Sh. Minovarov, Bosh vazir maslahatchisi
M. Xayriddinov
Tashqi ishlar vazirligi
A. Kamilov,
“Vatandoshlar” jamoat fondi
O. Sattorov,
Turizm va sport vazirligi
U. A’zamov,
Madaniyat vazirligi
O. Nazarbekov,
Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi
R. Kurbanov
317.
Xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlar bilan hamkorlik o‘rnatish va uni olib borish sohasida duch kelayotgan muammolarni tizimli asosda tahlil qilib borish va ularning yechimi yuzasidan aniq takliflar ishlab chiqish.
1. Xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlar bilan doimiy muloqotlar o‘rnatish va ular duch kelayotgan muammolarni tahlil qilish va tegishli vazirlik hamda idoralar bilan o‘rganish.
2. O‘rganishlar natijasida vatandoshlar bilan ishlash bo‘yicha tegishli normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish.
3. Normativ-huquqiy hujjatlar loyihasini mutasaddi vazirlik va idoralar bilan kelishish.
4. Kelishilgan hujjatlarni o‘rnatilgan tartibda qabul qilish.
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari
2022-yil davomida
-
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi
Sh. Minovarov Bosh vazir maslahatchisi
M. Xayriddinov
“Vatandoshlar” jamoat fondi
O. Sattorov,
Tashqi ishlar vazirligi
A. Kamilov,
Adliya vazirligi
R. Davletov,
“El-yurt umidi” jamg‘armasi
A. Bekmurodov
318.
Xorijda o‘zbek tili, madaniyati va an’analarini saqlab qolish va rivojlantirishga qaratilgan faoliyatni qo‘llab-quvvatlash, yurtimizning boy ilmiy, madaniy va ma’naviy merosini keng targ‘ib qilish va ommalashtirish.
1. Xorijda o‘zbek milliy madaniy markazlari (jamiyatlari) sonini ko‘paytirish hamda ular qoshida “O‘zbek tili va madaniyati” kurslari, “O‘zbek yakshanba maktablari”ni tashkil etishda ko‘maklashish.
2. Yurtimizda yashab, faoliyat yuritgan buyuk ajdodlarimiz, o‘zbek xalqining tarixi, madaniyati, urf-odat va an’analari to‘g‘risida o‘zbek va chet tillarida mazmun jihatidan boy va ta’sirchan qisqa metrajli videoroliklar va boshqa ko‘rinishdagi axborot materiallarini tayyorlash va xorijiy ommaviy axborot vositalari, Internet tarmog‘ida keng yoritish.
3. Xorijdagi vatandoshlar o‘rtasida “Siz O‘zbekistonni bilasizmi?” hamda boshqa mavzularda onlayn viktorinalarni tashkil etish.
4. Vatandoshlar istiqomat qilayotgan davlatlarda milliy bayramlar munosabati bilan madaniy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil etishda ko‘maklashish.
Amaliy chora-tadbirlar rejasi
2022-yil davomida
Hisob-kitoblarga ko‘ra
(“Vatandoshlar” jamoat fondi mablag‘lari)