca(OH)2, Cr(OH)3, Pb(OH)4, NH4OH va h.k.
Asoslarni formulasini tuzish. Metallni belgisidan keyin gidroksid guruhi yozilib, metall valentligi indeks sifatida yoziladi. Masalan: ııı
AlOH → Al(OH)3 Asoslarni nomlash. Metallni nomiga gidroksid so’zi qo’shib birikmalarni nomi yasaladi. Agar metall o’zgaruvchan valentli bo’lsa, element nomidan keyin qavs ichida uning valentligi rim raqamida ko’rsatiladi.
NaOH – Natriy gidroksid
Cu(OH)2 – Mis (II) girdoksid
Cr(OH)3 – Xrom (III) gidroksid
Fe(OH)3 – Temir (III) gidroksid
Mg(OH)2 – Magniy gidroksid
Al(OH)3 – Alyminiy gidroksid
Ni(OH)3 – Nikel (III) gidroksid
Zn(OH)2 – Rux gidroksid
Ca(OH)2 – Kalsiy gidroksid
Sn(OH)2 – Qalay (II) gidroksid
Tuzlar – metall atomlari va kislota qoldig’idan iborat murakkab moddalar (kislota molekulasidagi vodorod atomlarining metallar bilan almashinishidan hosil bo’ladigan murakkab modda). Masalan: NaCl, Rb2SO3, Be(NO3)2, NaHCO3, KNaSO4, Ca(H2PO4)2, CaOCl2, K4[Fe(CN)6], AlOHSO4, (CuOH)2CO3, K2ZnO2 …
Tuzlarning sinflanishi (klassifikasiyasi). Tuzlar tarkibiga ko’ra besh xil bo’ladi:
1). O’rta (normal) tuzlar – metall atomi va kislota qoldig’idan iborat murakkab moddalar. Masalan: NaCl, CaSO4, Cu(NO3)2, Al2(CO3)3, Fe3(PO4)2 O’rta tuzlarni nomlash – metall nomiga kislota qoldig’i nomi q’o’shib aytiladi. Masalan: NaCl – natriy xlorid, CaSO4 – kalsiy sulfat, Cu(NO3)2 – mis (II) nitrat, Al2(CO3)3 – alyuminiy karbonat, Fe3(PO4)2 – temir (III) fosfat.