5. Respublika hududida klinik tadqiqotlarni rivojlantirish hamda klinik bazalarni jahon standartlari asosida modernizatsiya qilish.
Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi
2022-yil mart
Hisob-kitoblarga ko‘ra
Sog‘liqni saqlash vazirligi
B. Musayev,
Moliya vazirligi
J. Abruyev
86.
Elektrotexnika sanoatida yuqori qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarish hajmini 2 baravarga va eksportini 3 baravarga oshirish.
1. 2022 — 2026 yillarda 700 mln AQSh dollarlik 168 ta investitsiya loyihalarni amalga oshirib, yangi turdagi mahsulotlar o‘zlashtirish va mahalliylashtirish darajasi o‘rtacha 60 foizga yetkazish bo‘yicha “yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqish.
2. Respublikada meditsina uskunalari, diagnostika qurilmalari va muqobil energetika uchun qurilmalarni ishlab chiqarishni rag‘batlantirish. Bunda:
sohani rivojlantirish istiqbollarini va mamlakatimiz iqtisodiyotining ehtiyoji hamda eksport bozorlarini tahlil qilish;
mamlakatda o‘zlashtirish iqtisodiy asoslangan meditsina uskuna, diagnostika qurilmalari va muqobil energetika uchun qurilmalari turlarini aniqlash va ularni o‘zlashtirish choralarini ko‘rish;
xorijiy tajribadan kelib chiqqan holda mahalliy meditsina uskuna, diagnostika qurilmalari va muqobil energetika uchun qurilmalari ishlab chiqaruvchi korxonalarni rag‘batlantirish yuzasidan takliflar tayyorlash;
tegishli qaror loyihasini ishlab chiqib, vazirlik va idoralar bilan kelishish hamda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.