Chorvoq suv ombori atrofidagi hududlarda himoya o‘rmonzorlari barpo etish;
Toshkent-Bo‘stonliq avtomobil yo‘li chetlarini hisobidan ko‘kalamzorlashtirish ishlarini amalga oshirish;
sug‘oriladigan yerlarni erroziyadan va melioratsiya obyektlarini qum ko‘chishidan saqlash maqsadida 2,5 ming gektar maydonda ixota daraxtzorlarini barpo etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
o‘rmon fondi yerlarida 100 mln dona nihol va ko‘chat yetishtirish;
o‘rmon fondi yerlarida dorivor o‘simliklar plantatsiyalari maydonlarini 4 984 gektarga yetkazish.
Amaliy chora-tadbirlar
2022-yil davomida
Davlat budjeti va budjetdan tashqari mablag‘lar
Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari
A. Ramatov, Bosh vazir o‘rinbosari
Sh. G‘aniyev
O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi
N. Bakirov
297.
O‘rmon fondi yerlaridan foydalanish va ularni muhofaza qilishning huquqiy asoslarini takomillashtirish.
O‘zbekiston Respublikasining O‘rmon kodeksi loyihasini ishlab chiqish, bunda:
davlat o‘rmon fondi yerlarida o‘rmonlardan foydalanish, o‘rmon fondini kengaytirishni tartibga solish;
o‘rmon fondi yerlarini ijaraga berish, jumladan, investitsiya shartnomasi yoki davlat-xususiy sheriklik asosida ijaraga berish munosabatlarini takomillashtirish;
davlat o‘rmon xo‘jaliklarini boshqarish tizimini qayta ko‘rib chiqish, o‘rmon xo‘jaliklarini tashkil etish, yer maydon�ari chegaralarini belgilash va o‘zgartirishlar kiritishni qayta ko‘rib chiqish;
o‘rmonlarni qo‘riqlash va muhofaza qilish mexanizmini tubdan qayta ko‘rib chiqish nazarda tutish.