3. Tovar-xomashyo birjalari va uning professional ishtirokchilarining faoliyatini davlat tomonidan tartibga solishni takomillashtirish.
Bunda:
vakolatli organ tomonidan derivativlar, shu jumladan fyuchers savdolari bilan shug‘ullanadigan brokerlik idoralarini akkreditatsiyalash tizimini joriy etish hamda brokerlarga malakaviy talablarni belgilash;
birja savdolarida narxlar manipulatsiyasi, ichki (insayderlik) ma’lumotlardan foydalanish va asossiz daromad olishning boshqa raqobatga zid usullaridan foydalanishning oldini olish bo‘yicha qoidalarni tasdiqlash;
elektron birja savdo tizimi bo‘yicha aniq mezonlarni belgilash (dasturiy ta’minot shaffofligi, axborot xavfsizligini ta’minlash, ma’lumotlarni qayta ishlash bo‘yicha zamonaviy markazning mavjudligi va hokazo);
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi
2022-yil iyul
Hisob-kitoblar asosida
Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi
Sh. Sharaxmetov
tovar-xomashyo birjalariga nisbatan litsenziya talablarini qayta ko‘rib chiqish va ular tomonidan litsenziyalovchi organga birja savdolari jarayonlarini onlayn nazorat qilish imkonini yaratish.
Amaliy chora-tadbirlar
2022-yil iyul
Litsenziyaga ega tovar-xomashyo birjalari
132.
Hududlarda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, ishsizlik va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha mavjud tuzilmalar faoliyatini takomillashtirish.
Tuman va shaharlarda tadbirkorlikka ko‘maklashadigan tuzilmalar negizida Tadbirkorlar kengashini tashkil etish.
Bunda:
Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi, Adliya vazirligi, Tadbirkorlarning jamoatchilik kengashlari hamda boshqa davlat organlarining bir-birini takrorlovchi, samarasiz va deklarativ funksiyalarni bekor qilish;
boshqaruv vertikali hamda o‘zaro hamkorlikda ishlash bo‘yicha aniq vazifalar taqsimotini ishlab chiqish;
yuklatilgan vazifalarni samarali amalga oshirish uchun zarur vakolat va mexanizmlarni aniq belgilab berish;
mahallalardagi “hokim yordamchilari” bilan o‘zaro samarali hamkorlik tizimini yo‘lga qo‘yish.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi