“O‘zsanoatqurilish bank”
S. Annaklichev,
“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi
A. Baxodirov, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi
A. Voitov
83.
To‘qimachilik sanoati mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini 2 barobarga ko‘paytirish.
1. To‘qimachilik sanoati mahsulotlari ishlab chiqarish va eksport hajmlarini 2022 — 2026 yillarda ko‘paytirish bo‘yicha dastur ishlab chiqish va amalga oshirish.
Bunda:
ip-kalavani chuqur qayta ishlash (2026-yilga qadar ip kalavani to‘liq qayta ishlashni yo‘lga qo‘yish), ishlab chiqarish zanjirida mavjud bo‘shliqlarni to‘ldirishga qaratilgan loyihalar ro‘yxatini shakllantirish;
tayyor mahsulotlar uchun milliy brendlarni rivojlantirish va ularning eksportini oshirish, jumladan milliy va xorijiy brenddagi tayyor mahsulot eksporti hajmini 2026-yilda 5 mlrd AQSh dollariga yetkazish;
sohada ish o‘rinlarini 570 ming nafarga yetkazish, jumladan amalga oshiriladigan loyihalarning ehtiyojidan kelib chiqib Toshkent to‘qimachilik texnoparki va boshqa aloqador Oliy o‘quv yurtlarida soha uchun malakali kadrlarni tayyorlash;
sun’iy tolani qayta ishlash hajmlarini 200 ming tonnaga yetkazishni ko‘zda tutish.