Maruza. Anorganik birikmalarning eng muhim sinflari
elektroliz 2NaCl + 2H2O 2NaOH + H2 + Cl2 Tuzlar Elektrolitik dissotsiatsiya nuqtai nazaridan dissotsiyalanganda metallarning kationlari (shuningdek ammoniy kationi NH4+) va kislota qoldiqlarining anionlari hosil bo‘ladigan elektrolitlar tuzlar deyiladi yoki boshqacha aytganda, molekulasi metall atomi (shuningdek ammoniy kationi NH4+) va kislota qoldiqlaridan tarkib topgan birikmalar tuzlar deyiladi.
Tuzlar nomenklaturasi: KNO3 – kaliy nitrate; FeSO4 – temir sulfat;
NaHSO4 - natriy gidrosulfat KH2PO4 – kaliy digidrofosfat
Al(OH)SO4 – alyuminiy gidroksosulfat Al(OH)2Cl – alyuminiy digidroksoxlorid
Tuzlarning turlari
a) O‘rta tuzlarKCl; Na2SO4; Ba(NO3)2; MgCO3; CuS; Al2(SO4)3 b) Nordon tuzlar Ca(H2PO4)2; NaHS; NaHCO3; NaHSO4; Cu(HSO4)2 c) Asosli tuzlar Al(OH)2NO3; Cr2(OH)2SO4; Mg(OH)Cl; AlOH(CH3COO)2 g) Qo‘sh tuzlar (NH4)2Fe(SO4)2; KCr(SO4)2; KAl(SO4)2 d) Kompleks tuzlar K4[Fe(CN)6]; [Ag(NH3)2]Cl; [Co(NH3)5NO3]Cl
[Cr(NH3)6]Cl3; [Al(H2O)6]Cl3; K2[PtCl6]
Tuzlarning olish usullari
1). Metall va metalmasning o‘zaro ta’siridan.
Fe + S® FeS; Ca +Cl2 ® CaCl2 2) Metall va kislota ta’siridan 2Al + 3H2SO4® Al2(SO4)3 + 3H2O
3) Asosli oksid va kislota ta’siridan
MgO + 2HCl ® MgCl2 + H2O; CuO + H2SO4 ® CuSO4 + H2O
4) Metallarning tuzlariga metallar ta’siridan
Cu + HgCl2 ® CuCl2 + Hg; CuSO4 + Fe ®FeSO4 + Cu
5) Kislotali oksid bilan asosli oksid ta’siridan
Ag2O + SO3 ® Ag2SO4; K2O + SiO2 ® K2SiO3 CaO + CO2 ® CaCO3; Na2O + SiO2 ® Na2SiO3 6) Asos bilan kislota ta’siridan (neytrallanish reaksiyasi)
Ca(OH)2 + 2HCl ® CaCl2 + 2H2O 2NaOH + H2SO4 ®Na2SO4 + 2H2O
7) Kislotalarning tuzlar bilan o‘zaro ta’siridan H2S + CuCl2 ® ¯CuS + 2HCl
2H3PO4 + 3Na2SO4 ® 3H2SO4 + 2Na3PO4 8) Metalmaslarga ishqorlar ta’siridan Cl2 + 2KOH ® KCl + KClO + H2O
3S + 6NaOH ® 2Na2S + Na2SO3 + 3H2O
9) Amfoter oksid hosil qiladigan metalga ishqor ta’sir ettirishdan
Zn + 2NaOH ®Na2ZnO2 + H2↑ 2Al + 6NaOH ® 2Na3AlO3 + 3H2↑
yoki amfoter oksid va gidrooksidlar ta’siridan
Al2O3 + 2NaOH ® NaAlO2 + H2O ZnO + 2NaOH ® Na2ZnO2 + H2O
2Al(OH)3 + 2NaOH ® 2NaAlO2 + 4H2O
10) Ikkita har xil tuzlarning o‘zaro ta’siridan
Na2SO4 + BaCl2 ® ¯BaSO4 + 2NaCl
11)Asoslarning kislotali oksidlar bilan o‘zaro ta’siridan
Ca(OH)2 + CO2 ® ¯CaCO3 + H2O
12) Ishqorlarning tuzlar bilan o‘zaro ta’siridan
3KOH + FeCl3®3KCl + Fe(OH)3¯
13) Nordon tuzlarning olinishi NaOH + H2SO4 ® NaHSO4 + H2O
2KOH + H3PO4 ®K2HPO4 + 2H2O
14) Asosli tuzlarning olinishi Mg(OH)2 + HCl ®Mg(OH)Cl + H2O
Fe(OH)3 + H2SO4 ® Fe(OH)SO4 + 2H2O
15) Qo‘sh tuzlarning olinishi K2SO4 + Al2(SO4)3 ® 2KAl(SO4)2 Na2SO4 + Cr2(SO4)3 ® 2NaCr(SO4)2 16) Kompleks tuzlarning olinishi Cu(OH)2 + 2NaOH® Na2[Cu(OH)4]
4Au + 8NaCN + O2 + 2H2O® 4Na[Au(CN)2] + 4NaOH
17) Metalmaslarga tuzlarning ta’siridan S + Na2SO3 ® Na2S2O3 2KClO3 + J2® 2KJO3 + Cl2 Kompleks birikmalar
Kompleks birikmalarning hosil bo‘lishini valentlik to‘g‘risidagi ta’limot bilan izohlab bo‘lmaydi. Ularning tuzilishi 1893 yilda Alfred Verner tomonidan taklif qilingan koordinatsion nazariya asosida tushintiriladi.
Bu nazariya quyidagilardan iborat:
1. Ko‘pchilik elementlar o‘zining asosiy valentliklaridan tashqari yana qo‘shimcha valentliklar namoyon qiladi.
2. Har qaysi element o‘zining asosiy va qo‘shimcha valentliklarini tuyintirishga harakat qiladi.
3. Markaziy atomning qo‘shimcha valentliklari fazoda ma’lum yo‘nalishga ega bo‘ladi.
Ushbu nazariyaga binoan kompleks birikmaning markazida odatda markaziy ion turadi va u kompleks hosil qiluvchi deb ataladi. Bu ion atrofida unga bevosita yaqin joyda ma’lum sondagi qarama-qarshi zaryadlangan ionlar yoki elektroneytral molekulalar joylashadi, boshqacha aytganda koordinatlanadi, bu ion yoki molekulalar addent (ligand) deb ataladi. Addent va markaziy ion kompleksning ichki sferasini tashkil etadi. Ichki sferaga sig‘may qolgan ionlar markaziy iondan ancha uzoqda sirtqi koordinatsion sferani tashkil qiladi.
Kompleksda markaziy ion bilan bog‘langan neytral molekulalar va ionlarning umumiy soni kompleks hosil qiluvchining koordinatsion soni deb ataladi. Koordinatsion son 2,4,6,8 bo‘lishi mumkin. Misol uchun [Co(NH3)6]Cl3 da kobaltning koordinatsion soni 6 ga teng. Kompleks birikmalar 3 xil ya’ni ichki sferaning zaryadiga qarab bo‘ladi: anion, kation, neytral kompleks birikmalar.
Anion komplekslarga: K[Ag(CN)2] Kation komplekslarga: [Co(NH3)6]Cl3 Neytral komplekslarga: [Co(NH3)3(NO2)3]