Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi
O. Xasanov,
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi
N. Xusanov,
Adliya vazirligi
R. Davletov
11-maqsad. Xalq bilan muloqotning mexanizmlarini takomillashtirish.
38.
“Davlat xalqqa xizmat ko‘rsatishi shart” g‘oyasini tatbiq etishni nazarda tutuvchi “Xalqchil davlat” milliy dasturini ishlab chiqish.
Ilg‘or xorijiy davlatlarning tajribasini inobatga olgan holda Dastur loyihasini ishlab chiqish.
Milliy dastur
2022-yil oktyabr
-
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri birinchi o‘rinbosari
A. Saidov (kelishuv asosida)
Inson huquqlari bo‘yicha Milliy markaz
M. Tillaboyev,
Adliya vazirligi
R. Davletov, manfaatdor vazirlik va idoralar
39.
Davlat organlari va tashkilotlariga kelib tushgan murojaatlarning Murojaatlar bilan ishlash yagona onlayn platformasida yuritilishini ta’minlash.
1. Murojaatlar bilan ishlash Yagona onlayn platformasi orqali davlat organlari va tashkilotlari hamda ularning quyi tashkilotlariga turli vositalar orqali to‘g‘ridan to‘g‘ri murojaat qilish, barcha kelib tushgan murojaatlarni yagona tizim doirasida ro‘yxatga olish, ko‘rib chiqish va natijasini nazorat qilish hamda markazlashgan holda “mahallabay” monitoring va tahlil qilish imkoniyatini ta’minlash.
2. Davlat organlari va tashkilotlarining rasmiy veb-saytlari orqali kelib tushgan murojaatlarning Murojaatlar bilan ishlash Yagona onlayn platformasida ro‘yxatdan o‘tkazilishi tartibini joriy qilish.
Amaliy chora-tadbirlar
2022-yil oxiriga qadar
Hisob-kitoblarga asosan
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi o‘rinbosari