2. Eksport hajmini 2026 yilga qadar 1 mlrd AQSh dollariga yetkazish bo‘yicha “yo‘l.xaritasi”ni ishlab chiqish.
Bunda:
ishlab chiqariladigan avtomobillarni xorijiy davlatlarda SKD texnologiyasi asosida ishlab chiqarishni tashkil etish;
“Neksiya” rusumli avtomobillarni Qozog‘iston Respublikasida to‘liq siklda (CKD) ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish orqali yiliga 30 ming donagacha mashinokomplektlar eksportini amalga oshirish.
3. Yengil avtomobillar mahalliylashtirish darajasini 60 foizga yetkazish bo‘yicha “yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqish.
Bunda, Andijon viloyatida tashkil qilingan “Mashinasozlik va elektrotexnika maxsus sanoat xabi” maxsus sanoat zonasi va boshqa hududlarda avtomobillarga butlovchi qismlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan 151,3 mln AQSh dollarlik 8 tayangi loyihalarni 2022 — 2024 yillarda ishga tushirishni nazarda tutish.